AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar bilan
ishlash
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari ta’lim
nazariyasidan
farq qiladi. Bunda tarbiyaga oid nazariy yondashuvlar amaliyot bilan
bog’lanishi xarakterli xususiyatdir.
Shu sababli ushbu mavzuni
o’zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-
tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlarini o’zlashtirish;
-
“Tarbiya” fani asoslarini o’rganish va bunday asoslarning eng
muhim jihatlariga e’tibor berish;
-
“Tarbiya” fanini o’qitish zaruriyatini anglash.
O’zbekiston ta’lim tizimida “Tarbiya” fani yangi o’quv predmeti
bo’lganligi uchun mazkur fanning me’yoriy hujjatlarini o’rganish va
hujjatlardagi eng muhim o’rinlarni o’zlashtirish taqoza etiladi.
Misol
uchun, mazkur fan bo’yicha asosiy hujjatlardan biri O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroridir.
Mazkur qarorni o’rganish jarayonida quyidagilarga e’tibor
berish
lozim:
-
2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o’quv yiliga tayyorlanish
jarayonida umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi “Boshlang’ich ta’lim”,
“Milliy g’oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik”
mutaxassisligiga
ega fan o’qituvchilari “Tarbiya” fanidan dars berishga tayyorlanib
kelmoqda;
-
mazkur tayyorgarlik ishlari “Tarbiya” fani bo’yicha oliy
ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlangunga qadar davom etadi;
-
“Tarbiya” fani bo’yicha darsliklar, o’quv materiallari va metodik
tavsiyalar majmualarini nashr etish va
tarqatish davlat byudjeti
hisobidan amalga oshiriladi;
-
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim
muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”ni
o’zlashtirish.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari mazkur Qaror va
Konsepsiyada
belgilangan vazifalarni, talablarni va qoidalarni
o’zlashtirishi zarur.
Mazkur mavzu bo’yicha me’yoriy hujjatlarni o’rganing va
konspekt qiling.
1-topshiriq. Tarbiya va uning mohiyati bo’yicha blits-so’rov:
1.
Tarbiya-ijtimoiy hodisa sifatida nima?
2.
Tarbiya-pedagogik hodisa sifatida nima?
3.
Tor va keng ma’nolardagi tarbiya nima?
4.
O’z-o’zini tarbiyalash nima?
5.
Tarbiya nazariyasi nima?
6.
Tarbiya jarayoni nima?
7.
Tarbiyadan ko’zlangan maqsad nima?
8.
Tarbiyaning umumiy vazifalari nimalardan iborat?
9.
Tarbiyaning pedagogik jarayondagi vazifalari nimalardan iborat?
10.
Uzluksiz milliy-ma’naviy tarbiya nima?