Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
Masjid sahnidagi odamlar ham nafaslarini ichlariga yutib, xutbaning boshlanishini 
kutmoqda edilar. Umumiy jimlikda Xo‘ja Xalifaning yo‘g‘on tovushi allanechuk titrab, iz-
tirobga to‘lib eshitildi: 
— Bismilla-ahu rahmo-onur rahim! 
Minbarda turgan Xo‘ja Xalifa yigirma ming sunniy namozxonning o‘ziga sergaklanib 
tikilayotganini ko‘rdi-yu, tizzasi ham qaltiray boshladi. Mana, u olloh sha’niga, 
payg‘ambar sha’niga bitilgan surani o‘qib tugatyapti. Endi choryorlar tilga olinishi kerak. 
Nahotki, Xo‘ja Xalifa — yoshlikdan sunniy mazhabida choryorlarga zo‘r e’tiqod bilan
tarbiyalangan odam endi shuncha namozxonning umidini puchga chiqarsa? Uning 
qarshisida yigirma ming salla turibdi. Bu sallalardan har birining qatlarida choryorlarning 
ruhi yashashiga Xo‘ja Xalifa bolalikdan ishonadi. Hozir namozxonlarning boshlari 
sabrsizlik bilan qimirlaganda Xo‘ja Xalifaga salla o‘ramlaridagi arvohlar qimirlaganday 
tuyuldi. Agar u choryorlarga hurmatsizlik qilsa, arvoh urib ketadiganday bo‘ldi. 
Yo‘q, Xo‘ja Xalifa choryorlarning arvohidan qo‘rqadi. Shuning uchun: 
— Choryori bosafolar Hazrati Abubakir! Hazrati Umar! — deb hozir aytishi kerak 
bo‘lmagan nomlarini birdan xutbaga qo‘sha boshladi. 
Boburning orqasida turgan minglab namozxonlarning quvonch bilan yengil nafas olgani 
eshitildi. Muhammadjon eshik og‘asining esa rangi o‘chib ketdi. Uning narigi yog‘ida 
turgan Shohruhbek Afshar qilichining sopini changallab, minbarga tomon intildi. 
Shialar Abubakir, Umar va Usmonni bugungi tirik dushmanlaridek yomon ko‘rishar, 
masjidda ularni ulug‘lagan har bir sunniyni chopib tashlagilari kelar edi. Hirotning jome 
masjidida choryorlarni ulug‘lagan Zayniddin degan xotibni qizilboshlar namozxonlarning 
ko‘zlari oldida qilich bilan chopib parchalab tashlaganini Bobur eshitgan edi. Hozir u 
Shohruhbekni bilagidan olib, iltimoskorona tovush bilan: 
— Bek janoblari, sabr qiling, sabr! — dedi. Bu orada Xo‘ja Xalifa choryorlarning
nomini aytib bo‘ldi-yu, qizilboshlar sevadigan imomlarni xutbaga qo‘sha boshladi. 
— Hazrati Imom Hasan! Hazrati Imom Husayn! Hazrati Zaynaliddin Ali! 
Shohruhbek Afshar bu nomlarni eshitib qo‘lini qilichining sopidan oldi-da, qatorga qaytib 
kirdi. Ammo orqadagi namozxonlar orasida shunday bir asabiy shovur-shuvur 
boshlandiki, Xo‘ja Xalifa qolgan imomlarning nomini baqirib aytishga majbur bo‘ldi. 
Orqadan kimdir: 
— E, bas, bas! — deb qichqirdi. Biroq namozxonlar orasiga tartib o‘rnatish uchun 
qo‘yilgan devqomat navkarlardan biri «bas!» deb qichqirgan odamning og‘zini ulkan kafti 
bilan bekitib, bo‘ynidan sudrab olib chiqib ketdi. 
Xotib o‘n ikki imomni nomma-nom sanab bo‘lib, ularning muqaddas ishini bugun davom 
ettirayotgan sohibi zamon Shoh Ismoil Safaviyni maqtab so‘zlay boshlaganda, masjid 
sahni yana ham asabiyroq junbushga keldi. Faqat Xo‘ja Xalifa Boburni 
Movarounnahrning podshosi, deb e’lon qilganda shovqin xiyol bosildi. 
Xutbadan so‘ng uy-uyiga tarqalgan namozxonlarning ba’zilari: «Bobur mirzo 
Movarounnahrning podshosi bo‘ldi, taxtini kelgindiga bermadi», deb tasalli topmoqchi 
bo‘lsa, boshqalar: 
— Pok mazhabimizga rofiziylik aralashdi, — deb shivirladi. — Harom bo‘ldik! 
Choryorlarning qarg‘ishiga qoldik! Yana qimmatchilik bo‘lgay! Yana ocharchilik 
boshlangay! 
* * * 
Bobur qizilboshlarning shartlarini ado etib, ularni tezroq jo‘natib qo‘yish uchun Shoh 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish