Foydalanilgan adabiyotlar
1.
S.D. Dadayev, G.A. Abduraxmonova. Umumiy parazitologiya. –
Toshkent, 2012. – B.70.
2.
I. Badalxo‘jayev. Parazitologiya fanidan o‘quv uslubiy majmua. –
Andijon, 2019. – B.50.
3.
O.Mavlonov, Sh.Xurramov, X.Eshonova. Umurtqasizlar zoologiyasi. –
Toshkent, 2006. – B.82.
153
SOG‘LOM TURMUSH TARZINING HARAKAT SIFATLARI
F. Mirzabekova, N. Turaxo
‘
jayeva
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya. Jismoniy tarbiya nazariyasida "Harakat" tushunchasi va uning
sifatlari yoritilgan. Hamda harakatli o'yinlar natijasida turli xil mashqlar
kerakligi bayon etilgan. Jismoniy salomatlikka erishish uchun hozirda siyosatda
ham muhim qarorlar qabul qilingani haqida qisqacha ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: harakat sifatlari, jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari,
harakatning aniqligi, stereotip va nostereotip harakat, konpensatsiyali va
konpensatsiyasiz charchoq, aktiv va passiv egiluvchanlik, jismoniy faollilik,
harakatli o'yinlar, gipokineziya.
"Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida" Prezident farmoni qabul
qilingan. Hozirda turli kasalliklarning oldini olish uchun "sog‘lom turmush
tarzi" tushunchasi keng tatbiq etilmoqda. 2020-yil 1-iyundan buyon O'zbekiston
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining "O'zbekiston Respublikasiga
koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-
tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga
ko'ra hududlarda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish to'g‘risida"gi 645-sonli
buyrug‘iga binoan, mamlakatimizning "yashil" huddularida sport seksiyalari,
sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yo'lga qo'yildi. 2021-yil 1-martga qadar
"Sog‘lom turmush tarzi "platformasi ishlab chiqish yo'lga qo'yilgan. Hozirgi
kungacha ham insonlarning salomatligini saqlash uchun turli xil chora-tadbirlar
ko'rilgan va "Sog‘lom hayot uchun 5000/10000 qadam" piyoda yurish
marafonlar aksiyasi tashkil etildi. Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilishda yurish, yugurish, minifutbol, velosport,
badminton, strobol, workout (mahalla va ko'cha fitnesi) sportining ustuvor
turlari etib belgilandi. Salomatlik inson organizmining shunday holatiki, uning
barcha organlari va tizimlarini tashqi muhit bilan mos kelishi va kasallikka
nisbatan umuman moyilligi yo'qligidir. Aerobika asoschisi K.Kuper turg‘un
o'zgarmas oddiy harakatlarimizda kislorod sarfi bilan bajariladigan aerob
harakatlarni sog‘lomlashtiruvchi yuklamalar deb nomlash kerakligini aytib
o'tgan [3,63-65b]. Harakat – hayotning eng muhim xususiyatidir. Insonning
organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik
tana bo'g‘inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar
deb atash qabul qilingan. Harakat sifatlari yoki jismoniy sifatlar har bir individ
154
uchun uning ajdodlari tomonidan qoldirilgan meros, individning ona embrionida
rivojlanishi davrining 9 oylik davridayoq turli xildagi sakrashlar asosida
harakatchanligi rivojlanib, o'zgarib boradi. Ona qornidagi tug‘ilishi lozim
bo'lgan bolaning harakatchanligi uning aqliy va ruhiy rivojlanishi uchun zamin
yaratishi tadqiqotlar orqali isbotlangan. Natijada, harakat sifatlari - harakat
apparatining boshqarilishi va koordinitatsiya mexanizmlarining takomillashishi
tufayli rivojlanadi [5]. Jismoniy sifatlarni V.M.Zastioriskiy (2009) "Jismoniy
(yoki harakat) sifatlari deganda biz insonning harakat imkoniyatlarining alohida
tomonlarini tushunamiz" deb ta'riflagan. L.P.Matveev (1991) jismoniy sifatlarga
quyidagicha ta'rif beradi: "Jismoniy sifatlar deganda tug‘ma (genlar tarzidagi
merosini) morfologik xizmat sifatlarini, ular asnosida inson organizmida
namoyon bo'ladigan maqsadga muvofiq harakat faoliyatiga zarur bo'ladigan
jismoniy faollikni ifodalanishi tushuniladi [1,256b]". Harakat sifatlari: kuch,
tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik nafaqat sportchining, balki
shug‘ullanuvchining qobiliyatini belgilashda, uning yuqori darajaga erishishida
muhim ko'rsatkich bo'lib, harakat ko'nikmasining shakllanishida,
takomillashishida birgalikda rivojlanadi. Harakat sifatlari o'lchovga ega, uning
ko'rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari deb ataladi. Harakatlarning
koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o'lchovidir. Harakat
vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning
aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o'lchovidir. Hayotda va sportda duch kelishi
mumkin bo'lgan barcha harakatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 1) nisbatan
stereotip harakatlar; 2) nostereotip harakat.
L.L.Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan foydalanish
ma'quldir [2,58/60b]. Chaqqonlik - harakat turlarini juda tez o'rganish va
o'zgaruvchan harakatlariga mos holda reaksiya berish qobiliyatidir.
Chaqqonlikni 3 bosqich xarakterlaydi: 1) maydondagi aniq
koordinatsiyalanganlik; 2) xuddi shunday qisqa muddat ichida; 3) favqulodda
o'zgargan situatsiyalarda harakatni aniq va tez bajarish [4,99b]. Epchillik - yangi
harakat turlarini bajara olish qobiliyati va o'zgaruvchan muhit yoki holat talabiga
binoan harakatlanish, xatti-harakatlarini juda tez qayta o'zgartirish qobiliyatidir
[4,128b].
Chidamlilik - muskul ish faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
davomida charchoqqa qarshilik ko'rsatish darajasi. "Charchoq" - mashq qilish
(mehnat) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi bo'lib,
konpensatsiyali va konpensatsiyasiz charchoq turlari uchraydi. Bobokalonimiz
Abu Ali ibn Sino ilmiy merosida "Kitob ul-qonun fit Tib" surunkali jismoniy
155
mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to'xtalib, uni 4 turga ajaratib
izoh bergan:
•Yarali charchash - terini yuzida yoki tagida yara kabi narsalar seziladi;
•Qotib charchash - kishi go'yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan gumon
qilib, tanasida issiqlik va bo'shashini sezadi;
•Shishli charchash - tana odatdagidan qizarganroq bo'lib, govlanganga
o'xshash xissiyotni sezadi;
•Ozib charchash - gavdani qurigan va qovjiraganroq sezadi. Undan tashqari
jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emotsional, sensor charchoqlarni
ham farqlash kerak. Chidamlilik namoyon qilishda nafas muhim ahamiyat kasb
etadi. Kuchli zo'riqish bilan bajariladigan faoliyatda maksimal darajada o'pka
ventilyatsiyasini yo'lga qo'yish uchun N.G.Ozolin va V.V.Mixaylovlar
tomonidan og‘iz orqali chuqur nafas tavsiya qilingan.[2,62b]
Tezkorlik - individ harakatlarining tezlik xarakteristikasiga asosan, harakat
reaksiyasining vaqtini belgilovchi funksional xususiyatlarining kompleksi.
Tezkorlik namoyon bo'lishining 3 ta asosiy shakli bor: 1) Yakka harakat tezligi;
2) Harakatlar chastotasi; 3) Harakatlar reaksiyasining tezligi.
Harakat reaksiyasining tezligi - individning qandaydir tanlagan signalga,
buyruqqa, ovozga javoban tezkorligi bo‘lib, u 2 turga: oddiy va murakkabga
bo'linadi [2,68b].
Egiluvchanlik - jismoniy fazilatlardan biri bo'lib, harakat tayanch
apparatining morfofunksional xususiyatidir. Aktiv - muskul kuchi evaziga
bo'ladigan; Passiv - tashqi qarshilikning inersiya yoki og‘irligi evaziga, tashqi
ta'sir kuchi va boshqalar hisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlikdir.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho'zish,
buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi [2,72b].
Har qaysi individ tashqi ta'sir yoki qarshilikni yengishi uchun o'z jismidagi
ma'lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta'sirga qarshi muskul zo'riqishi orqali
harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul
qilingan.
•Harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch;
•Inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch. Kuchni rivojlantirish uchun
yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi va 2 guruhdan
iborat: tashqi qarshilik va individning o'z tanasi og‘irligini yengish [1,260b].
Harakatli o'yinlar - jismoniy tarbiyaning asosiy vositasidir. Harakatli o'yinlar
nafaqat bolaning, balki katta yoshdagi odamlarni ham harakat faoliyati jismoniy
rivojlanishiga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarining shakllanishiga,
organizmning funksional faoliyatini oshirish va emotsional tuyg‘ularini
156
kuchaytirib salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir etadi. Atoqli rus
pedagogi P.F.Lesfoft o'yinni bolani hayotga tayyorlashga yordam beruvchi
mashq deb hisoblaydi va u harakatli o'yinlar nazariyasini ishlab chiqdi va
izdoshlari uni rivojlantirdilar. O'zbekistonda ham harakatli o'yinlar
nazariyasining rivojlanishiga ko'p olimlar hissa qo'shgan. T.Usmonxo'jayev
"1001 o'yin" nomli kitobida harakatli o'yinlarni bola organizmiga ta'siri, uning
ahamiyatini to'liq ochib bergan [5]. Olimlar har qanday yoshda ham o'zini
yaxshi his qilish uchun sport bilan qancha vaqt shug‘ullanish kerakligini aytib
berishdi. Stuldan tez-tez turish va harakat qilish yordamida yurak bilan bog‘liq
muammolarning va diabet paydo bo'lishining oldini olish mumkin. Jismoniy
faollilik qon bosimini va vaznni me'yorda tutib turishga, uyquni yaxshilashga,
vahima va depressiyani yengishga yordam beradi [6]. Jismoniy va ruhiy
salomatlikning kaliti - bir haftada bir necha marta bajariladigan aerobik va kuch
ishlatiladigan mashqlarning birligi hisoblanadi. Sheffild Xollem Universiteti
(Buyuk Britaniya) jismoniy tarbiya va salomatlik kafedrasi dotsenti Devid
Brumning aytishiga ko'ra, jismoniy mashqlar sizning joningizga tegmasligi
uchun, yaxshisi ularning har xil turlaridan navbati bilan foydalanish kerak.
Bundan tashqari, o'tirish holatidagi vaqtni kamaytirish juda muhim hisoblanadi.
U kun davomida har 20 daqiqada turishni va harakatlanishni tavsiya qiladi.
Hozirgi zamonaviy turmush tarzimizda harakat faolligi tushunchasi o'z
aksini yo'qotmoqda. Ayni vaqtda ishlab chiqarish va turmushda jismoniy
yuklamalarning hissasi ma’lum darajada kamayib ketyapti. Hatto inson
harakatlanishining tabiiy va sun’iy usuli bo’lgan yurish ham transportning,
kommunal xizmat turining rivojlanishi tufayli o’z ahamiyatini yo’qotib
bormoqda. Zamonaviy turmush tarzining ilgor (progressiv) tendensiyaga ega
bo’lgan o’ziga xos xususiyatlaridan biri harakat faolligi xajmining kamayishi
(gipokineziya), mushak kuchi sarfining ruhiy-asab zo'riqishlari bilan
uyg‘unlikdagi pasayishi hisoblanadi. Aholining barcha qatlamlari, jumladan,
bolalar ham gipokineziyaga mahkum. Hozirgi inson salomatligi siyosat
darajasigacha ko'tarilgani bejiz emas. Turli xil qaror va qonunlar ishlab
chiqilmoqda. Oddiygina uzoq masofaga yurish aksiyalari natijasida, g‘oliblarga
platforma hamyonlariga pul o'tkazmalari berilmoqda. Bizning salomatligimizni
asrashimiz uchun hamda sog‘lom bo'lishimiz uchun siyosatimiz ham jonbozlik
qilmoqda. Shuning uchun ham harakat sifatlarini tarbiyalash ma'naviy-ruhiy
fazilatlarni tarbiyalash ishi bilan chambarchas bog‘liq va tarbiyaning shu
yo'nalishiga vosita bo'lib xizmat qiladi. Jismonan barkamol, axloqan pok estetik
didli, e'tiqodli, sadoqatli texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan,
har tarflama ma'naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash
hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biridir. Shuni qayd etish
157
kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning kuch, tezkorlik, chaqqonlik,
chidamlilik va barchasini o'zaro uzviy bog‘lab olib borishni tarbiya jarayoni
taqozo qiladi. Harakat sifatlarini yanada shakllantirib, sog‘lom turmush tarzi
qoidalariga amal qilib o'z salomatligimizni asraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |