Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
Shayboniyxon o‘limidan uch-to‘rt yil burun Hirotdan to Toshkent va Turkistongacha 
bo‘lgan viloyatlarda pul islohoti o‘tkazgan, raqiblaridan moliya sohasida ham ustun 
kelish uchun o‘z tangalarining og‘irligini temuriylar chiqargan tangalarning vazniga 
nisbatan bir dang* oshirgan edi. Shuning uchun hozirgacha butun Xuroson va 
Movarounnahr bozorlarida Shayboniyxon tangalarining xaridori ko‘proq edi. Lekin bazzoz 
g‘azabi kelib turgan qizilbosh navkariga buni ochiq aytmadi. 
— Shayboniyxon yo‘q, o‘lgan, — dedi. 
Shu payt kimdir uzoqdan: 
— Samarqandni bo‘shat, kelgindi! — dedi-yu, do‘kon oldida turgan qizilboshga kesak 
otdi. Kesak uning telpagiga tegib ushaldi-da, changi yuziga tushdi. Xaloyiq orasidan 
allakimlarning kulgani eshitildi. Qizilbosh navkar egri qilichini qinidan sug‘urib, kesak 
otgan odamni ko‘zlari bilan qidirdi, ammo topolmadi. So‘ng yana semiz bazzozga 
yuzlandi. So‘zining oxirgi bo‘g‘inini cho‘zib so‘radi: 
— Shoh Ismoilni aqchasin almas-san? 
Bazzoz uning qilichidan qo‘rqib, titrab gapirdi: 
— Men olsam baloga qolamen. 
Qizilbosh yana bir marta: 
— Almassa-an?! — deb cho‘zib so‘radi-yu, keyin chetdan otilgan tosh va kesaklarning 
alamini ham bazzozdan olib uning yelkasiga bor kuchi bilan qilich urdi. O‘tkir qilich 
bazzozning go‘shtdor yelkasini bo‘ynining oldidan kindigigacha kesib tushdi. Shunda 
ikkinchi qizilbosh ham qilichini yalang‘ochladi-yu, cho‘kkalab qolgan bazzozning boshini 
bir zarb bilan tanasidan judo qildi. Semiz bazzozning boshsiz bo‘ynidan sharillab otilgan 
qon do‘kon ichidagi atlaslar va ipak matolarga sachradi. 
Buni ko‘rgan odamlar qiy-chuv ko‘tarib, vahima ichida qocha boshladilar. 
_______________ 
* B i r d a n g — «oltidan bir» demakdir. Temuriylar tangasining vazni 4,6 gramm bo‘lsa, Shayboniyxonning tangasi 5,2 gramm bo‘lgan.
6 
Shia-sunniy nizolari bunday qonli to‘qnashuvlarni tobora ko‘p keltirib chiqarayotgani 
qizilbosh beklarni ham tashvishga solib qo‘ydi. Bobur o‘zining Shoh Ismoil bilan tuzgan 
ittifoqiga sodiq ekanini ularga qayta-qayta uqtirib, nufuzli beklarga qimmatbaho 
sarupolar, otlar, oltin-kumush pullar in’om berib, nihoyat, qish chillasi chiqqanda o‘ttiz 
ming qo‘shinni Movarounnahrdan Eronga jo‘natib yubordi. 
Shundan so‘ng Samarqand ancha tinchib qoldi. Toshkent, Xo‘jand, O‘ratepa ham 
shayboniylar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga o‘tganligi haqida xushxabarlar keldi. 
Qizilboshlarni uch oy davomida boqish va qimmatbaho sovg‘alar bilan kuzatish paytida 
ancha bo‘shab qolgan xazina o‘sha shaharlardan kelgan peshkashlar bilan yana ancha 
to‘ldi. 
Samarqand bog‘lari oq-pushti bodom gullari bilan bezana boshlagan ilk bahor kunlarida 
Bobur bir to‘p yaqinlari bilan otlanib, Ulug‘bek rasadxonasi tomonga sayrga chiqdi. 
O‘ntacha qo‘rchi navkarlarni to‘riq qashqa ot mingan Tohir boshqarib bormoqda edi. Oq 
otliq Boburning ikki yonida Qosimbek bilan marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek. Ulardan 
orqaroqda o‘tgan hafta Hirotdan kelgan mavlono Fazliddin yuvosh qora otga minib 
o‘ychan kelmoqda. Ichki beklar orasida munshi ham, maktab-madrasa ishlari bilan 
shug‘ullanuvchi bir mudarris ham bor. Otliqlar Obirahmat arig‘iga yetmay Bog‘i Maydon 
tomonga burildilar. Ulug‘bek zamonida juda obod va mashhur bo‘lgan, bundan o‘n besh 
yil oldin ham fayzlik turgan Bog‘i Maydon shayboniylar davrida qarovsiz qolib, ichki 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish