Toshkent moliya instituti im-90 guruh talabasi ahmedov jo’raboyning iqtisodiyot nazariyasidan joriy nazorati 1-topshiriq



Download 22,24 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi22,24 Kb.
#474581
Bog'liq
INjoriy


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IM-90 GURUH TALABASI AHMEDOV JO’RABOYNING IQTISODIYOT NAZARIYASIDAN JORIY NAZORATI
1-TOPSHIRIQ
1. b

2. d

3. c


4. e
5 c
6 c

7. a


  1. b

  2. b

10.a


11.c 12.d 14.d

15.b 16.a

17.c 18.d 19.d

20.c


2-topshiriq
Asosiy tayanch tushunchalar
1.d
2.a
3. g
4. b

5. f

6. j


7. z
8. k
9. k

10.i


3-topshiriq
Savol va javoblar

  1. Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.


  1. Raqobat - bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Tartibga solish vazifasi;

  2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. Innovatsion vazifa;

  4. Moslashtirish vazifasi;

  5. Taqsimlash vazifasi;

  6. Nazorat qilish vazifasi.

Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:

  1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;

  2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа.

Ularning asosiy maqsadlari ko’proq foyda olish va ko’proq naflilikka erishishdir. Buni chizma ko’rinishda ham tasvirlash mumkin.
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
3. Raqobatning to’rtta shakli mavjud:

  1. Erkin raqobat;

  2. Monopolistik raqobat;

  3. Monopoliya;

4.Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi.
4. Monopoliya – монопол yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi.
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‘ni, korxonadagi ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat:
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra:

  1. sof monopoliya;

  2. oligopoliya;

v) monopoliya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan,
O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida “O’zbekiston havo yo’llari” DAK, “O’zbekiston temir yo’llari”DAK, toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi shular jumlasidandir.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist– ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda tsement (asosan, Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To’la) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopoliya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga “O’zDEUavto” korxonasi yaqqol misol bo’la oladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra:

  1. tabiiy monopoliya;

  2. legal monopoliya;

v) sun‘iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, tovar birligiga to’g’ri keluvchi xo’jalik xarajatlari kamayib boradi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holatdan iborat.
Download 22,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish