fundamental asoslarni barpo qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Zero, demokratiya g’oyasi o’z
taraqqiyotining yetakchi yo’nalishi sifatida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirib borilishini taqazo
etadi.
SHu munosabat bilan ta’kidlash joizki, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati mazmun-
mohiyati, shakllanish qonuniyatlarini tashkil qiluvchi eng yetakchi manbalar hisoblanadi. Yurtimizda
milliy taraqqiyot modeli asosida huquqiy demokratik davlatning institutsional zaminlari:
-
davlat hokimiyatining tarmoqlarga bo’linishi printsipiga asoslanishi;
-
demokratik Konstitutsiyaning qabul qilinishi va qonun ustuvorligi tamoyilini ro’yobga
chiqaruvchi mexanizmlarni yaratilishi;
-
erkin demokratik saylov tizimini kafolatlanishi;
-
davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda ko’ppartiyaviylik tizimining yaratilishi;
-
jamoat birlashmalari va nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yilishi;
-
fuqarolar o’z-o’zini boshqarish institutlarini rivojlantirilishi;
-
fuqarolar huquq va erkinliklarini, manfaatlari va extiyojlarini ta’minlashning samarali
zaminlarini
vujudga keltirilishi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda
barpo etildi.
Bularning natijasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun eng asosiy kuch va
manba bo’lib xizmat qiladigan zamonaviy huquqiy demokratik davlat asoslari rivojlantirildi.
3.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi -
milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Har bir davrning o’z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va xayotiy tamoyillari bo’ladi.
Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’no-mazmun
bag’ishlashga,
bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq
yo’nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo’ladi.
2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi,
hech shubxasiz, yangi tariximizdagi ana shunday beqiyos xodisa bo’ldi.
CHunki aynan ana shu saylovda butun O’zbekiston xalqi o’zining buyuk siyosiy irodasi, xuquqiy
madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti,
xalqimiz, farzandlarimizning
yorug’ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to’liq mos
tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochik va oshkora o’tgan saylov
jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashqilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
Yuksak saviyada o’tgan O’zbekistop Respublikasi Prezidenti
saylovida Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar xarakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan
SHavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g’olib bo’ldi.
Toshkent shaxrida 2016 yil 14 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va
Senatining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
SHavkat Mirziyoev nutq so’zladi. Davlatimiz raxbari yaqin va o’rta istiqbolda
mamlakatimiz oldida
turgan eng muxim va dolzarb vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga
Prezidentimizning saylovoldi dasturida aloxida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular
yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz - to’plangan tajriba va ilg’or xalqaro amaliyotga suyangan xolda,- dedi
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishi marosimiga
bag’ishlangan nutqida, - o’zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni katiy amalga oshirishdan
iborat. SHu borada yaqin va o’rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun katiyat bilan xarakat
qilishimiz zarur. SHu maqsadda 2017 - 2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi».
Xaqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita raxbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o’z ichiga oladigan mazkur keng ko’lamli dasturiy xujjat xar
tomonlama puxta ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan
Farmoniga muvofiq, uni xayotga joriy etish bo’yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi.
Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining
ahamiyati alohida tasdiqlanib, bu
boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muxokamalar olib
borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylash- tirilgani, buning natijasida ko’plab taklif va
muloxazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun xujjatlari ta’sirini baxolash tizimi» portalida yo’lga
qo’yilgan muxokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-muloxoza asosida «Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko’rib chiqilgani qayd eti- ladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham
katta qiziqish va e’tibor bilan o’rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar,
turli darajadagi ko’zga ko’ringan raxbarlar o’z fikr-muloxazalarini bildirmoqdalar.
Harakatlar
strategiyasining xar bir ustuvor yo’nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g’oyat muxim ahamiyatga
ega bo’lib. ular quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: