Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
49
Yodingizda bo’lsa, qo’rquv asosida ko’plab ikkilamchi tuyg’ular paydo
bo’lishi haqida aytilgan edi. Chindan ham qo’rquv juda serfarzand tuyg’u –
uning mevasi sifatida bizni shaxsiy o’sishdan to’xtatadigan juda ko’p
salbiy hissiyotlar kelib chiqadi. Ushbu bobda ularning ba’zilari
bilan
yaqindan tanishamiz.
Qo’rquvning eng katta asoratlaridan biri – shubhadir. Shubha
zamirida
noma’lumlikdan qo’rqish yotadi: kishi bir narsani aniq bilmaydi,
bu noma’lumlik uni hadikka soladi va u o’zini himoya qilish ilinjida har xil
tahminlarga boradi
– xulllas, shubhalanadi.
Shubha
– nihoyat darajada buzg’unchi hissiyot. Bekorga uni ko’plab
din va falsafa g’oyalari qoralamaydi. U odamning hayotiy quvvatini
yemirib, uning shaxsiyatida aql ustuvorligini mustahkamlaydi. Bundan
tashqari, shubha muhimlikning oshishiga va
natijada muvozanat keskin
buzilishiga olib keladi.
Gumonlar orasida qolgan odamning
ko’ngli xotirjam deyish qiyin – u
muntazam hayotiy quvvat yo’qotib turadi. Eng yomoni shundaki, hayotiy
quvvat qancha kam bo’lsa, odam shubhalanishga shuncha moyilroq bo’lib
boraveradi. Shaxsiyatning ojizlanishini ko’rib aqlning o’z xavfsizligiga
bo’lgan shubhasi oshaveradi, bundan u ko’proq talvasaga tushadi.
Shubha
ning alohida ko’rinishi odamda rashk degan tuyg’uni
uyg’otadi. Rashk – odamlar o’rtasidagi har qanday yaqin munosabatning
adog’iga yetadigan hissiyot. Uning buzg’unchi
kuchi shundaki, mutassil
shubha
lardan charchagan odamning hamrohiga nisbatan ko’ngli soviydi.
O’z xotirjamligiga xavf solgan shaxsga esa ko’ngil hech qachon moyillik
bildirmaydi.
Avvalgi kitobda rashk haqida yozganlarim ba’zi o’quvchilarda
norozilik uyg’otgan edi. Bu tushunmovchilik ular men nazarda tutgan fikrni
ilg’ab olish uchun shaxsiy kuchlari yetmaganidan kelib chiqqan. Bu gal
rashk degan hissiyotning
asl tabiatini to’laroq ochib beraman –
xulosani
o’zingiz chiqaravering.
Rashkka odamni turli xil qo’rquvlar undaydi. Ha – siz qo’rqqaningiz
uchun rashk qilasiz. Kishi sevgan insonining e’tiboridan qolishdan
qo
’rqishi mumkin. Agar odamda nuqsonlilik kompleksi kuchli rivojlangan
bo’lsa, u o’zini aslida mahbubiga noloyiq sezadi va u boshqa “loyiqroq”
da’vogarga talpinib qolishidan qo’rqadi. Bunday odamlar hamrohlari ularni
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
50
qanday bo’lsalar, shundayligicha yaxshi ko’ra olishiga
shubhalanadilar
.
Mahbubingizning sizga bo’lgan mehri haqiqiy ekaniga gumon qilsangiz,
uni chindan ham sevarmikansiz?
Ba’zilar o’z shaxsiy muhimlik tuyg’usiga zarar yetishidan qo’rqadi.
Bunday odamlarda egalik hissi kuchli bo’ladi
va ular mahbublari
e’tiboridan qolib, tanigan-bilganlar oldida mavqe yo’qotishdan qo’rqadilar.
Bu ham shubha asorati
– ular hamrohlari ularning obro’yiga tajovuz
qilishidan gumonsiraydi. Muhimlikni tutib turish uchun zarur obro’ning haqi
mahbubingizni azoblash bo’lsa – u sizga qimmatga tushmayaptimikan?
Birovlar o’z mahbublarining ortiqcha go’zalligi yoki yengil tabiatidan
shubha qilishadi. Shuning uchun ular hamrohlarini tashqi dunyo bilan
kamroq aloqada bo’lishini ta’minlashga urinadi. Bu aqlning tutgan ishi.
To’g’ri – har bir odamning ichida aql siymosida shayton yashirin.
Lekin
unga qarshi kurashish befoyda
– uni oltin qafasga qamab qo’yib,
farishtaga aylantira olmaysiz. Bunda ko’ngil bilan ish qilgan ma’qul – siz
hamrohingizning shaytonini e’tiborsiz qoldiring-da, uning farishtasi ya’ni
qalbiga yondashing. Ko’nglini zabt etganingizdan keyin, uning aqli hech
nima qila olmaydi
– tabiati ming yengil bo’lmasin, uni noto’g’ri qadamdan
ko’ngli qaytaraveradi. Agar aqlining makriga kirib, boshqaga qiyo boqsa –
bundan ko’ngli norozi bo’ladi va u tez orada bu ishidan afsuslanadi.
Rashkning har qanday ko’rinishi
umumiy olib qaraganda odam
hamrohining sadoqatiga shubha qilganidan kelib chiqadi. Ammo
shubhaning bir yomon xislati bor
–
Do'stlaringiz bilan baham: