Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
tahlika solib o‘tdi. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarning 
hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. Ammo 
uning ikki yuz qirq kishilik bir dasta qo‘shini Shayboniyxonning besh-olti ming kishilik 
lashkarlariga qanday bas kelishi mumkin? Yana xon qo‘shini mustahkam qal’a ichida. 
Tarixda bunchalik tavakkalchilik bo‘lganmikin? 
Qo‘rg‘onga pinhon yetib oldilar. Agar Shayboniyxon ichkariga «qopqon» qo‘ygan bo‘lsa-
chi? Bobur bu «qopqon»ga o‘z oyog‘i bilan kirib boradimi? 
Ba’zi beklar mana shu andishalarni aytib, Boburni qaltis niyatidan qaytarmoqchi ham 
bo‘ldilar. 
Ammo bu niyatdan qaytish — Andijonga shumshayib borib, yana Ali Do‘stbekka mute 
bo‘lish degan so‘z edi. Yoki uysiz, joysiz, kuz izg‘irinlariyu qish sovuqlarida xoru zor 
bo‘lib yurishlari kerak edi. Bobur muteligu xor-zorlikdan ko‘ra bir o‘limni bo‘yniga olib, 
Shayboniyxonga yo‘lbarsday dadil tashlanishni afzal ko‘rgan va beklarni ham shunga 
ko‘ndirgan edi. 
Agar ishlari chappasidan kelsa-yu, Shayboniyxonning qopqoniga tushsalar, ajal sirtmog‘i 
eng avval Boburning bo‘yniga tushishini hammalari bilardilar. Boburning barcha harakati 
— yov «qopqoni»ning qopadigan joyiga tegmasdan o‘tishga qaratilgan edi. Shu 
yergacha sharpalarini yovga sezdirmay keldilar. Endi bu yog‘i qandoq bo‘larkin? 
Bobur butun vujudi bilan atrofga quloq solar ekan tun sukunatida o‘z yuragining dukillab 
urishini baralla eshitdi. Bu dukillashda go‘yo taqdir otining dukuri ham bor edi. 
* * * 
Og‘ir shotilarni sekin ko‘tarib, qadimiy Chaqardiza* qabristonini aylanib o‘tayotgan 
navkarlarning biri — Tohir edi. Ular qorong‘ida turtina-turtina Shohi Zindaning orqa 
tomonidagi bahaybat bir o‘ngirga yaqinlashdilar. O‘ngirning tepasi baland jar. Uning 
etagida g‘or ham bor. Bu vahimali joylarga kunduzlari ham hech kim kelmaydi. Oyoq 
osti chakalakzor. Qo‘rg‘onning devori mana shu jar ustidan o‘tadi. Shotilarni devor 
tagiga ko‘tarib borguncha, yigitlar qora terga botib ketishdi. 
Ularga boshchilik qilayotgan No‘yon Ko‘kaldosh devor tepasiga tikilib birpas kutdi. Terak 
bo‘yi keladigan g‘ishtin devor juda enli bo‘lib, uning tepasidan bir necha kishi bemalol 
yurib o‘tishi mumkin edi. Biroq tepada hech bir sharpa sezilmas, qorovullar sovqotib 
pastga tushib ketganga o‘xshardi. 
Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qo‘ydilar. 
— Qani, chiqinglar! — shivirladi No‘yon Ko‘kaldosh g‘uj bo‘lib turgan navkarlarga. Ammo 
o‘n uch gaz balandlikdagi devor juda vahimali, undan yiqilgan odam tirik qolmasligi aniq 
edi. Ehtimol, qorovullar sezib qolisharda, chiqayotganlarga tosh otar, o‘q yog‘dirar? Sal 
itarib yuborsa ham tamom. Shuni sezgan navkarlarga birinchi bo‘lib chiqish juda 
dahshatli tuyulardi. 
Oxiri No‘yon Ko‘kaldosh o‘zi shotining poyasiga oyoq qo‘ydi-yu: 
— Bir o‘lim bo‘lsa hammavaqt bor, mardona bo‘ling-lar, qani! — dedi. 
Tohir ikkinchi shotidan chiqa boshladi. Shotilar keng, mustahkam qilib ishlangan, har biri 
olti-etti kishini bemalol ko‘tarar edi. 
Yigitlar oldinma-keyin yuqoriga chiqar ekanlar, No‘yon hammadan oldin devor tepasiga 
yetdi. Devorning usti yo‘lkaday keng, otliq yursa ham bo‘ladigan. Yaqin orada hech kim 
yo‘q. 
Tohir ham chiqib, o‘zini devor kungurasining panasiga oldi va pastdan chiqqan navkarni 
qo‘lidan tortib shivirladi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish