Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
kavush kiyib, yarim ochiq darvozaning oldiga bordi. 
Olacha to‘ni ham, oyog‘idagi chang bosgan chorig‘i ham yirtilib ketgan novcha bir yigit 
ko‘zlari yaltirab, kulimsirab unga qarab yurdi. Qadam olishi, qarashi juda tanish. Yigit: 
— Mulla tog‘a! — deb quchoq ochganda mavlono uning ovozini tanidi-yu: 
— Tohir! Tohirjon! — deb u bilan quchoqlashib ketdi. — Shuncha o‘limlardan omon 
qolgan jiyanim, seni zo‘rg‘a tanibmen. Bu qadar o‘zgarib ketibsen! Yuzingga ne bo‘ldi?
— E, so‘ramang, mulla tog‘a... 
— Mayli, yur, avval damingni ol. Keyin aytib berursen... 
Ular ayvonga chiqar ekanlar, mavlono Fazliddin bundan salkam uch yil oldin Quvasoy 
bo‘yida bo‘lib o‘tgan qonli voqealarni yana bir esladi. O‘shanda Tohirga nayza sanchgan 
samarqandlik bosqinchi uni o‘ldirganiga shubha qilmay ketgan edi. Onasi yolg‘iz 
o‘g‘lining qoniga belanib, jonsizlanib yotganini ko‘rib, uni «o‘ldi» deb o‘ylagan va 
shaytonlab yiqilgan edi, bechora ona shu yotganicha qaytib turolmay, ertasi kuni vafot 
etdi. Tohir esa otasi topib kelgan tabiblar va doru darmonlar ta’sirida uch kundan keyin 
hushiga keldi. Nayza o‘pkaning bir chetini kesib o‘tgan bo‘lsa ham yurak va jigar kabi 
nozik a’zolarga tegmagan. Tohirning yoshligi va baquvvatligi ustun kelib, asta-sekin 
tuzalib ketgan edi. Qo‘ni-qo‘shnilar: «Tohirga kelgan o‘limni onasi o‘ziga oldi-yu, bu tirik 
qoldi», deyishardi. Mavlono Fazliddin o‘shanda opasining qirqini o‘tkazib kelganicha
qaytib Quvaga bormagan edi. 
— Otang qalay, bardammi? — so‘radi mulla Fazliddin Tohirni yuqoriga taklif qilib. 
Tohir chang bosgan chorig‘i bilan ko‘rpachaga chiqishdan ibo qildi-yu, poygahdagi 
sholcha ustiga o‘ltirdi: 
— Otam sizga salom aytib yubordilar. Men bir yilcha qishloqda bo‘lmadim... Qarindoshlar 
«cholning issiq-sovug‘idan xabar olib tursin», deb bir beva kampirni olib beribdilar... 
Onam rahmatli esimga tushdi-yu, uyda turgim kelmadi. 
Faqat onasining musibati emas, bosqinchilar bog‘lab olib ketayotganlarida Tohirdan 
najot kutib qichqirgan Robiya ham uning xayolidan nari ketmaydi. Qizning o‘shandagi 
nidosi hali ham Tohirning qulog‘iga eshitilib turganday bo‘ladi. U burnog‘i yili 
Samarqandgacha piyoda borib keldi, yo‘llarda o‘roqchilik qilib, karvonlarga qo‘shilib 
yurib, iloji bo‘lgan joydan Robiyani qidirdi, «singlim edi, Sulton Ahmad mirzoning 
navkarlari olib qochib ketgan edi», deb so‘roqladi. Ammo hech qayerdan daragini 
topolmadi. 
Sulton Ahmad mirzo o‘sha yiliyoq o‘lib, qo‘shini tarqab ketgan, bir yil davomida 
Samarqand taxtida ikki marta podshoh almashingan, ko‘p to‘polonlar bo‘lib, it egasini 
tanimaydigan ahvolga kelgan edi. Jizzaxlik bir kishi Toshkent tomonlarga cho‘rilar ko‘p 
sotilganini aytib qoldi. Bultur kuzda Tohir piyoda Toshkentgacha bordi, yana har joylarda 
mardikorlik bilan kun o‘tkazib Robiyani so‘roqladi, ammo hech natija chiqmadi. Zamona 
notinch, yurt alg‘ov-dalg‘ov, hayot hamma joyda xuddi loyqalatilgan daryoga o‘xshab 
oqadi. Robiyani topish — loyqa daryoga tushib ketgan gavharni topishdek qiyin
ekanini Tohir ich-ichidan sezar edi-yu, baribir umidini uzolmas edi. Mavlono Fazliddin 
Tohirning gaplaridan shuni payqab: 
— Jiyanim, sen o‘sha bechora qizni hali ham unutolmay ikki yil izlaganing —juda ajoyib 
bir diling borligidan dalolat berur. Men sening sadoqatingga tan berdim! Ammo sen 
endi o‘zingga ham jabr qilmasliging kerak. U qiz taqdirida borini ko‘rgay. Agar tirik 
bo‘lsa, balki... birov unga uylangandir. Balki farzandlik ham bo‘lganlar. Axir uch yil uni 
tek qo‘yishlari mumkinmi? Sen o‘zing bir o‘ylab ko‘rgin... 
— Men buning hammasini allaqachon ko‘nglimdan o‘tkazganmen, mulla tog‘a... Faqat 
men u qizning oldida o‘z gunohimni yuvmoqchimen, xolos. 
— Qaysi gunohingni? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish