Granit-
“donador”
degan ma`noni anglatadi.Uning donador toshlari
pushti,kulrang,yashil bo`ladi.Granitning rangi shu donador toshlardan qaysi
biri ko`pligiga bog`liq.Toshkent,Namangan va Samarqand viloyatlaridan
turli rangdagi granitlar qazib olinadi.”Tem
uriylar tarixi davlat
muzeyi”,”Yoshlar ijod saroyi”zina va poydevori,eshik peshtoqlari granit
bilan qoplangan.
Ohaktosh
-tosh kabi qattiq bo`ladi,shuning uchun ohaktosh
deyiladi.Maydalanib oq mayda shag`alga aylantiriladi.
Qum va gil
-toshlarni uzoq vaqt yemirilishidan qum hosil bo`lgan.Qum
shag`al va sementga aralashtirib mustahkam beton quyiladi.Oyna va
shishalar oq qumdan tayyorlanadi.
Gil
ham qumlarning nurashidan hosil bo`lgan.Gil zarrachalari qum
zarrachalaridan bir necha yuz marta maydadir.Gil-chang
zarrachalaridir.Tuproqning asosini ham gil tashkil etadi.Tuproq yuqori
haroratda qizdirilganda chirindilar yonib,gilning o`zi qoladi.Gildan turli
sopol va chinni buyumlar tayyorlanadi.
Qadim zamonlarda yer yuzi xarsangtoshlardan iborat
bo`lgan.Quyosh,yomg`ir va shamol natijasida toshlar nurab,qum va gilga
aylana borgan.O`simliklar dastlab suvda paydo bo`lgan.Shamol ularni
quruqlikka uchirib kelgan,suv o`tlari chirib tuproq hosil bo`lgan.Tuproq
tarkibidagi mikroorganizmlar o`simlik chirindilari va hayvon qoldiqlari bilan
oziqlanib,bakteriyalar bunday qoldiqlarni uzluksiz
ravishda,chirindiga,mineral moddalarga aylantira borgan.Tuproq asosini gil
tashkil etadi,ba`zi joylarda qum aralashgan bo`ladi.Tuproqning asosiy
xususiyati tarkibida o`simlik va hayvonlarning chirindi,turli
minerallar,mikroorganizmlar va qoldiqlari mavjudligidirTuproqdagi
minerallarni temir,ohaktosh,kalsiy,kaliy,fosfor kabi moddalarning kukuni
tashkil etadi.Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar turli bakteriya va
zamburu`glardan iborat.Bakteriyalar-nihoyatda mayda,ko`zga
ko`rinmaydigan jonzot.Zamburug`lar esa o`simliklar kabi o`sadigan va
ko`payadigan organizm.Tuproq tarkibida havo va suv bor.Tuproqdagi
jonivor va mikroorganizmlar shu havo ,suv hisobiga yashaydi.
1-2metr chuqurlikdan olingan tuproqqa o`simlik ko`chati o`tqazilsa u qurib
qoladi,chunki bu tuproqda yetarli ozuqa yo`q.O`simlik ildizi orqali nafas
oladi.
Tog`,adir,o`rmon,yaylov,cho`llarda,tabiat bag`rida o`sadigan o`simliklar-
tabiiy
o`simliklar.Odamlar tomonidan ekilib,parvarish qilinadigan
o`simliklar
madaniy
o`simliklardir.O`simliklarni o`t,buta,daraxt kabi turlarga
bo`lamiz.O`tlarning ayrimlari dorivor hisoblanadi:zubturumning barglari
odamning yara bo`lgan,kuygan,ari chaqqan joyiga qo`yiladi,barglari
shamollash,oshqozon va ichak kasalliklarini davolaydi.Qoqio`t poyasi
ichidagi sut kabi oq sharbatidan dori tayyorlanadi,ovqatga solinadi.
Butalarning poyalari yog`ochlangan,ya`ni qattiq holatda,bir nechtadan to`p
bo`libo`sadi.Tog`da na`matak,cho`lda juzg`un,saksovul,quyonsuyak kabi
butalar bor.Na`matakning bir joydan o`ndan ortiq,ba`zilarida undan ham
ko`p poyalar o`sib chiqadi,bo`yi 2 metrgacha ,aprelda oq,pushti ,sariq
gullaydi,avgust-sentabr oylarida pishadi,mevasi shifobaxsh hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |