1-маvzu. “’ Tehnikovii foidalanish qoidalari va poeyzdlar harakati havfzizligi assoslari ‘’ fanining asosiy tushunchalari



Download 36,71 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2022
Hajmi36,71 Kb.
#527782
  1   2   3
Bog'liq
1 мавзу “Техникавий фойдаланиш қоидалари ва поездлар ҳаракати хавфсизлиги (1)


1-маvzu. “’ Tehnikovii foidalanish qoidalari va poeyzdlar harakati havfzizligi assoslari ‘’ fanining asosiy tushunchalari


Режа

  1. Фаннинг мақсади ва вазифалари.

  2. Темир йўл қонуни.

  3. Темир йўл транспорти ходимларининг умумий вазифалари ва мажбуриятлари.

1- ma’vzu. ‘’ Tehnikovii foidalanish qoidalari va poeyzdlar harakati havfzizligi assoslari ‘’ fanining asosii tushunchalari

Tayanch iboralar:


Maxsad, vazifa, qonun, havfsizlik, majburiyat, yuk,
1. Faning maqsadi va vazifalari
“O’T Y’’temir yo’l transporti mintaqalar va boshqa davlatlar bilan iqtisodi aloqalalarni amalga oshirish va omovii yklarni tashishda asosii transport tizimi sifatida foaliyot yritadi. Boshqa transport turlari bilan taqoslaganda temir yo’lda tashish arzon va havsiz hisoblanadi.

  • temir yo’l sohasidagi hodimlarining tashish ishlarini tashkil etish va poesdlar harakati havfsizligini taminlash shartlari va usullari bo’icha mos bilim, ko’nikma va malakasini shakillantirish.

  • Harakat havfsizligi bilan bog’liq,muomalarni xal etishda komplekis yondoshish ko’nikmalarini hosil etlish, temir yo’llarda avariysiz, tolofatlarsiz ishlshni taminlash uchun hodimlarda yqori masuliyatni tarbiylashdan iborat.

2-Temir yo’l qonuni.
1- modda.
Qonunda quiidagi asosii tushunchalar qo’llaniladi:

  • Temir yo’l transporti (temir yo’l) – umumii foidalanishdagi transport turlaridan biri bo’lib, u ishlab chiqarish va ishtimoii yo’nalishdagi korxonalar, muassalar va toshkilotlarni o’z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yo’llari va transportning boshqa turlari bilan o’zaro hamkorlikda tashish extiyojlarini ta’minlovchi yogona ishlab chiqarish – tehnologiy majmuidan iboratdir;

  • Temir yo’l transporti korhonasi – temir yo’l asosii faoliytining tuzulmavii bo’linmasi bo’lib, bevosita tashish jaroyonini ta’minlaidi;

  • Temir yo’l transporti muassasasi – temir yo’lning kadrlar tayorlash,temir yo’l transporti xodimlariga ijtimoii-maishii va madanii xizmat ko’rsatish sohasida ishlaiidigan tuzulmovii bo’linmasi;

  • Temir yo’l transporti tashkiloti – temir yo’lning qo’shimcha yordamchi foaliytini amalga oshiruvchi va tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaidigan tuzulmovii bo’linmasi;

  • Temir yo’l nizomi (ustavi) – qonun hujjatlariga muofiq temir yo’lning , temir yo’l transporti xizmatlaridan foidalanuvchi yridik va jismonii shaxislarning (shu jumladan ular nomidan ish ko’ruvchi ekspeditorlik va boshqa toshkilotlarning) huquqlari, majburiytlari va jovobgarligini belgilaidigan normativ hujjat;

  • Transport xizmatlari bozori – yuklar, yo’lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashuvchi, transport vositalariga tehnik xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, temir yo’l transportida tashish jarayoniga bog’liq qo’shimcha yordamchi ishlarni hamda boshqa ish turlarini (xizmatlarni) bajaruvchi soha;

  • Tashish jarayoni - yuklar, yo’lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayorgarlik ko’rish, uni amalga oshirish va tugallash chog’ida temir yo’l transporti korxonalari bajaradigan tashkilii va texnologik jihotdan o’zaro xamkor harakatlar va ammallar ma’jmuii;

  • Umumii foidalanishdagi temir yo’llar – temir yo’lning qabul qilish va jo’natish, yuklar, bagasj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, manevir ishlarini amalga oshirish bo’icha tegishli amallarni bajarish uchun ochiq bo’lgan temir yo’l stanssiylari joilashgan topmog’i;

  • Yuk –tashish uchun temir yo’l transporti korxonasi tomonidan belgilsngsn tartibda qabul qilingan, o’z vaqtida eltib berilishi va saqlanishi uchun temir yo’l jovobgar bo’lgan temir yo’l tashish ob’ekti;

  • Yo’lovchi – yo’l hujjatlariga ega bo’lgan va poezdda safar qiuvchi fuqaro (jismonii shahis);

- Bagaj – yo’lovchi olib ketaytgan va safar dovomida yo’lovchilar vagonida uning yonida bo’ladigan buymlar, tovarlar va boshqa yo’lovchiga tegishli boiiliklar;
- yuk bagaji- yo’lovchilar va pochta-bagaj poezdlarida tashiladigan temir yo’l tashish ob’ekti;
- xavfli yuklar – muayon omillar mavjud bo’lganda o’z xossalari va xususiyatlariga ko’ra tashish jaroyonida, ortish-tushurish ishlarini bajarish va saqlash chog’ida portlash, yong;in chiqishiga yoki tashiliyotgan yuklar, texnika vositalai, qurilmalar,binolar va inshoat, boshqa ob’ektlarning shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti yoki sog’lig’iga ziyon etishiga, hoivonlarning nobud bo’lishiga, atrof tabiii muxitning zararlanishiga sabab bo’lishi extimoli bor moddalar, materiallar, buymlar, ishlab chiqarish va turli faoliyat chiqindilari;
- ajratilgan mintaqa - temir yo’l transportining toproq ko’tarmasi, su’nii inshoatlar, yo’l binolari, temir yo’l aloqasi va elektr ta’minoti qurulmalari,shuningdek ihota daraxtzorlari joilashgan erlari;
- muhofaza zonalari – temir yo’llardan, elektr ta’minoti va aloqa tormoqlaridan bir me’yorida foidalanishni,temir yo’l transporti inshoatlari, qurilmalari va boshqa ob’ektlarining saqlanishi, mustahkamligi va turig’inligini taminlash uchun zarur bo’lgan er uchastkalari, shuningdek temir yo’l transporti erlariga tutash bo’lgan siljuvchi to’proqli erlar.
2-modda. Temir yo’l transporti to’g’risidagi qonun hujatlari

Temir yo’l transporti to’g’risidagi qonun hujatlari va ushbu qonunga tegishli hujjatlaridan iborat.


Temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanish chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bilan yuk jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar, yo‘lovchilar, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Temir yo‘l ustavi bilan ham belgilanadi.
Temir yo‘l transportida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishni tashkil etish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadigan yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari, shuningdek tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Temir yo’l transportida mulkchilik.
4-modda. Temir yo’l transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Tashish jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5- modda. Temir yo’l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-muiki
6-modda. Temir yo’l transporti erlari
7-modda. Temir yo’l transportining muhofaza zonalari
Aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek er ko‘chishi, er cho‘kishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va shunga o‘xshash xavfli ta’sirlarga uchrashi mumkin bo‘lgan erlarda joylashgan temir yo‘llardan hamda temir yo‘l transportining turli ob’ektlaridan bir me’yorda foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi.
Muhofaza zonalarini belgilash tartibi, ularning o‘lchamlari, temir yo‘l uchun ajratilgan erlardan foydalanish rejimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
8-modda.Temir yo’l qatnovlarining turlari va maxsus tashishlar
9- Idoralarga qarashli temir yo’l shoxabcha yo’llari
10-Temir yo’l transportini boshqarish
Temir yo‘l transportini boshqarish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi va davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga kiradi.
Davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi:
temir yo‘lda tashishlarni tashkil etish va bajarish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
temir yo‘l transportining faoliyati masalalari va tashishlarning shartlari bo‘yicha normativ hujjatlarni qabul qiladi;
transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
temir yo‘l transportini, shu jumladan idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni nazorat qiladi;
temir yo‘lda tashishlar sohasida tarif siyosatini olib boradi;
temir yo‘l transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Temir yo‘l transportining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.
Davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiydir.


11-modda. Yuklarni tashish
Temir yo‘l transporti korxonalari, agar jo‘natuvchi yuklarni tashishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya qilsa va tashishga temir yo‘l tomonidan oldi olinishi yoki bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan holatlar to‘sqinlik qilmasa, yukni tayinlangan joyiga belgilangan muddatlarda tashib berishi shart.
12- modda. Yo’lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish
Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji o‘z vaqtida manziliga etkazilishini, vokzallarda va poezdlarda yo‘lovchilarning xavfsizligini, ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur qulayliklar va sharoitlar yaratilishini, bagaj va yuk bagajining saqlanishini ta’minlashi shart.
13-modda. Yuklar,yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaslini temir yo’l orqali tashish tartibi
Temir yo‘l transportida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish tariflari yuk jo‘natuvchilarning hamda yo‘lovchilarning manfaatlari inobatga olingan holda davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi.
14-modda. . Temir yo’l transportining moliyaviy
15-modda. . Temir yo’l transporti korxonalarining temir yo’l transporti ob’ekitlarining mulkdorlari bo’lgan yridik va jismoniy shahislar bilan munosabatlari
16-modda. Temir yo’l transporti xodimlarining mexnatga oid munosabatlari
Temir yo‘l transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti rejimi, dam olish va boshqa mehnat sharoitlari rejimi xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi.
Temir yo‘l transporti korxonalari poezdlar harakati bilan bog‘liq hamda mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etadi. SHunday vazifalar va ishlar ro‘yxati, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Temir yo’l transporti xodimlari ishining sayyor xususiyati bilan bog’liq kofolatlar, kompensatsiyalar va ularga beriladigan imtiyozlar
18- Temir yo’l transportida intizom
Temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Temir yo‘l transporti korxonalarida jamoa mehnat nizolarini hal qilish vositasi sifatida ishni to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19-modda. Temir yo’l transportida hisoblash-hisobat vaqti
Tashishlarda bevosita qatnashuvchi temir yo‘l transporti korxonalarida tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta’minlash maqsadida, ularning joylashgan manzilidan qat’i nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblangan - hisobot vaqti — Toshkent vaqti belgilanadi.
20-modda. Harakat xafsizligini ta’minlash, temir yo’l transporti va boshqa texnika vositalaridan fodalanish
Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz qatnov, yuklar, bagaj va yuk bagaji tashish shart-sharoitlarini, poezdlar va temir yo‘l transporti boshqa vositalarining harakat xavfsizligini, shu jumladan manevr ishlari chog‘idagi, tashish jarayoni bilan bog‘liq transport va boshqa texnika vositalaridan foydalanish chog‘idagi xavfsizlikni, shuningdek temir yo‘l transporti xodimlarining mehnati va atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini ta’minlaydilar.
Temir yo‘l transportida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qiluvchi maxsus tarkibiy bo‘linma, shuningdek temir yo‘lda avariyalar oqibatlarini tugatuvchi avariya-tiklash bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi. Ana shu bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom, shuningdek harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
20’-modda. Temir yo’lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat nazorati va boshqa choralar
21-modda. Temir yo’l transportida harakat xavfsizligiga doir asosiy talablar
Temir yo‘l bekatlari, vokzallar va temir yo‘lning tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalari hududlari, poezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yo‘lovchilar platformalari va temir yo‘l tarmoqlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi va zarurat bo‘lganda atrofi o‘rab qo‘yiladi. O‘ta xavfli zonalarda fuqarolarning bo‘lishi va ob’ektlarning joylashtirilishi, bunday zonalarda ishlar bajarish, temir yo‘llar orqali yurish va ularni kesib o‘tish qoidalari davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Harakatdagi sostav, shu jumladan harakatdagi maxsus sostav va konteynerlar, temir yo‘llarning er ustki qurilmalari qismlari hamda temir yo‘l transportiga etkazib beriladigan boshqa texnika vositalari va mexanizmlar, shuningdek yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tegishli normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya xavfsizligi talablariga mos kelishi lozim.
Temir yo‘l transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, ortish, tashish va tushirish ishlari amalga oshiriladigan ob’ektlar umumiy foydalanishdagi temir yo‘llardan va inshootlardan ularning xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Umumiy foydalanishdagi yo‘llarning quvurlar, aloqa, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa inshootlar bilan kesishgan joylarida mazkur ob’ektlardan umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va inshootlargacha bo‘lgan eng kam masofa, shuningdek temir yo‘llar bilan kesishish va yaqinlashish joylarida bunday ob’ektlarni qurish va saqlash normalari tegishli davlat boshqaruv organlarining davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan normativ hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlari va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chog‘ida belgilangan normativlarni ta’minlash, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligi uchun ularning egalari javobgar bo‘ladi. Mazkur inshootlarning egalari harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya holatlari yuzaga kelganligi haqida temir yo‘l transporti korxonasini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart.
Temir yo‘l orqali tashilayotgan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni jo‘natuvchilar va oluvchilar ularning tashilishi, ortilishi va tushirilishi xavfsizligini kafolatlashlari, bu yuklarni tashish chog‘ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda avariya holatlarini va avariya oqibatlarini tugatish uchun zarur vositalar va harakatchan bo‘linmalarga ega bo‘lishlari lozim.
Temir yo‘l transporti korxonalari xavfli va maxsus yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlashi hamda bu yuklarni tashish chog‘ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning oqibatlarini tugatishda qatnashishi shart.
Temir yo‘llarning avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylari (temir yo‘l kesishuvi joylari) temir yo‘ldan texnik foydalanish qoidalari hamda qurilish normalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Temir yo‘l kesishuvi joylaridan foydalanish, ularni ochish va yopish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Temir yo‘l transporti va tashish jarayoni bilan bog‘liq boshqa texnika vositalarining harakat xavfsizligi hamda ulardan foydalanish qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
22-modda. Temir yo’l transportida yuklar va ob’ektlarni qoriqlash
23-modda. Favqulodda holatlarda temir yo’l transportining ishlashi
Temir yo‘l transporti korxonalari temir yo‘l transporti ishining buzilishiga sabab bo‘lgan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini (shamol hosil qilgan tuproq-qum bosishlari, toshqinlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlarni) bartaraf etish uchun shoshilinch chora-tadbirlar ko‘radi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ular ro‘yxati davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadigan moddiy va texnika vositalari zaxirasiga ega bo‘lishlari zarur.
24-modda. Temir yo’l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqoralar muhofazasi
Temir yo‘l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasiga rahbarlik davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Temir yo‘l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni moliyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25-modda. Ixtiyriy va majburi sugurta
26-modda. Temir yo’l transporti korxonalarining jovobgarligi
Temir yo‘l transporti korxonalari yo‘l haqini hamda yuk, bagaj va yuk bagajining tashish haqini to‘lagan va yo‘l hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirgan yo‘lovchi va yuk jo‘natuvchiga, agar ushbu Qonunda yoki boshqa qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashishni rad etishga haqli emas.
27-modda. Yuk jo’natuvchilar va yukni oluvchilar, yo’lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxislarning temir yo’l transporti korxonalari oldidagi jovobgarligi
YUk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar quyidagilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda jarimalar to‘lash tarzida javobgar bo‘ladilar:
tashishlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun;
yuklarni taqdim etmaganlik uchun, yuk tashishga berilgan vagonlar, konteynerlardan foydalanmaganlik yoki buyurtmanomada ko‘rsatilgan vagonlar, konteynerlarni rad etganlik uchun;
temir yo‘lga qarashli vagonlar va konteynerlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun;
vagonlar va konteynerlarni yukni ortish, tushirish yoki qayta yuklash paytida belgilangan texnologiya normalaridan ortiqcha kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun, shuningdek ularni yukni ortish, tushirish, qayta yuklash uchun etkazib berish paytida kuttirib qo‘yish orqali yoki jo‘natuvchiga bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablarga ko‘ra kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun;
mahsulotlarni eksportga etkazib berish bo‘yicha bojxona, chegara organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan belgilangan talablarni vagonlar va konteynerlarning kechiktirilganligiga sabab bo‘lgan tarzda buzganlik uchun;
vagonlar, konteynerlarga ko‘taradigan yukidan ortiqcha yuk ortganlik uchun;
vagonlar va konteynerlarni yuklari tushirilganidan so‘ng tozalamaganlik uchun;
temir yo‘l tomonidan berilgan vagonlar yoki konteynerlarga, chiqarib olinadigan tashish moslamalari va o‘rash-joylash vositalariga shikast etkazganlik yoki ularni yo‘qotganlik uchun;
tashish taqiqlangan yukni taqdim etganlik yoki tashish chog‘ida o‘ta ehtiyotkorlik choralari ko‘rishni talab etuvchi yukni uning nomi yoki xossalarini noto‘g‘ri ko‘rsatib taqdim etganlik uchun.
Yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini, temir yo‘l transportidagi sanitariya-gigiena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlariga shikast etkazganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
.
Temir yo‘l transportiga uning kommunikatsiyalarini qasddan to‘sib (uzib) qo‘yish yoki temir yo‘l transportining moneliksiz va xavfsiz ishlashiga xalal beruvchi qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar natijasida etkazilgan zarar temir yo‘l transporti korxonalariga aybdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
28-modda. Talablar va do’volarni ko’rib chiqish
YUklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temir yo‘l transporti korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga haqlidir.
Temir yo‘l transportida tashishlar bo‘yicha talablar va da’volarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari Temir yo‘l ustavida belgilab qo‘yiladi.

Download 36,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish