O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Isroil-Falastin nizosi masalasida



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Isroil-Falastin nizosi masalasida
.
2014 yil iyul Isroil-G’azo ixtilofi 
paytida, Erdog’an muntazam ravishda Isroilni tanqid qilgan va Turkiya 
ehtimol HAMAS nomidan xalqaro vositachilik sa’y-harakatlariga jalb 
etilgan edi. 2006 yilda Isroilning Livanga qarshi harbiy harakatlaridan 
so’ng Turkiya ham BMTning Livandagi vaqtinchalik qo’shinlarini qo’llab-
quvvatlashga yuklar va 1000 nafar xodim va muhandis jo’natishni 
boshladi.
Eron yadrosi. 
2010 yilning may oyida, Turkiya bosh vaziri Rejep 
Tayyip Erdog’an o’z mamlakatiga Eron uranini kirgizish maqsadida 
Eronga qo’shimcha sanktsiya oldini olish uchun Braziliya prezidenti Lula 
da Silva bilan kelishilgan holda Tehronga rejadan tashqari safar qildi. 
Shartnomadan so’ng, Erdog’anning Eronni qo’llab-quvvatlashi xalqaro 
hamjamiyat uchun masalaga aylandi. "Aslida, hozir Eronda yadroviy 
qurol yo’q, lekin bizning mintaqamizda joylashgan Isroil yadroviy qurol 
ega. Turkiya ularning ikkalasi bir xil masofada joylashgan. Natijada 
AQSH va Angliyaning Turkiyaga nisbatan bosimi ortishiga olib keldi
2

Kipr 
masalasida
.
Bu 
jihatdan 
Dovutog’lu 
turk-grek 
munosabatlarining yangi paradigmasi asoslarini aniqlab berdi: 
1.
Kelajak yo’lida tarixni birgalikda tushunish: Turkiya va 
Gretsiyaning umumiy tarixiy merosi ushbu ikki mamlakat tarixining Sharq 
yoki G’arb dunyosiga mansub ekanligini inkor etadi. 
1
Ensaro lu Y. Turkey’s Kurdish Question and the Peace Process // Insight Turkey –Vol.15 – No.2. –2013. –Р.7-17. 
2
Coming 
war 
against 
Iran: 
Increasing 
Anglo-American 
pressure 
on 
Turkey 
// 
http://www.globalresearch.ca/index.php?context=va&aid=9407 - 21 June 2011 


128 
2.
Konfessiyalararo muloqot namunasi: Turkiya va Gretsiya 
konfessiyalararo muloqot masalasida butun dunyoga o’rnak bo’lishi 
mumkin. 
3.
“Qo’shnichilik”ni yangicha tushunish: Turkiyaning tashqi siyosiy 
strategiyasidagi “qo’shnilar bilan nol muammolar” yo’nalishiga to’g’ri 
keluvchi hamkorlikning maksimal darajasiga erishish. 
4.
Egey dengizida hal etilmagan muammolarning yechimini topish. 
5.
Yevropa Ittifoqi, O’rta Yer dengizi Ittifoqi hamda Qora Dengiz 
iqtisodiy hamkorligi Tashkiloti doirasida 2000 yildan 2010 yilga qadar 
Turkiya va Gretsiya o’rtasidagi Tovar aylanmasi hajmi 870 mln. AQSh 
dollaridan 3 mlrd. AQSh dollariga qadar o’sdi.
Xulosa qilib aytganda, Turkiya bugungi kunda mintaqaviy 
xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi vositalardan foydalanmoqda: 
- vositachilik; 
- yuzma-yuz muzokaralar; 
-ikki tomonlama munosabatlar; 
- ko’p tomonlama va xalqaro tashkilotlar orqali; 
- G’arb koalisiyasini qo’llab-quvvatlash. 
Biroq, Yaqin Sharqqa nisbatan tashqi yetakchi kuchlarning kuchli 
ta’siri, mintaqa davlatlari o’rtasidagi raqobat muhiti Turkiyaning Yaqin 
Sharqdagi barqarorlikni ta’minlashdagi siyosati samaradorligini va
imkoniyatini cheklamoqda. 
Turkiya 2019 yil iyun oyi boshida Rossiyaning S-400 majmualari 
bo’yicha yakuniy qaror qabul qilishi lozim. Buni Anqaradan Vashington 
talab qilmoqda. Agar Turkiya S-400 o’rniga AQShning zenit-raketa 
majmualarini sotib olmasa, unga qarshi sanktsiyalar kiritilishi mumkin.
Turkiya S-400 majmualarini sotib olishdan voz kechib, ular o’rniga 
AQShning Patriot majmualarini sotib olishi lozim. Aks holda Anqara 5-
avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqishi 
kerak, u buyurtirgan 100 ta shunday samolyotdan mahrum bo’ladi, AQSh 
tomonidan sanktsiyalar va NATO choralariga duch kelishi mumkin. 
Ma’lumotlarga ko’ra, bu AQSh davlat departamentining Turkiya 
rahbariyatiga oxirgi taklifidir. “NATO davlatlari NATO tizimlariga mos 
keluvchi harbiy texnikani xarid qilishi lozim. Rossiya tizimi esa bu 
standartga mos kelmaydi. Biz Turkiya S-400’ni sotib olsa, real va juda 
salbiy oqibatlarga duch kelishini ta’kidlab o’tamiz”, deb aytgan noma’lum 
bo’lib qolishni istagan manba. 
Rossiya va Turkiya S-400’ning 4 ta divizionini etkazish bo’yicha 
kelishuvni 2017 yil oxirida imzolagan. NATO a’zosi bo’lgan Turkiyaning 


129 
S-400’ni sotib olishi AQShning keskin tanqidiga uchragan. Vashingtonda 
bu holat Anqara bilan harbiy-texnika sohasida hamkorlik qilish 
imkoniyatini tahdid ostiga qo’yishi ta’kidlab o’tilgan.
Turkiya F-35 samolyotlarini ishlab chiqarish dasturida ishtirok etib, 
100 ta shunday samolyot buyurtirgan. Birinchi F-35 Turkiyaga 2018 yil 
iyunda topshirilgan, biroq AQSh hududini tark etmagan.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish