VATAN MAHALLADAN BOSHLANADI
O‘zbeklarda “Mahallang - otang-onang” degan gap bor. Bu qadimdan
shakllanib kelgan, boshqa davlatlarda uchramaydigan mahallachilik bilan bo‘g‘liq.
Mahallada begonalar bo‘lmaydi. Hamma inoq, ahil yashaydi. Har xil
masalalar bamaslahat hal qilinadi. To‘ylar, ma’rakalar mahalla ahlisiz o‘tmaydi.
Ayniqsa, mahallaning keksalari bu ishlarga bosh-qosh bo‘ladilar, yoshlarga
maslahatlar berib turishadi. Mahallamiz bizning kichik vatanimizdir. Shuning
uchun unga tegishli har qanday yangilik, hodisalar menga ham tegishlidir.
Mahalla - tarbiya o‘chog‘i. U yerda nafaqat yoshlar, kerak bo‘lsa, kattalarga
ham tarbiya berib qo‘yishadi. Mahalla kattalarining nasihatlari yoshlar uchun katta
boylik.
Mahallalar hududini obodonlashtirish uchun xasharlar uyushtirib turiladi.
Unda katta-yu kichik birdek qatnashadi. Ariqlar, ko‘chalar tozalanadi, axlatlar olib
ketiladi. Mahalla obod bo‘ladi. Mahalla obodligi esa yurt obodligidir. (110ta so’z)
12
Do'stlaringiz bilan baham: |