O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Turkiyaning Yaqin Sharqdagi manfaatlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Turkiyaning Yaqin Sharqdagi manfaatlari. 
Bugungi kunda Turkiya 
iqtisodiyoti va sanoat ishlab chiqarish hajmi jadallik bilan rivojlanib 
bormoqda. Ushba jarayon ayniqsa hoqimiyat tepasiga 2002 yilda “Adolat 
va Taraqqiyot partiyasi” kelganidan so’ng amalga oshirilgan islohotlar 
natijasi sanaladi. Turkiya o’zining iqtisodiy salohiyati bilan jahondagi 
yigirmatalik davlatlar qatoriga qo’shildi. Turkiya yalpi ichki mahsuloti 
(YaIM) 2002 yilda 232.3 mlrd. AQSH dollaridan 2010 yilda 735 mlrd. 
dollarga yetdi. 2014 yilda 861 mlrd.ga yetdi. Iqtisodiy salohiyatiga ko’ra 
jahonda 17 o’rinni egallaydi
1
. R.T.Erdog’on tomonidan e’lon qilingan 
mamlakat eksport strategiyasiga ko’ra Turkiya eksport xajmi 2023 yilda 
500 milliard dollarni tashkil etadi.
1
"Gross Domestic Product 2013, Nominal. (Last revised on 22 September 2014.)" (PDF). The World Bank: World 
Development Indicators Database. Retrieved 2014-11-27. –Р.67-68. 


115 
Turkiya uchun, Yaqin Sharq Turkiya bozorlarini diversifikatsiya qilish 
nuqtai-nazaridan 
ahamiyati 
oshib 
borayotga 
mintaqalardan 
biri 
hisoblanadi. 2002-2010 yillar davomida, Turkiyaning jami eksport 
ko`rsatkichlarida Yaqin Sharq ulushi 6 foizdan 16 foizga oshdi hamda 
Yaqin Sharq bilan umumiy savdo hajmi 3.9 mlrd. dollardan 23.6 mlrd. 
dollarga yetdi. Turkiya Yaqin Sharq bilan jami savdoda savdo balansini 
saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi va bu davrda uning eksporti 2,2 milliard 
dollardan 18 milliard dollarga ko’tarildi. 
Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyati Yaqin Sharq va 
Shimoliy Afrika, shu jumladan, SaudiyaArabistoni, Eron, Misr va Isroil 
umumiy ishlab chiqarish hajmining yarmiga teng
1
. “Adolat va taraqqiyot 
partiyasi” ma’muriyati davrida qo`shni mamlakatlar orasida ustunlikka 
erishishga imkon beruvchi eng muhim vosita sifatida iqtisodiy jihatdan 
o`zaro bog`liqlikni bartaraf etdi. Shuningdek, mamlakatning tashqi siyosati 
va strategik qarashlarini boshqarishda muhim rol o`ynovchi xususiy sektor 
firmalariga jiddiy e`tibor qaratdi. Shu bilan bir qatorda yanada keng erkin 
savdo maydonini yaratish harakatlari amalga oshirildi, bu esa konfliktdan 
ko`ra hamkorlikning yangi va ijobiy ko`rinishini kasb etdi. Yetakchi turk 
akademiklaridan biri ta`kidlaganidek, qo’shni davlatlar bilan sobiq tashqi 
ishlari vaziri A.Davutog’luning "nol muammolar" strategiyasi oddiygina 
qilib mamlakatning tashqi savdo siyosatini anglatadi. Turkiya mintaqada 
asosiy eksport yetakchi davlat bo`lishni xohlaydi va mintaqada tashqi 
savdoning barqaror o`sishini o`zining umumiy iqtisodiy ulushi nuqtai 
nazaridan qaraydi. “Adolat va taraqqiyot partiyasi” mintaqaviy savdoga 
doimiy va barqaror iqtisodiy rivojlanish, ayniqsa islom mamalakatlari 
bilan munosabatlarni kuchaytirishning asosiy omili sifatida baho beradi. 
Ba’zi iqtisodiy tashabbuslar “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumatining 
mamlakat ichidagi tarafdorlarini taqdirlashni maqsad qilgan. Turkiyaning 
jami eksporti 1996-2009 yillarda to’rt barobar oshdi, 2009 yilga kelib 
Islom Hamkorlik Tashkilotining 57 ta a`zo mamlakatlariga eksporti yetti 
karra ortdi va umumiy eksport hajmining 28 foizini tashkil etdi. Shu bilan 
birga, “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumat tepasiga kelguniga qadar 
Yaqin Sharq va musulmon mamlakatlarini qo`llab-quvvatlovchi yo`nalish 
yaxshi tashkil etilgan edi.
Oxiri o`n yillikda Turkiyaning Yevropadan ko`ra Yaqin Sharq 
mamlakatlari bilan savdo munosabatlari nisbatan tezlashdi va savdo 
1
The orld Bank`s report on the “Middle East and Northern Africa Region 2008 Economoc Development and 
Prospects” showed total MENA gross domestic product in 2007 as $ 1,593 billion; Turkey`s the same year was about $ 
800 billion. 


116 
ko`rsatkichi neft narxlarining ko`tarilishi va tushishi bilan o`zgarib turadi. 
1988 yilda ushbu mintaqaga Turkiya eksportining hajmi 22 foizni tashkil 
etgan bo`lsa, 1988 yilda neft narxlarining tushishi munosabati bilan 
Turkiyaning eksporti 10 foizga kamaydi, 2008 yilda esa 19 foizga qaytib 
ko’tarildi. Turkiya tashqi savdo siyosatida Yaqin Sharq serdaromad, foyda 
keltiruvchi yo`nalish hisoblanadi. 
2009 yilda Turkiyaning dunyo bilan uning umumiy savdoda 
kamomadi bo`lgan holda, Yaqin Sharq bilan savdo aylanmasi 8 milliard 
AQSH dollarini tashkil etgan edi. Iroq Turkiyaning savdodagi eng yirik 
tarixiy hamkorlaridan biri bo’lib kelgan. U Quvayt istilosidan keyin falaj 
qiluvchi sanksiyalar tizimi barham topganidan so`ng 2003 va 2009 yillarda 
ikki mamlakat o`rtasidagi umumiy savdo hajmi 900 million dollardan 6 
milliard dollarga yetdi. 
2009 yil sentyabr holatiga ko`ra 500 ta turk kompaniyalari tomonidan 
Iroqqa investitsiya kiritildi va Turkiya xorijiy investorlarning o`ntaligidan 
joy oldi. Turk pudratchilari yo’llar, ko’priklar qurilishi va boshqa 
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishmoqda. Shimoliy roqdagi 
iste’mol tovarlari bozorida 80 foizdan ortiq turk kompaniyalari hukmron 
mavqega ega.
Anqara mintaqani elektr energiyasi bilan ta`minlaydi va 2010 yilning 
mart oyiga qadar 48 ta savdo va rivojlanish protokollaridan iborat yangi 
kelishuvlar imzolangan.
Suriya bilan 2011 yil fuqarolar urushi boshlangunga qadar savdo 
aloqalari yaxshi bo’lgan. Suriya bilan 1999 yildan beri rivojlanib 
kelayotgan iqtisodiy aloqalar yangi siyosiy do’stlik aloqalari bilan 
mustahkamlandi. Ikki tomon 2010 yil mart oyigacha savdo, ishlab 
chiqarish, taraqqiyot va madaniy aloqalar shuningdek, Hatay provinsiyasi 
hamda Dajla va Frot daryolari bilan bog`liq uzoq muddatli bahslarni hal 
qilish bo’yicha 51 ta protokol imzolangan edi. 2009 yilda ikki tomonlama 
tovar ayirboshlash hajmi 1,7 milliard dollar bo`lib, Turkiyaning jami savdo 
hajmining 1 foizidan kamrog’ni tashkil etadi. O’sha davrda Turkiyaning 
Suriyaga eksporti to’rt barobarga oshdi va eksport hajmi 2009 yilda qariyb 
30 foizga ko`paydi. Ba’zi Suriya rasmiylari to’lovlar balansining 
Turkiyaning foydasiga o`ynayotganligidan va shimoliy Suriyaning 
ayniqsa, Damashqqa erkin bog`langan infratuzilma, xizmatlar va hatto 
alohida shaxslarning Turkiya ta`siriga tushib qolishidan tashvishdaligi 
ta’kidlangandi. Al Jazira telekanali asosan Turkiya tarafida bo`lib, 2010 
yilning fevral oyida Suriya savdogarlarining bir qismi bosim o`tkazilishi 
haqida ma`lum qilgan. Turkiya hamma narsa haqida –muammolarni hal 


117 
qilish, ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlik, o’zaro bog`liqlik g’oyasini 
Yaqin Sharqda ilgari suradi. Yagona muammo Arab davlatlarining asosiy 
manfaatdorligidir. Boisi Turkiya mintaqaning boshqa davlatlariga 
qaraganda sanoat va malakali ishchilarga ega.
Turk rasmiylarining ta`kidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan 
bojxona ittifoqiga chegaralarni ochganida huddi shunday raqobatli 
chaqiriqqa duch kelgan edi, lekin bu narsa oqibatda mamlakatga ijobiy 
ta`sir qildi. Banklarining Damashqda joylashuvi bilan bog`liqlikda Turkiya 
nafaqat yangi qonunchilikni qo`llab-quvvatlayapti, balki o`n yillar oldin 
boshlangan 
iqtisodiyotning 
davlat 
nazoratidan 
liberallashtirilishi 
jarayonida Suriyaga yordam bermoqda. Damashqda bu narsa Suriya uchun 
ham ijobiy ahamiyatga ega, deb hisoblashadi. Chunki ular uchun yanada 
kuchliroq Yevropa to`g`onlaridan ko`ra Turkiya raqobatining ochilishi 
nisbatan 
afzalroq 
hisoblanadi. 
Suriya 
hukumatining 
iqtisodiy 
maslahatchilaridan birining ma`lum qilishicha, turk banklarining kirib 
kelishi natijasida Suriya investisiyalar kirib kelishi va texnologiyalarni 
jo`natish hisobidan foydan ko`radi. Va bu savdo kamomadining o`rnini 
qoplaydi. So`nggi paytda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi savdosi nisbatan 
o`sgan bo`lishiga qaramay, umumiy manfaatlar bilan mutanosib ravishda 
munosabatlarni saqlab qolish uning uchun muhim ahamiyatga ega. Hatto 
Usmonli Turk Imperiyasi ham iqtisodiy jihatdan har doim Yaqin Sharqdan 
manfaatdor bo`lgan. 
Biroq, 
Turkiyaning 
Yaqin 
Sharqdagi 
iqtisodiy 
siyosatidagi 
muammolardan biri Yevropa ittifoqning iqtisodiy hamkor sifatida bugungi 
kunda ham saqlanib qolishidir. Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlari 
uzoq vaqtdan beri Turkiyaning umumiy savdo hajmining yarmini tashkil 
etib keladi. Bu Turkiyaning Rossiya va Eron bilan munosabatlarda ko`p 
jihatdan energiyaga bo`lgan qaramlikning oldini oldi. Eng muhimi, 2008 
yilda Turkiyaga kirib kelgan xorijiy investitsiyalarning 9G’10 qismi 
Yevropa Ittifoqi hissasiga to`g`ri keladi. Modomiki Yaqin Sharqdagi 
200.000 turk ishchilari va aholisini Yevropadagi 4 million turk aholisi 
bilan taqqoslab bo`lmaydi. 2009 yilda Yevropaga kelgan turklar Yaqin 
Sharq va Shimoliy Afrikadan kelganlar 27 million muxojirning bor yo`gi 
1G’10 qismiga teng. 
Turkiyaning 
Yaqin 
Sharqdagi 
istiqodiy 
munosabatlarni 
kengaytirishdagi muhim yo’nalishlaridan biri viza rejimini yengillashtirish 
va transport infrastrukturasini rivojlantirish bo’ldi. Bu yo’lda Turkiyaning 
birinchi qadami xususiy sayohatni osonlashtirish bo`ldi:


118 
- 2009 yilning oxirida, Suriya, Livan, Iordaniya va Liviyaga nisbatan 
viza tizimi olib tashlandi. Bu narsa Yaqin Sharq mamlakatlaridan 
(Isroildan tashqari) keluvchi sayyohlar oqimining 2008 yilda 16 foiz, 2009 
yilda 22 foizga oshirdi.
- 2010 yilning fevral oyida 70 million dollar investitsiya kiritilgach 
Turkiya, Suriya va Iroq o’rtasida temir yo’l liniyasi qayta ochildi. 
- Yaqin kelajakda Suriyaning shimoliy qismida joylashgan Xalaf 
shahri va Turkiyaning janubi-Sharqiy savdo markazi Gaziantep o’rtasida 
tezyurar poyezd yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu loyiha Suriya 
va Iordaniya tomonidan taklif qilingan hamda Iordaniya va Saudiya 
Arabistoni o’rtasida rejalashtirilgan - Usmonli turk imperiyasining eski 
Hijoz temir yo`l liniyasiga moslashtirildi.
- 2009 yildan beri shimoliy Iroqni ta`minlagani kabi Suriyani ham 
elektrenergiyasi 
bilan 
ta`minlamoqda. 
Turkiyaning 
Frot-Dajla 
daryolaridagi to`g`on tizimi qo’shimcha sug’orish strategiyasiga imkon 
beradi.
Turkiya 
taraqqiyot 
yordamini 
oluvchi 
mamlakatdan 
donor 
mamlakatga aylandi. Bu narsa kasalxonalar, qizlar maktabi, yo’l 
qurilishini o`z ichiga oluvchi Afg’onistonga nisbatan qilinayotgan amaliy 
yordamda yaqqol ko`zga tashlanadi. Shuningdek, 750 nafar Falastin 
politsiyasi xodimlari ta’lim olish uchun Turkiyaga olib kelindi. Falastin-
Isroil chegarasida mavjud nizolar sharoitida sanoat maydoniga asos 
solindi. Falastin-Isroil-Turkiya iqtisodiy hududi, kasalxona, maktab hamda 
G`arbiy Qirg`oqda Jenin yaqinida ikkala tomonga ham qulayliklar 
beruvchi “tinchlik lager”ini tashkil etish rejalashtirilgan. Turk kelishuvi 
uzoqqa cho`zilishi kutilyapti, chunki u ko`pqirralidir.
Bu 2010 yildagi Iroq, Suriya, Iordaniya va Livan hukumat 
rahbarlarining yillik uchrashuvlaridan iborat "Oliy darajali strategik 
hamkorlik Kengashi" singari davlatlarning yuqori darajadagi hamkorligini 
o’z ichiga oladi. Turkiya huddi shunday kelishuvni Liviya bilan ham 
imzoladi. Bu mintaqaning siyosiy qarama-qarshilikdan uzoqlashib 
iqtisodiy hamkorlik tomon yaqinlashuvining bir qismi hisoblanadi. 
Iroq va Suriyadagi beqarorlik bois Turkiyaning Misr va Suriya bilan 
savdo xajmi 2014 yilga kelib qisqardi, Suriyadagi urush boshlanganidan 
buyon 69 foizga savdo hajmi tushib ketgan. 2013 yil Misrda hokimiyat 
almashunivi natijasida Turkiya Misr bilan 2014 yil aprel oyida muddati 
tugagan o’zaro savdo ayriboshlash to’g’risidagi shartnomani cho’zishni 
xoxlamadi. Ammo, Iroq turk tovarlari uchun Yaqin Sharqdagi ikkinchi 


119 
yirik bozorga aylandi. Eron birinchi o’rinda bo’lib, yillik savdo xajmi 2011 
yilda 15 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Turkiya Yaqin Sharq davlatlarining neft va gaz eksporti uchun tranzit 
sifatida katta ahamiyatga ega edi. Turkiya iste’mol qilayotgan neftning 93 
foizini va gazning 97 foizini tashqaridan import hisobiga ta’minlaydi
1
.
Bugungi kunda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi energetik siyosatida 
ikki davlat muhim o’rin tutadi: 
1. Eron
2. Iroq (Iroq shimolida tashkil topgan bugungi kundagi Kurdiston 
mintaqaviy xukumati). 
Ta’kidlash joizki, hozirda Iroq hududi de fakto tarzda uch qismga 
ajralib qolgan. Markaziy Bag’dod, ISHID ishg’ol qilgan hududlar va 
Kurdiston (Kurdiston mintaqaviy hukumati). 
Turkiya 2013 yildan poytaxti Erbil bo’lgan Kurdiston mintaqaviy 
hukumatiga nisbatan o’z yondoshuvini energetika omili bois va ISHIDga 
qarshi kurash sababli o’zgartirdi. Bu rasmiy Bag’dodning keskin tanqidiga 
uchrab, davlat suverinitetining poypol qilish deya baholanmoqda
2
.
2012 yilda Turkiya Energiya vaziri Taner Yildiz boshchiligidagi katta 
turk delegatsiyasi ishtirokida Kurdiston mintaqaviy xukumati poytaxti 
Yerbil shahridagi energiya anjumani bo`lib o`tdi. Unda Turk hukumatining 
ishtiroki Bag’dod noroziliga sabab bo’lgan.
2013 
yilning 
iyun 
oyida, 
Havrami 
Turkiyaga 
Kurdiston 
muxtoriyatidan neft quvuri o`tkazilishini hamda Turkiyaning Genel 
Energy kompaniyasi 2014 yildan ushbu quvur orqali neft eksport qilishni 
boshlashi haqida ma`lum qildi. Shu bilan birga turkiyaga gaz eksporti 
2016 yildan boshlanadi. Bundan tashqari mazkur neft quviri Bog’dod 
nazoratidagi Fish Khaburga yetkazilib, Kirkuk-Jeyhan neft quvuriga 
ulanishi loyihalashtirilgan. Bu Iroq shimolida tashkil topgan Kurdiston 
muxtoriyati bilan aloqalarning neft omili sababli mustahkamlanishini 
bildiradi.
2013 yilning may oyida, bosh vazir Erdog’anning ta`kidlashicha, turk 
davlat kompaniyasi va Exxon Mobil shimoliy Iroqda Kurdiston 
muxtoriyati bilan neft burg’ulashda hamkorlik qiladi. 2013 iyun oyida 
Kurdiston muhtoriyati ma`lum qilingan Turkiya neft quvuri rejasini 
amalga oshirishni e`lon qilgan. Keyingi bir necha yil ichida ikkinchi neft 
quvuri konstruksiyasi va tabiiy gaz quvuri loyihalarini amalga oshirish 
1
Belgin M. Energy and Turkey’s Foreign Policy: State Strategy, Regional Cooperation and Private Sector Involment // 
Turkish Policy Quarterly. –N2. –2011. –P.84 
2
Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec. 
2, 2013 


120 
muhokama qilindi. Iroq hukumati rahbari al-Malikiy hukumati 
konstitutsion masalalar va daromad bo’lishish bilan bog`liq bahslar 
mavjud sharoitda Turkiya-Kurdiston muxtoriyati o`zaro munosabatlari 
bilan Iroq suverenitetini poymol qilmoqda, deb ta`kidlamoqda.
Turkiyaning Exxon Mobil va Shevron bilan shimoliy Iroq neftini 
o`zlashtirishdagi ishtiroki AQSHning Bag’doddagi say-harakatlarini 
murakkablashtirishi mumkin. Shuningdek, uning boshqaruvi, etnik 
yondashuvlarning yomonlashuvi, mazhablararo zo’ravonlik, Iroqning 
birligi, demokratiya va konstitutsiya bilan bog`liq savollarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Turkiya 2013 yilda Iroqdagi Maliki hukumati bilan 
yuqori darajada siyosiy aloqalarni yangilab, barqarorlikni qo’llab-
quvvatlashga qaratilgan harakatlarga tayyorligini ma`lum qildi. Yangi 
Kurdiston muxtoriyati quvuri 2013 yil dekabr oyida Turkiyaning Seyhan 
portiga neft haydashni boshladi. OAVning xabarlariga ko`ra, 2014 yilning 
iyun oyida portdan bir qancha tankerlar jahon bozoriga chiqarildi.
Shu bois bugungi kunda Turkiya Iroq hududida tashkil topgan 
Kurdiston mintaqaviy xukumati eng katta tashqi hamkori bo’lib, uning 85 
foiz eksporti Anqara xissasiga to’g’ri keladi. 2013 yilgi ma’lumotlarga 
ko’ra o’zaro savdo xajmi 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi
1
. Hozirda 
Iroqdagi vaziyat sababli kurd muxtoriyati Kirkuk atrofidagi yana ikki neft 
konlarini qo’lga kiritishga intilmoqda. Kelgusida markaziy Bag’dod bilan 
muammo daromadlar taqsimoti borasida kelib chiqishi mumkin
2

Eron-Turkiya energetik hamkorligiga to’xtaladigan bo’lsak, 2014 yil 
Eron Birinchi Visa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga 
tashrifi davomida o’zaro savdo xajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga 
yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu esa Suriya masalasida 
qarashlar mos kelmasada, Eron va Turkiya o’rtasida iqtisodiy 
munosabatlarda barqarorlikning saqlab qolinishini ko’rsatadi. Bugungi 
kunda Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning tabiiy gaz 
importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi
3
.
Bundan tashqari so’nggi vaqtlarda Turkiyaning ISHID jangarilari 
bilan hamkorlik qilayotganligi, ulardan noqonuniy tarzda Iroqdan neft 
mahsulotlari sotib olayotganligi va ularni Suriyadagi neftni qayta ishlovchi 
1
Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec. 
2, 2013 
2
Ta pinar Ö., Tol G. Turkey and the Kurds: From Predicament to Opportunity // US – Europe Analysis Series. Number 
54 January 22, 2014. –Р.38-40. 
3
Турция: новая роль в современном мире. – М.: ЦСА РАН, 2012. – 80 с. 


121 
zavodlarga yetkazishda ko’maklashayotganligi to’g’risida ma’lumotlar 
uchrab turmoqda
1

Bundan tashqari Turkiya Isroil energetika eksportida ham muhim 
o’ringa ega. Isroilning Levant tekisliklarida 450-480 mlrd.kub metr, Tamar 
gaz konida 254 mlrd.kub metr gaz zaxiralari aniqlangan. Isroil va Kipr 
2010 yil dekabrda dengiz chegaralari orasidan gaz quvurlarini o’tkazishga 
kelishib olishdi. 2013 yil boshlarida Isroilning yirik Doran Energy 
Company kompaniyasining 25 foiz aksiyasiga ega bo’lgan Turkiyaning 
Zorlu Group kotserni Livant tekistliklaridagi gaz konlaridan Turkiyaning 
janubiy sohillari bo’ylab Kiprga quvur yo’llarini o’tkazilishini ta’minladi. 
U 600 km.ga teng bo’lib, Yevropaga yetgunicha 2 mlrd. AQSh dollari 
miqdordagi qurilish xarajati ketadi.
Turkiyaning Yaqin Sharqda neft tranzit qiluvchi davlat sifatidagi 
o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar: 
Birinchidan, Turkiyaga tranzit koridoriga qarshi Xormuz bo’g’ozi va 
Fors ko’rfazining o’rni kattaligi; 
Ikkinchidan, Turkiya chegarasidagi beqarorlik holati, Suriya va 
Iroqdagi vaziyat; 
Uchinchidan, Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalarning mavjudligi, 
Rossiyadagi nisbatan gaz narxining yuqoriligi (1000 kub metr uchun Eron 
- 505 dollar, Rossiya- 400 dollar)
2

To’rtinchidan Rossiya omilining o’rni kattaligi. Turkiyaga jami 
yetkazilayotgan gaz xajmining 58 foizi va neftning 12 foizi Rossiyaga 
to’g’ri keladi
3
. Bugungi kunda Rossiya va Turkiya o’rtasida “Turk yo’li” 
gaz quvuri 2017 yildan so’ng ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu 
Turkiyaning tranzit sifatidagi rolini oshirsa, ikkinchidan mamlakatdagi 
muqobil energiya manbasiga ega bo’ladi. Bu haqda Turkiyaning 
Moskvadagi elchisi Umit Yardimga asoslanib, "Interfaks" xabar qilgan. 
Elchining so’zlariga ko’ra, Turkiya va Rossiya hozircha loyihani boshlash 
arafasida turibdi. SHuning uchun ushbu loyiha 2016 yoki 2017 yildan 
qaysi birida ishga tushishini aniq aytib bo’lmaydi. 
Aytish mumkinki, Turkiyaning Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy 
va energetik qiziqishi yildan yilga o’sib bormoqda. Bu holatni bir necha 
omillar bilan izohlash mumkin: 
1
US says working with Iraqi Kurdistan to stop ISIL oil smuggling // Today’s Zaman. –October 30, 2014. // http:// 
www.todayszaman.com/business_us-says-working-with-iraqi-kurdistan-to-stop-isil-oil-smuggling_363004.html 

03.11.2014).
2
Y ld z: Iranian gas prices higher than int’l markets // Today’s Zaman. — March 12, 2014 // http://www.todayszaman. 
com/business_yildiz-iranian-gas-prices-higher-than-intl-markets_341897. html - 03.11.2014.
3
Okumu
O. 
Turkey 
dependent 
on 
Russian 
gas 
via 
Ukraine.//http://www.al-
мonitor.com/pulse/originals/2014/03/turkey-still-needs-russian-gas-via-ukraine.html# - 03.11.2014 


122 
Birinchidan, “Adolat va tarqqiyot partiyasi” hokimiyatga kelishi va 
tashqi siyosatda Yaqin Sharqqa nisbatan kengroq siyosat olib borishga 
qaratilgan strategiyalarning ishlab chiqilganligi; 
Ikkinchidan, Turkiyaning iqtisodiy o’sishi va eksport xajmining 
so’nggi yillardan ortishi va Yaqin Sharqning qulay bozor sifatidagi 
o’rnining muhimligi; 
Uchinchidan, Yaqin Sharqdagi, xususan, Turkiyaga chegaradosh 
davlatlardagi inqirozlar va turk iste’mol mahsulotlariga nisbatan talabning 
oshishi; 
To’rtinchidan, Yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan o’sayotgan turk 
iqtisodiyoti uchun energetik ta’minotning muqobil manbasi sifatida 
qarashning shakllanishi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish