5. Qarshilik termoo‟zgartgichlarini o‟rnatish
6. Termoelektrik termometrlarni o‟rnatish
7. Temperaturani o‟lchovchi ikkilamchi asboblarni o‟rnatish.
8. Nima uchun termometrlarni o‟rnatganda ularning aktiv qismi texnologik
quvuryo‟ldagi oqimning markazida joylashishi lozim?
9. Quvuryo‟llar va uskuna sirtlarining temperaturasini nazorat qilishda
termoelektrik termometrlar qanday o‟rnatiladi?
4 - tajriba mashg’uloti.
Sarfni o‘lchash va avtomatlashtirish vositalarining tipik montaji va
sozlanishini o‘rganish.
Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalar montaji
Toraytiruvchi qurilmalar (diafragmalar, soplolar) vertikal,
gorizontal yoki
qiya quvuryo‟llarda ish chizmalari va standartlarga amal qilgan holda o‟rnatiladi.
Toraytiruvchi qurilmani o‟rnatishdan avval u zanglashga qarshi surtilgan
moylardan tozalanadi, quvuryo‟l ichki diametrining loyihaga va komplektlash
royxatiga mosligi va diafragmani o‟rnatish joyi tekshiriladi; quvuryo‟lda kir,
payvand,
choklar oqindilari, parchinmixlar va quvuryo‟lning ichki kesimini
toraytiruvchi boshqa ichki chiqiqlarning yo‟qligi tekshiriladi; diafragma
materialning markasi tekshiriladi; o‟lchanadigan muhit oqimining yo‟nalishi va
diafragmaning korpusidagi (Q) va (-)
belgilari; diafragmaning va u bilan birga
jo‟natiladigan difmanometrning nomerlari tekshiriladi. O‟lchanadigan muhit
oqimining uyurmalanishiga yo‟l qoymaslik uchun quvuryo‟lning fazoda qanday
holatda (gorizontal, vertikal, qiya) o‟rnatilishidan qat‟iy
nazar toraytiruvchi
qurilmani tirsaklar, burchakliklar, qopqoqlar v ajo‟mraklarga bevosita yaqin
joylarda o‟rnatishga ruxsat etilmaydi. Har qanday holda quvuryo‟lning to‟g‟ri
chiziqli qismining uzunligi kamida 6D, toraytiruvchi qurilmadan keyin 3D bo‟lishi
lozim (D quvuryo‟lning ichki diametri).
Surilma qopqoqlar va jo‟mraklar (ventillar) toraytiruvchi qurilmadan keyin
o‟rnatiladi. Agar loyihada ularni toraytiruvchi qurilma oldida o‟rnatish
ko‟rsatilga6n bo‟lsa, u holda surilma qopqoq (ventil)
dan toraytiruvchi
qurilmagacha bo‟lgan masofa kamida 100D bo‟lishi lozim. Toraytiruvchi
qurilmani o‟rnatish joyini tanlashda o‟lchanadigan oqim quvuryo‟lning kesimini va
va toraytiruvchi qurilmaning o‟zini butunlay to‟latadigan bo‟lishi lozim.
Diafragmani o‟rnatganda uning toresi (yon yuzasi) quvuryo‟lning o‟qiga tik
bo‟lishi kerak; diaragmaning va quvuryo‟lning o‟q chiziqlari o‟zaro mos yotishi
lozim; drossel teshikning silindrik qismi o‟lchanayotgan muhit oqimining
yo‟nalishiga qarshi turishi,
konussimon qismi esa, oqimning yo‟nalishi boylab
kengayishi lozim. Kamerali diafragma quvuryo‟lning uchlariga payvandlangan
flaneslar orasida o‟rnatiladi. Bu flaneslarning ichki diametri quvuryo‟lning ichki
diametriga teng bo‟lishi kerak.
Toarytiruvchi qurilmaning halqasimon kameralari bilan flaneslar o‟rtasida
zichlash qistirmalari o‟rnatiladi. Qistirmalarning materiali o‟lchanayotgan muhit
ta‟siriga chidamli bo‟lishi kerak. Qistirmalar quvuryo‟lning ichki bo‟shlig‟iga
chiqib qolmasligi kerak. Diafragmalar quvuryo‟llarni
oldindan tozalab va havo
haydagandan keyin o‟rnatiladi.
Quyidagi rasmda to‟rt juft olish trubkalari bilan jihozlangan kamerali
diafragmani havo va agressiv bo‟lmagan gaz quvuryo‟lining gorizontal qismida
o‟rnatish namunasi ko‟rsatilgan. Texnologik quvuryo‟l 1 ning gorizontal qismiga
bir-biriga parallel va quvuryo‟lning o‟qiga tik ikkita flanes 3 va 4 payvandlangan.
Bu flaneslar aylanasi boylab o‟zaro boltlar 12 bilan (rasmda boltlarning faqat
bittasi ko‟rsatilgan) va gaykalar 13 bilan tortib mahkamlangan. Flaneslar orasiga
diafragma 14 o‟rnatilgan. Diafragmaning ikkala tomonida ventilli to‟rt juft 2 va 4,
11 va 6, 9 va 8, 10 va 7 olish trubkalari o‟rnatilgan.
Toraytiruvchi qurilmani
o‟rnatish ishlari tugallangach, bu ishlarga akt tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: