Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
oldida darhol non kavshashdan o‘zini tutdi. Faqat nonning hididan mast bo‘lganday 
ezma-lanib gapira boshladi: 
— Nonday aziz bo‘ling, uka. Biz ko‘rgan kunlarni hech ko‘rmang. Qo‘ldan berganga qush 
to‘ymas. Jotib jesang bu non ikki kunga ham jetmaydi. Lekin men shuning kuchi bilan 
qishlog‘imga jetib olaman. Ana u tovning orqasida og‘a-inilarim bor. Biz o‘zbekning 
qo‘yanquloq urug‘idanmiz. Qishlog‘imga jetib borsam, bir-ikki qop g‘alla tovib kelaman. 
Lekin bo‘sh qop tik turmas ekan, uka. Bitta cho‘bir otim bor edi, kuzda so‘yib jeb 
qo‘ydik. Piyoda ketay desam, och odam tovda jig‘ilib sovuqda qotib o‘laman, deb 
qo‘rqdim. Mana en-di qo‘rqmasam bo‘ladi... 
— Men sizni qayerdan topamen? — dedi Tohir unga avvalgi va’dasini eslatib. 
— Ko‘nchilik guzarida uyim bor. Mamat polvon desangiz, hamma biladi. Bir vaqtlar 
polvon edik, uka. Mana endi gavdamizni zo‘rg‘a ko‘tarib juribmiz. 
— Esingizda bo‘lsin, qizning oti Robiya. 
Mamat polvon bu nomni bir-ikki takrorlab xotirasiga joylagach: 
— Agar xabari chiqsa, sizni qayerdan tovaman? — dedi. 
— Qosimbekning navkarimen. Otim Tohir. 
— Xo‘p, Tohirbek, men sizni qidirib tovamen. Bizning odamlar sizga jamanliq qilgan 
bo‘lsa, siz menga jaxshiliq qildingiz. Bu jaxshilig‘izni albatta qaytaraman. Xayr! 
Tohir uning orqasidan qarab qoldi. «Quvada ukasining balchiqqa botib o‘lganiga men 
sababchi bo‘lganimni bilsa nima qilarkin?» deb o‘ylandi. 
Mamat esa nariroqqa borib shosha-pisha qo‘yniga qo‘l tiqdi-yu, issiq nondan bir burda 
uzib olib, tez og‘ziga soldi. 
4 
Andijonlik bek va navkarlar «Samarqandni olsak hamma mushkullarimiz oson bo‘ladi», 
deb o‘ylagan edilar. Biroq eng katta ishkalliklar Samarqand olingandan keyin boshlandi. 
Uch ming kishilik qo‘shinning besh-olti ming ot-ulovi bor. Qahraton qishda qamaldan 
abgor bo‘lib chiqqan shaharda na ochlarni to‘ydirib bo‘ladi, na qo‘shinga oziq-ovqat 
yetkazib bo‘ladi, na otlarni yem-xashak bilan ta’minlab bo‘ladi. Shahar darvozalari 
ochilgan, bu yog‘i O‘ratepagacha, bu yog‘i Qarshigacha barcha tomonlarga tuya 
karvonlari jo‘natilgan, bozor va rastalarni tiriltirish uchun turli choralar ko‘rilayotgan 
bo‘lsa ham poytaxtda hayot hali-beri izga tushadiganga o‘xshamas edi. Samarqand 
so‘nggi yillarda ko‘p marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, dahshatli talon-torojlardan 
qashshoqlanib qolgan edi. 
— Bu mushkulotlar ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketgay,— deb, mashvaratlarda 
Boburning ustozi Xo‘ja Abdulla andijonlik beklarni sabr-qanoatga chaqirar edi:— Bahor 
yaqin, pishiqchilikka yetsak, og‘ir kunlarni ko‘rmagandek bo‘lib keturmiz. Tanqisliklar 
o‘tur, ammo bu yog‘i Qarshiyu Shahrisabzgacha, u yog‘i O‘shu O‘zgangacha — shunday 
ulug‘ mamlakat qolur. Tangrim bizga shunday katta kishvarni inoyat qilgani uchun, biz 
Samarqandday olamshumul dorussaltanaga muyassar bo‘lganimiz uchun shukronalar 
aytmog‘imiz kerak. Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek 
davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihatu obod bo‘lsa. 
Amirzodamning bu orzulari sizu bizning muqaddas maqsadimizdir. Ilohi omin, 
parvardigori olam bizni bu maqsadimizga ham yetkazsin! 
Bu gaplar Xonqulibek va Ahmad Tanbalga o‘xshagan beklarning g‘ashiga tegsa ham, 
ular mashvaratga to‘plangan boshqa beklar qatori: 
— Ilohim omin! — deyishib, yuzlariga fotiha tortadilar. Chetdan qaragan odam buni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish