Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
— Iloho joylari jannatdan bo‘lsin! — deb qo‘ydi. Yana bir necha kishi Boburga yuzlanib 
ko‘ngil so‘radi. 
— Muhtaram beklar, davlatxohlar! — deb gap boshladi Xo‘ja Abdulla. — Urush tashvishi 
bo‘lmaganda biz avval motam marosimini o‘tkazgan bo‘lur edik. Eshitishimizcha, Axsida 
hazrati oliyni hurmatlariga yarasha ma’raka o‘tkazib qabrga qo‘yganlar. Andijonga yog‘iy 
yaqin kelib qolgan shu og‘ir kunda bizning avvalin mashvaratimiz davlatni yangi 
podshohga topshirmoq xususida bo‘lgani ma’qul. 
Mazidbekdan nariroqda semiz Yoqubbek o‘tirgan edi. U Xo‘ja Abdullaning so‘zlarini 
hammadan oldin ilib ketdi: 
— Dono tadbirni o‘rtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fikricha, Zahiriddin Muhammad 
Bobur mirzoni qonuniy podshoh atab, muborak nomlarini xutbaga qo‘shib o‘qitmoq 
kerak! 
Bobur «yalt» etib Yoqubbekka qaradi. Uning ovozidagi mayinlik, yuzidagi hayajon, hatto 
old tishlari tushib ketgan og‘zining kemshikligi Boburga allanechuk yoqimli tuyuldi. 
Yoqubbekning eng nufuzli va qaysar mo‘g‘ul beklaridan ekanligini hamma bilardi. Faqat 
uning bundan bir necha soat oldin Boburga qarshi fitna uyushtirib yurgani o‘tirganlar 
uchun sir edi. Endi Yoqubbek mana shu sirni yaxshiroq bekitish uchun Boburga 
hammadan ortiq sadoqat bildirmoqda edi. Uning shu sir ochilib qolishidan iztirobga 
tushib, dardli va hayajonli ko‘zlar bilan Boburga qarashi, undan najot kutganday bo‘lib 
hayajonlanishi o‘zi qiynalib o‘tirgan Boburga g‘alati ta’sir qildi. Yoqubbek birinchi bo‘lib 
Boburni podshoh deb atagani yosh o‘spirinning o‘rtanib turgan qalbiga go‘yo sarin bir 
shabada bo‘lib tegdi. Qachondir bir vaqt taxtga chiqish va shu yurgan hamma beklarga 
bosh bo‘lib, g‘olibona janglar qilish Boburning eng kuchli orzularidan edi. Yoqubbekdan 
keyin gapirgan beklar ham birin-ketin Boburni podshoh deb tan olar ekanlar, uning 
mana shu orzusi bulut orasidan chiqqan to‘lin oyday charaqlab yuzaga chiqdi-yu, 
ko‘nglini birdan yorishtirib yubordi. Boshiga tushgan musibat ham, ichini kuydirayotgan 
tashnalik ham xayolidan uzoqlashdi. 
Shu payt eshikdan shahar dorug‘asi Uzun Hasan ta’zim qilib kirdi. 
— Amirzodam! — dedi u entikib. — Qulingizni avf eting, sizni kutib ololmadim. Men 
Andijonda nomunosib gaplar tarqatgan fitnachilarni ovlash bilan band edim. Alhol bir 
fitnachi arbobni tutib keltirdim. 
Bobur beixtiyor oldinga intilib: 
— Qaysi arbob? — dedi. — Kim u? Keltiring! 
— Bajonidil, amirzodam! — deb Uzun Hasan shoshilib orqasiga qaytdi. 
Hamma ko‘zlar ochiq eshikka qadaldi. Yoqubbekning rangi «quv» o‘chdi. Nahotki Ahmad 
Tan-bal qo‘lga tushgan bo‘lsa? Unda sir ochiladi. Yoqubbek sarosima ko‘zlar bilan 
darchani qidirib topdi. Darcha u o‘tirgan joydan ancha uzoq. Darchadan narida arkning 
o‘n paxsalik baland devori bor. Yo‘q, bu yerdan qochib qutulib bo‘lmaydi! Yoqubbekni 
titroq bosdi... 
Shu payt eshikdan narida yo‘g‘on bir ovoz: 
— Qo‘limni yeching, men gunohkor emasmen! — degani eshitildi. Tovushidan Ahmad 
Tanbalga o‘xshamaydi.
Oq shohi yaktak kiygan yo‘g‘on gavdalik bo‘ydor kishini ikki navkar ikki tomonidan 
mahkam tutib olib kirdi. 
— E, bu — Darvesh gov-ku! — dedi Yoqubbek birdan yengil tortib. 
Andijon miroblarining boshlig‘i bo‘lgan bu odam gardani juda go‘shtdor bo‘lganligi uchun 
ho‘kizga o‘xshab bo‘ynini bir oz oldinga egib yurar, shuning uchun or-qavoratdan uni 
«gov», deb atashar edi. Andijon Qo‘rg‘oniga to‘qqiz ariq suv kirsa ham, bog‘-rog‘larning 
ko‘pligidan yoz oylarida suv yetishmaydi, amaldorlar oddiy fuqaroning navbatini ham 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish