qiladi va shu ko‘pik ichida yashaydi. Ko‘pik lichinkalar uchun yashash joyi
sifatida ularning tanasini qurib
qolishdan himoyalaydi, ular to‘liq voyaga
yetgandan so‘ng ko‘pikdan tashqariga chiqadi.
Erta bahorda yantoq o‘simligi barg chiqara boshlaganda
Papyrina viridis
ning tuxumdan chiqqan lichinkalari o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Barg
yuzasini xartumchasi yordamida teshib, maxsus suyuqlik ishlab chiqaradi va
barg plastinkasi qirralarini asta-sekinlik bilan bir-biriga
yopishtiradi hamda
o‘ziga xos barg gallini hosil qiladi, lichinka gall ichida yashab, avgust oyining
oxirida voyaga yetgach tashqariga chiqadi va boshqa o‘simliklarga ko‘chib
o‘tadi. Saratonlarni hayotiy rivojlanish sikli bo‘yicha ularni yarim bir yillik
hamda ko‘p yillik rivojlanish sikliga ega bo‘lgan turlarga ajratish mumkin.
Yarim-bir yillik rivojlanish sikliga ega bo‘lgan turlar mavsumiy bo‘g‘in
(generatsiya) berishiga qarab mono va polivoltlarga ajraladi.
Saratonlar turlarining asosiy qismi (26 tur, 92.8%) yarim-bir yillik
rivojlanish sikliga ega. Ularning 14 (50%) turi, ya’ni
Athysanus argentatus
,
Cicadella viridis
,
Delphax orientalis
,
Edwardsiana frogatti
,
Edwardsiana rosae
,
Erythroneura flammigera
,
Erythroneura amseli
,
Euscelis lineolatus
,
Euscelis
alsius
,
Laodelphax striatella
,
Notus plavipennis
,
Psammotettix striatus
,
Ranissus
chomutovi
,
Ranissus ferganensis
polivoltlar bo‘lib, mavsum davomida bir
necha
bo‘g‘in beradi. Masalan,
Laodelphax striatella
O‘zbekistonning shimoliy
mintaqalarida ikki bo‘g‘in berib rivojlansa, janubiy hududlarda 4-5 bo‘g‘in
beradi. Shuningdek,
Psammotettix striatus
saratoni shimoliy hududda 2, janubda
esa 3-4 generatsiya beradi. Odatda, Typhlocybinae oilasiga mansub ko‘pchilik
saratonlar polivoltlar sanaladi. Vegetatsiya davri uzoq davom etadigan
mintaqalarda bu turlarning bo‘g‘inlar soni yuqori darajada bo‘lishligi bilan
ajralib turadi, ularda yozgi diapauza kuzatilmaydi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, umumiy foydali harorat past bo‘lgan hududlarda ayrim polivoltlarning
bo‘g‘inlar soni qisqarishi yoki bir yilda bitta bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ular
monovoltlar qatoriga qo‘shilishi mumkin. Jumladan, bu
holat
Erythroneura
flammigera, Edwardsiana frogatti, Edwardsiana rosae
turlarida qayd etilgan.
Umuman o‘rganilgan 28 tur saratonlarning 12 (42.8%) turi (
Aphelonema eoa
,
Aphrophora salicis
,
Cicadula divaricata
,
Evacanthus asiaticus
,
Lepironia
colyeoptrata
,
Neophilaenus haupti
,
Nephotettix cincticeps, Oliarus pallens
,
Papyrina viridis
,
Philaenus spumarius
,
Tettigometra vitellina
,
Tettigometra
varia
) monovolt turlar sirasiga kiradi.
Kuzatish natijalariga ko‘ra, g‘o‘za agrobiotsenozining shakllanishi
o‘simlikning ilk vegetatsiya davridan boshlanadi. Odatda, may
oyining birinchi
o‘n kunligi oxirlariga kelib paxta dalalarida saratonlar (
Empoasca decipiens
,
Kuboasca bipunctata
), boshqa bo‘g‘imoyoqlilar uchray boshlaydi [5].
160
Saraton va qandalalar shiralar oziqlanayotgan o‘simlikka yaqinlashsa
chumolilar faol “qarshilik” ko‘rsatadi. Umuman olganda g‘o‘zaning ilk
vegetatsiya davrida, may oyining ikkinchi o‘n kunligidan
boshlab iyun oyining
o‘rtalariga qadar qora yo‘ng‘ichqa shirasi miqdor zichligini boshqaruvchi
omillar chegaralangan bo‘lib, ularning chumolilar bilan bo‘lgan trofobioz
munosabatlarini yuzalanishi uchun qulay sharoit shakllanib ulguradi. Ayni shu
davrda, g‘o‘za nihollarini qora yo‘ng‘ichqa shirasi bilan kuchli zararlashi
kuzatiladi, natijada uning zich koloniyalari o‘simlikning o‘sish nuqtasini, barcha
chinbarglarni qoplab oladi, zararlangan o‘simliklar quriydi yoki o‘sish nuqtasi
ikki ayri bo‘lib vegetatsiya maromi buziladi.
Saratonlarning ko‘pchilik turlari uchun chumolilar bilan bo‘lgan trofobioz
munosabatlar vaqtincha mazmunga ega. Odatda, bu turlar jadal oziqlanish
mavsumida, ko‘plab “shira” suyuqligi ajratib chiqarish
davrida chumolilarni
o‘ziga jalb etadi. Masalan, bu holat Rhytidorus, Idiocerus va qisman
Tettigometra hamda Goniagnathus urug‘lariga mansub turlar uchun xosdir.
Jumladan,
Rhytidodus tenebricans
va
Goniagnathus decoratus
turlari anal
teshigidan ajralayotgan suyuqlikni chumolilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yalab olib
oziqlanadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ladiki, “shira” suyuqligi saratonlarning
anal teshigidan kuchli bosim orqali “otilib” chiqadi, chumolilar bu tomchilarni
osonlik bilan ushlab olishga moslashgandir. Saratonlarning har
biri atrofida bir
necha chumoli navbatma-navbat oziqlanishi mumkin. O‘z navbatida chumolilar
saratonlarni o‘rgimchak va boshqa dushmanlaridan muhofaza qiladi [4].
Do'stlaringiz bilan baham: