Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
olingan hashamatli hovlida uxlab yotgan edi. To‘polondan cho‘chib uyg‘onib, bor 
navkarlari bilan hovlidan otlanib chiqqunicha, Qosimbekning yigitlari Fozil Tarxonning 
odamlarini quvib keldi. Chorraha darvozasidan quvilgan Ko‘pakbiyning navkarlari ham 
dorug‘a yotgan joyga qochib kelmoqda edilar. Qorong‘ida yov qaysiyu o‘zining odamlari 
qaysi, dorug‘a ajratolmay qoldi. Uning ko‘ziga hamma chopib kelayotgan yov bo‘lib 
ko‘rindi. Nazarida, Samarqandga bir necha ming kishilik yov bostirib kirganga o‘xshadi. 
Dorug‘a «behisob yovga bas kelolmayman», deb o‘ylab, otini Shayxzoda darvozasi 
tomonga burdi. Boburning odamlari hali bu darvozaga yetib kelmagan edilar. Dorug‘a o‘z 
navkarlariga buyurib, darvozani ochtirdi-yu, yuztacha odami bilan xon qarorgohiga 
tomon ot choptirib ketdi. 
Sahar palla mast uyqudan qo‘rqib uyg‘ongan ko‘pchilik samarqandliklar xon navkarlarini 
Boburning odamlari quvib yurganini tong yorishganda fahmladilar, Shayboniyxondan 
norozi kishilar juda ko‘p edi. Kosiblar talangan, dehqonlarning ekinlarini ko‘chmanchi 
qo‘shinning behisob mollari toptab tashlagan. Haj yo‘lida ikki begunoh o‘g‘li bilan 
vahshiylarcha o‘ldirilgan Xo‘ja Yahyoning tarafdorlari qotillardan qasd olish uchun kosib 
va dehqonlarni qo‘zg‘atdilar. Hokimiyat o‘zgargandan keyin amalidan ajralgan ilgarigi 
amaldorlar: «Shayboniyxonning odamlari Sulton Ali mirzoni ham nomardlarcha 
o‘ldirdilar», deb xun talab qilib chiqdilar. Boburning ikki yuzu qirq kishisi yoniga besh-olti 
ming kishilik qasoskor olomon qo‘shildi. Selday dahshatli olomon xonning odamlarini 
yashiringan joylaridan topib chiqar, ko‘chada qochib borayotganlarning oldini to‘sib 
qurshab olar, pichoqmi, boltami, tayoqmi, toshmi, g‘ishtmi, qo‘llariga nimaiki tushsa, 
hammasi bilan zolimlarni ura-ura o‘ldirib, yanchib tashlardi. Olomon orasida avvalgi 
mirzalar va beklardan jabr ko‘rgan odamlar ham ko‘p edi, ular besh-o‘n yil oldingi 
qasoslarini ham endi mana bu zolimlardan olmoqda edilar. 
Kun chiqayotganda shahar tashqarisida bir qism qo‘shini bilan Shayboniyxon paydo 
bo‘ldi, ammo suv to‘la chohdan beriga o‘tolmadi. Barcha darvozalar Boburning odamlari 
tomonidan bekitib olingan, chohlarning ko‘priklari ko‘tarilgan, ichkarida intiqom davom 
etmoqda edi. 
____________ 
* Ch a q a r d i z a — keyinchalik «Shakarjiza» deb aytiladigan bo‘lgan.
5 
Tohir kechasi bilan uxlamay yugurib-elib yurgan bo‘lsa ham g‘alabaning shodligidan 
charchaganini sezmas, faqat qorni ochqab, Samarqandning novvoylik va oshpazlik 
rastalari dam-badam esiga tushar edi. Ertalab hamma darvozalarga qorovullar tayin 
bo‘lgandan keyin Qosimbek Tohirga javob berdi. Tohir otiga minib, yana ikkita otliq 
o‘rtog‘i bilan novvoylik rastasiga keldi. Bu yerda ham bir necha yuz kishilik izdihom 
besh-oltita xon navkarlarini o‘rab olib, toshbo‘ron qilmoqda edi. Navkarlarning ba’zilari 
yiqilib, tosh-kesaklar ostida jon bergan, bir-ikkitasi qo‘li bilan yuzini to‘sib dod solar, 
ingrar edi. Yalang boshidan qon oqayotgan, yirtilgan ko‘ylagi orasidan momataloq 
badani ko‘rinib turgan, o‘zi cho‘kka tushib, odamlardan shafqat so‘rayotgan yigirma 
yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. U olomon orasiga ot solib: 
— Xaloyiq Bobur mirzo farmon berdilar! — deb qichqirdi. — Taslim bo‘lganlarni asir 
olmoq kerak! Bular ham musulmon! Xaloyiq, bas qiling! Biz ham navkarmiz! Navkar 
aybdor bo‘lmasligi mumkin! Hamma ayb bularning xonlarida! Xaloyiq to‘xtang! Bobur 
mirzoning farmonini bajaring! 
Odamlar Boburning nomini eshitib otliq yigitning gapiga quloq sola boshladilar. Shunda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish