Qidir Issiqxona



Download 72,22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2022
Hajmi72,22 Kb.
#547743
Bog'liq
Issiqxona - Vikipediya



Qidir
Issiqxona
Issiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.)
yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona
va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. I. oynaband yoki polimer plyonka,
stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-
kunalardan tiklanadi. I. larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va
davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va
sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va
gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv
yechimi jihatdan I. lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp
tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, bodring , rezavor
ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar I. da
yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shimoliy mintaqalarda I. da turli sabzavot va boshqa
qishloq xoʻjaligi ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda
duragaylari yetishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki I. lar yil boʻyi foydalanishga
moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish
uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi I. lar yengil
kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh
nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli I. tomi (qiyaligi
33—45°) janubiy ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi.
I. shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. I.
larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin.
Tuproqli I. larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy
usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish
va parvarishlash qulay.


Gidropon I. lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan. Ular issiqxona poliga
oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi.
Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal, kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat
qurilmalar yordamida soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma
oʻsimliklarning qulay oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday I. larda barcha jara-
yonlar avtomatlashtirilgan.
Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma I. lar bahorda foidalanish uchun katta
ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama I. lar qurilishida plyonkalarning yengillik va
egiluvchanlik xossalaridan toʻla foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda,
asosan, blokli I. lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil
boʻyi sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy fabrikalarga aylangan.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Issiqxo
na&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


 
Soʻnggi tahrir 11 oylar avval
 
Jalo Taisto
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Issiqxona&oldid=2192319

dan olindi 

Download 72,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish