Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
samarqandliklar Chorraha darvozasini, unga kelib kiradigan Buxoro yo‘lining ikki chetini 
dorpech, gilam va palaklar bilan bezatdilar. Yo‘l bo‘yiga o‘nlab muvaqqat do‘konlar 
qurildi, hayit kunlaridagi kabi sayil boshlandi. 
Shaharning eng obro‘li odamlaridan yigirma-o‘ttiztasi qo‘rg‘on kalitlari va qimmatbaho 
peshkashlar bilan Boburni bir kunlik yo‘lda peshvoz oldilar. Ertasi kuni Bobur saf-saf 
otliq qo‘shin oldida mulozimlari bilan Samarqandga yaqinlashar ekan, yo‘lning ikki 
bo‘yini xaloyiq tutib ketganini, hammayoq bayram tusini olganini, tom ustlarida, darvoza 
oldilarida karnaylar va naqoralar chalinayotganini ko‘rdi. 
Boburning Hisordagi g‘alabasi sharafiga yozilgan she’riy ta’rixlar*, uning Samarqandga 
kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan oq ipak 
matolarga yozilib, yo‘l bo‘ylariga, do‘kon tepalariga, qo‘rg‘on ichining ko‘zga ko‘rinarli 
joylariga osib qo‘yilgan edi. Bobur xor-zor bo‘lib chiqib ketgan vatanida bunchalik izzat-
ikrom bilan qarshi olinishini xayoliga keltirmagan edi. U mavkabi bilan shaharning 
markaziy xiyobonidan Ko‘ksaroyga qarab o‘tayotganda Ulug‘bek madrasasining baland 
peshtoqi va minoralari ustida qo‘shkarnaylar chalib, naqoralarni sayratib, quvonch 
bildirayotgan vatandoshlarini ko‘rdi. Shunda birdan eti jimirlab, ko‘ziga yosh keldi. 
Yonida borayotgan Qosimbekka qarab: 
— Ishongim kelmas, tushimmi bu, o‘ngim? — dedi. 
— O‘ngingiz, hazratim! O‘ngingiz! 
Xos navkarlardan sal keyinroqda sallalariga qizil o‘tag‘alar qadalgan Shoh Ismoilning 
beklari Ahmadbek so‘fi o‘g‘li, Shohruhbek Afshar, Muhammadjon eshik og‘asi o‘z 
mulozimlari bilan bir to‘p bo‘lib kelmoqda edilar. Ular ot ustida g‘oliblarga xos viqor bilan 
o‘tirishar, yuzlaridan: «Biz bo‘lmasak Bobur Samarqandga qaytib ko‘rsin edi!» degan bir 
ma’no anglashilar edi. 
Samarqandliklar esa butun karnay-surnaylarini Boburga qaratib chalishardi. Shoh 
Ismoilning bek va navkarlari xaloyiq oldidan o‘ta boshlaganda karnaylar va naqoralar 
birin-ketin tinib qolardi. Qizilboshlarning shafqatsiz ishlari va shia mazhabini zo‘rlik bilan 
tarqatish borasidagi harakatlari Samarqandga juda vahimali ovozalar tarzida yetib 
kelgan edi. Shaharning sunniy aholisi saf-saf bo‘lib o‘tayotgan qurolli shialarga xavotirli, 
noxush nazar bilan qarashardi. Xaloyiqning sovuq munosabatidan qizilbosh beklarining 
qovoqlari osilib borar, Boburga ko‘rsatilayotgan izzat-ikromlar ularning g‘ashlarini 
keltirardi. 
Bunday murakkab holatlar Qarshi va Buxoroda ham bo‘lgan edi. Bobur 
vatandoshlarining mehmondo‘stlik tuyg‘usini uyg‘otish uchun shu kuniyoq 
Samarqandning maydon va ko‘chalariga jarchi chiqartirib: «Shoh Ismoilning g‘oziylari 
bizning mo‘’tabar mehmonlarimizdandir!» deb e’lon qildirdi. So‘ng quvonchli ayyom 
munosabati bilan mehmonlarga va shahar aholisiga uch kungacha osh berishni buyurdi. 
Bobur va uning odamlari bundan o‘n yil muqaddam qamalda qolib, ochlikdan intihosiz 
mashaqqatlar chekkan Bo‘stonsaroyda, mahalla va guzarlarda, bog‘ va sayrgohlardagi 
yuzlab tandirlarda osiyogi nonlar, shirmoylar, patirlar, chavatilar yopildi, minglab tovoq 
oshlar tortildi, behisob ko‘p qo‘ylarning go‘shtlaridan qovurdoqlar, kaboblar, sho‘rvalar 
tayyorlandi, asil chog‘irlarga to‘la xumlar ochildi. 
Bobur har kuni mehmonlari va musohiblari bilan chog‘ir ichib xursandchilik qilar edi. 
To‘y-tomosha ustiga yana to‘rt tarafdan xushxabarlar kelib turardi. Andijon, Marg‘ilon, 
O‘sh va O‘zgan hammasi birin-ketin shayboniyzodalar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga 
o‘tgan edi. Janubda Qunduz, Kobul, G‘azna barchasi endi Boburning qalamravidagi 
yagona mamlakatga aylangandi. Uning nazarida, hayotining eng baxtli davri 
boshlangan, barcha orzulari endi bekamu ko‘st ro‘yobga chiqishi kerak edi. 
Biroq bu baxtning juda omonat, juda muvaqqat ekanligi eng avval masjid bilan bozorda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish