7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) Reja


dunyoviylik , ayrim aqidaparast kimsalaming  da`volaridan farqli o‘laroq, aslo  dahriylik



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana13.04.2022
Hajmi439,11 Kb.
#547881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-mavzu 060422092000

dunyoviylik
, ayrim aqidaparast kimsalaming 
da`volaridan farqli o‘laroq, aslo 
dahriylik
emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli 
talqinlarga mutlaqo qarshimiz»
9

 
4. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati 
XX asr buyuk olmon faylasuf, Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib 
chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, 
uning imkoniyatlarini; erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson 
hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni 

Стоун И.
Происхождение. Роман-биография Чарлза Дарвина. М., «Политиздат», 1983. С. 273. 
8
Qarang: A. A ’zamov.
Fan va din: odamzodning paydo bo‘lishi. «Tafakkur» jurnali, 1999, 4-son, 32-b. 
9 A. Karimov.
Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000, 8-iyun. 


ulug`laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, mutafakkirning 
fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga 
hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men 
Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman, deganida, ular aytdilar: «U 
yerda buzg`unchilik qiladigan, qonlar- to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? 
Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug'laymiz va Sening nomingni 
mudom pok tutamiz (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. 
Va U odamga barcha narsalarning ismlarini o`rgatdi. So`ngra ularni farishtalarga 
ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz
rost bo‘lsa, 
mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok 
Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o'zing ilmu 
hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam bularga u narsalarning ismlarini bildir», 
dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) 
aytdi: «Sizlarga, Men Yer-u osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va 
yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz 
farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis 
kibr va or qilib — kofirlardan bo‘ldi». 
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu 
bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan 
buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam — Xudoning yerdagi xalifasi. 
Shu o rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to'xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy 
hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka 
murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning 
odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning 
muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta 
o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat 
mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. 
Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki 
ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo`ladi. Odam ham Allohga 
nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni Tangri dargohiga 
borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan rahbarlik qilib turadi. 
Rahbarlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni 
ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi 
zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday 
ma’naviy ne’matdan mahrum — ular faqat Allohning buyrug'ini bajaradilar. Lekin 
insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan — u Alloh tomonidan Qur’oni 
karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. Shu 
bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos. 
Shunday qilib, axloq — oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning 
kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy 
toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va, iloji 
bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi. 
Axloqning vujudga kelishi borasidagi empirik fikrlar.
Bu o‘rinda shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap 
haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab 


boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning 
jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o'zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt 
mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati 
o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan 
chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy 
hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. 
Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, 
botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. 
Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil 
ko'rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq 
nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe` bo`ladi, ya’ni axloqiy xatti-
harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo`linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik 
(avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha 
ulaming mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. 
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obro‘ 
egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o`zni tutish qonun-qoidalari 
va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-
qoidalar va me`yorlarni o‘zi yaratishi, o`zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal 
qilishi bilan farqlanadi.

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish