ta’sir natijasida hayvonlar organizmida zaharlanishga qarshi himoya moslanish
kompensatorlik hususiyatlari paydo bo‘la boshlaydi. Uzoq muddat xronik tarzda
pestitsidlarning organizmga kirib turishi esa morfologik o‘zgarishlarga olib
keladi. Fosfolipid bilan xlorofosning birgalikda ana shunday miqdorda ta’sir
ettirilganda esa tajribadagi hayvonlarning qonidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlari
o‘zgarishlariga olib keladi. Aynan mana shu ishga bag‘ishlagan ilmiy tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, mazkur pestitsidlar ishqoriy fosfataza, peroksidaza
fermentlarining faolligini, fosfolipid hamda glikogonlarning miqdorlarini
oshirgan
[3].
Antioning 1/100 AD
50
miqdori xolenesteraza fermentining miqdorini
sekingina pasaytira borib 70-kunga kelganda maksimum pasayishga olib kelgan.
Antioning miqdorini oshira borishlik natijasida ichki sekretsiya bezlari faolligi
o‘zgargan, buyrakusti bezi gormonlari faolligi pasayib borgan. Qo‘ylarga
ftalofos bilan 100 kg purkalganda ularning jigarlarida glikogonning tarqalishi
buzilgan, suksinatgidroginaza fermentining faoliyati oshgan, biroq glikogen
suksinatdegidroginazadagi bu o‘zgarishlar organizmda hech qanday
zaharlanishning klinik o‘zgarishlariga olib kelmagan [2], lekin gonadlarda
nuklein kislotalarning miqdori pasayib ketgan.
Oz kumulyativ koeffitsientga hamda zaharlanish jihatidan past bo‘lgan
pestitsidlarga mansub bo‘lgan kataran va butifosning to‘qima va hujayra
strukturalarida tarqalishi o‘rganilgan. Mazkur tadqiqotlar kalamushlarda
homiladorlik davrlarida olib borilgan. Nishonlangan kataran bilan butifos
homiladorlikning 19-21-kunlarida 20 foizli spirtli eritmasi bilan tabletkasi
beriladi.
Adabiyotlardan shu narsa ma’lumki, homiladorlikning so‘nggi kunlarida ona
va bola qon oqimlarining bir-biriga yaqinlashib borishi natijasida molekulyar
massasi 500-600 dan katta bo‘lmasin kimyoviy birikmalar uchun yo‘ldosh
hujayralarining yaxshi o‘tkazuvchanligining oshib borishi ma’lum. Mazkur
tadqiqot ishlarida ham analiz natijalarining to‘g‘ri ekanligini isbotlagan va u
haqda to‘liq ma’lumotlar keltirilgan [3].
Kataran bilan butifos kalamushlarga berilganda 1 soatdan so‘ng nisbatan
aktivligi ya’ni embrionlar, qon zardobida va amniotik suyuqlikda, shuningdek,
ona -bolaning turli xil organlarida aniqlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki,
aktiv nishonlangan mazkur pestitsidlarning organlarda va ularning hujayra
strukturalarida taqsimlanishi bir xil emas ekan. Eng nishonlangan pestitsidlar
ichak hujayralarida topilgan. Chunki mazkur preparatlar ular orqali qonga
so‘riladi. Olingan natijalar o‘rganilayotgan pestitsidlarning organotrop
xususiyatlarining yo‘qligidan dalolat beradi [3].
Do'stlaringiz bilan baham: