O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari. 
Turkiya Yaqin Sharq 
mintaqasidagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan va harbiy salohiyatli davlat 
sanaladi. Shu bois Turkiya mintaqa davlatlari bilan o’zaro aloqalariga katta 
e’tibor qaratgan. 2011 yil boshlarida Tunis bilan boshlangan “Arab bahori” 
Turkiyaning yangi Yaqin Sharq siyosatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bir tomondan, Turkiyaga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lgan Arab 
aholisi uzoq muddatli rejimlarning o’zgarishiga urinishardi. Boshqa 
tomondan, bu g’alayonlar Turkiya bilan yaxshi aloqalar o’rnatgan siyosiy 
rejimlarga putur yetkazdi.
Shu jihatdan Turkiyaning oxirgi o’n yil ichida davom ettirgan Yaqin 
Sharqdagi siyosatining umumiy istiqboli Turkiyaning mintaqadagi to’rtta 
davlatlar bloklari oid munosabatlari belgilanadi
1
:
1. Isroil; 
2. Eron; 
3. Eronning ta’sir zonasi ichida bo’lgan mamlakatlar (Iroq, Suriya va 
Livan); 
4. mintaqada Eron hukmronligini kuchayishiga qarshi turgan Arab 
davlatlari (Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va 
Bahrayndan tashqari). 
Eron. Bugungi kunda Yaqin Sharqda nisbatan Turkiya va Eron 
mintaqaviy yetakchilikka intilishmoqda. Bu holatni ikki davlatning 
strategiyalarida o’z aksini topganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, 
Turkiyaning 2023 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi, 
Eronning esa 2025 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasini 
olishimiz 
mumkin. 
Bunday 
strategiyalardan 
maqsad 
mintaqaviy 
manfaatlarni inobatga olishi yoki bo’lmasa jahon siyosati konyukturasida 
aniq rivojlanishga ega bo’lishi kerak. Bu esa Eron Turkiya tashqi 
siyosatida muhim o’ringa ega.
1
Taspinar Ö. Turkey’s Middle East Policies Between Neo-Ottomanism and Kemalism // Carnegie Middle East Center. 
–№ 10. –2008. –Р.14-15. 


108 
SHu bilan birga Eron-Turkiya munosabatlarini ijobiy tomonga 
o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud: 
Birinchidan, hozirgi kunda Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin 
Sharq va Shimoliy Afrikaga Usmoniylarning ta’sir zonasi sifatida muhim 
ahamiyatga ega. 
Ikkinchidan, Eron uchun nisbatan tashqi siyosatda Afg’on-Pokiston, 
shuningdek Fors ko’rfazi vektori muhim hisoblanadi. 
1926 yil 22 aprelda Eron va Turkiya o’rtasida birinchi "do’stlik 
shartnomasi" Tehronda imzolangan. Asosiy tamoyillari, bir-biriga nisbatan 
do’stlik, betaraflikni va hujum qilmaslikdan iborat edi. Shartnoma, 
shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni buzishga u yoki bu hukumat 
tomonidan harakat sodir etilganda ikki mamlakat hududidaga guruhlarga 
birgalikda harakat qilishni o’z ichiga olardi. Bu siyosat bilvosita har ikki 
mamlakatning ham Kurdlar bilan mavjud bo’lgan ichki muammolariga 
qaratilgan edi.
1996 yildan boshlab, Turkiya Eronning Pars gaz kon, suv omborlari 
qurilishi va shimoliy bir neftni qayta ishlash zavodi bitimlari bo’yicha bir 
qator muhim memorandumlar imzoladi.
Turkiyaning Eronga eksport salohiyati 2002-2009 yillar o’rtasida
yetti barobarga o’sdi. Yaqin Sharqdan Turkiyaga kelgan sayyohlarning 
ko’pchiligi eronliklar edi. Ular musulmon jamiyati sifatida iqtisodiy olg’a 
siljishlarni amalga oshira boshlashdi. SHuningdek, Eron Turkiyaning eng 
yirik energiya ta’minotchisiga aylandi. Ular o’rtasidagi tovar ayirboshlash 
hajmi yildan yilga oshib bormoqda. 2011 yilda 15 mlrd. AQSh dollarini 
tashkil etgan. Eron Turkiyaning savdo sheriklari orasida o’ntalikka kiradi. 
Turkiya eksportida Eron 7-o’rinda turadi, Turkiya esa 5-o’rinni egallaydi. 
Ular orasidagi eng ko’p ayirboshlanadigan tovarlarga energetika resurslari 
kiradi. Eron Rossiyadan keyingi Turkiyaga tabiiy gaz eksport qilish 
bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Turkiya bugungi kunda 30 foiz neftini 
Erondan oladi. Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning 
tabiiy gaz importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi. 
Eron Birinchi Vitsa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga 
tashrifi davomida o’zaro savdo hajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga 
yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Bosh vazir Erdog’an 2014 yil yanvar oyida Tehronga rasmiy tashrif 
buyurdi, bunga javoban Eron prezidenti Ruhoniyning 2014 yil iyunida 
Anqaraga tashrifi ikki mamlakat rahbarlari iqtisodiy aloqalarni 
rag’batlantirish va yangi ikki tomonlama iqtisodiy shartnomalarni 


109 
imzolashga qaratdi. 2015 yil 5 aprelda Turkiya Prezidenti T.R.Erdog’an 
Eronga tashrif buyurdi. 
Ikki davlat arab dunyosida manfaatlarini himoya qilishda bir-birlarini 
o’zaro tushunmaslik holati kuzatilmoqda.
Birinchidan, Anqara va Tehron o’rtasidagi munosabatlardagi eng 
og’riqli nuqtasi bu Suriya masalasi hisoblanadi
1
. Eron uchun Suriyadagi 
shiyalardan tashkil topgan hukumat Isroilga qarshi chiqish uchun eng 
yaxshi hamkor hisoblanadi. Eron hisobicha, agarda Bashar Asad 
hukumatdan ketadigan bo’lsa davlatda yanada tartibsizlik, ya’ni 
konfessional va milliy konfliktlarning keltirib chiqishi natijasida Turkiya, 
Iroq va Eronning o’ziga ta’sir etishidan xavfsiraydi. Turk hukumati esa 
aksincha Suriyada tinchlikning ta’minlanishi Prezident Bashar Asadning 
ketishi bilan izohlashmoqda.
Ikkinchidan, bu ikki davlat o’rtasidagi yana bir tafovut shundan 
iboratki, Turkiya tashqi siyosatida G’arb vektorining ustivor ekanligi. 
Turkiya NATOning a’zosi hisoblanib, Eron esa bu blokning kengayishiga, 
ayniqsa Kavkaz tomon kengayishiga qarshi hisoblanadi. 2011 yil 
sentyabrda NATO raketalarining Turkiya hududiga mudofaa maqsadlarida 
joylashtirilishi Eron bilan munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan
2
.
Uchinchidan, Turkiyaning Eron tomonidan qo’llab quvvatlanayotgan 
xusiylarga qarshi Suadiya Arabistoni rahbarligidagi koalisiyaning yoqlab 
chiqishi
3

Isroil. Isroil-Turkiya aloqalari Isroil va Turkiya o’rtasidagi ikki 
tomonlama munosabatlar bilan bog’liq. Isroil-Turkiya munosabatlari 1949 
yil mart oyida o’rnatilgan. Turkiya Isroil davlatini tan olgan ko’pchilik
musulmon mamlakatlari ichida birinchisi edi. 1952-yilda diplomatik 
munosabatlar o’rnatildi. 1952 yilda Turkiyaning bu harakatlari G’arb 
bilan yaqinlashishga va Yaqin Sharqda yahudiy jamoalari bilan yaxshi 
munosabatlarni yo’lga qo’yishi yangi Arab davlatlar bilan yomon 
munosabatlarni o’rnatishiga olib keldi. Isroil uchun Turkiya bilan yaxshi 
munosabatlar o’rnatish Arab yoki Arab bo’lmagan davlatlar, yashirin va 
ochiq bitimlarni amalga oshirish siyosatiga to’g’ri kelardi. Turkiya ushbu 
strategiyaning eng muhim va umumiy komponenti edi va Anqara Isroil 
eng muhim diplomatik missiyalaridan biri bo’lib qolmoqda. 
1
Do an Ertu rul A Test for Turkey’s Foreign Policy: The Syria Crisis // www.tesev.org.tr
2
Jones, 
Dorian. 
"Turkey 
And 
Iran: 
The 
End 
Of 
The 
Affair."// 
http://www.rferl.org/content/turkey_iran_end_of_the_affair/24364900.html - 19 October 2011 
3
Sam Wilkin and Jonny Hogg Turkey's Erdogan to visit Iran, despite tensions over Saudi strikes in Yemen // 
http://www.haaretz.com/news/middle-east/1.650545 - Apr. 5, 2015 


110 
Munosabatlar 1990 oltin davrga ko’tarilib, buni bir necha holatda 
kuzatish mumkin: 
- Turkiya Oslo jarayonida Isroil va falastinliklar o’rtasidagi yechimni 
rag’batlantirish harakati sifatida ko’rindi;
- Suriya bilan muammoli munosabatlarida Isroil bilan manfaatlar 
uyg’unligiga erisha oldi; 
- Turkiya Isroil qurollaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi;
- Arman diasporasiga qarshi AQSHdagi saylovlarda yaxudiy lobbisi 
hokimiyatga yaqinlashdi va Turkiya tarafini olishdi.
Isroil sayyohlari Turkiyaga dam olish joyi sifatida oqib keldi. Neft 
narxi ham Yaqin Sharqdagi o’sishda eng tub qismga yetdi. Turkiya 1992 
yilda o’z diplomatik vakilini elchilar darajasiga ko’tardi. U 1996 yilda 
Isroil bilan Turkiyaning keng tog’li hududlaridan havo mashqlar uchun 
foydalanishda Isroilga ruxsat berishni nazarda tutuvchi harbiy hamkorlikni 
imzoladi. Ma’lumot almashish va aksilterror hamkorliklari o’sdi. Turkiya 
shuningdek, Amerika, YI, Isroilning Amerika M-60 tanklar va F-4 
jangovar samolyotlar va uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar bilan 
zamonaviylashtirilgan harbiy texnologiyasi bilan qiziqdi
1

Ma’lumki, Turkiya-isroil o’rtasida birinchi harbiy sohada hamkorlik 
qilish bo’yicha shartnoma 1996 yil 23 fevraldan imzolangan. Tarixda 
birinchi marta turk-isroil tomonlarining harbiy sohada hamkorlik qilishi 
edi. Bu hamkorlik birgalikda harbiy mashg’ulotlarni tashkillashtirish, 
bundan tashqari quruqlikda, dengizda, havoda harbiy kuchlarini 
birgalikdagi mashg’ulotlarini o’tkazish, harbiy-strategik guruhlarini tashkil 
etib tadqiqot olib borish, turk harbiy samalyotlarini Isroil osmonida, 
Isroilniki esa Turkiya osmonlarida uchishi, ayniqsa, terrorchilik 
haraktlariga bo’lgan hujumlardan himoyalanish va oldini bo’yicha chora 
tadbirlarni ko’rish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari bu 
hujjatga ko’ra, Isroil Turkiyaga uning Eron, Suriya va Iroq bilan bo’lgan 
chegaralarida kurd isiyochilarining kirib kelmasligi uchun Turkiya 
chegaralarini mustahkamlashga yordam berishi ko’zda tutilgan.
Ikki tomonlama harbiy-strategik hamkorlikning eng ahamiyatli jihati 
shundan iborat bo’ldiki, turk-isroil tadqiqotchilari tahdidlarni o’rganish 
natijalarini umumlashtirgan holda “Tahdidlar konsepsiyasi – 2000” deb 
nomlanagan xujjat chop etishdi. Bunda asosiy e’tibor Yaqin Sharqdagi 
vaziyatlar haqida bo’lib, Suriya va Erondagi vaziyatlarni o’z ichiga olgan. 
Ushbu davlatlarga doir kuzatuv va ma’lumotlarini almashish bu tadqiqot 
1
Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. –
№6. –2009. –Р.45-47. 


111 
ishining eng cho’qqisi bo’ldi. Bundan tashqari ikki davlat o’rtasidagi 
tahliliy markazlarning hamkorligi juda yaxshi edi. Bu tahliliy markazlar 
asosan mintaqa, hudud havfsizligi, tashqi siyosat kabi masalalar bilan 
shug’ullanish bo’yicha yetakchi o’rinlarda turuvchi markazlar hisoblanadi. 
Ularni safiga Begin Sadat strategik Tadqiqot Markazini (The Begin – 
Sadat Center for Strategic Studies - BESA), AQShda joylashgan Milliy 
Xavfsizlik Muammolarini tadqiq etuvchi Yahudiy Instituti va Anqaradagi 
Yevroosiyo strategik tadqiqot institutlarini kiritishimiz mumkin. 
Ikki davlat harbiy sohalar yuzasidan hamkorlik aloqlarini o’rnatishi 
butun arab dunyosini havotirga solib qo’ydi. Biroq har bir arab davlatining 
havotiri Anqara va Tel-Aviv o’qining shakllanishi bilan bog’liq edi. 
Turkiya va Isroil o’rtasidagi imzolangan harbiy strategik shartnoma, 
birinchi bo’lib, Suriyaga qaratilgan edi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik 
natijasida 1998 yilgi Suriyadagi inqirozda yaqqol namoyon bo’ldi. O’sha 
paytda Suriya prezidenti Xofiz Asad ikki frontga qarshi bora olmasligini 
bilib, Turkiya talablarini bajarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, Xofiz Asad 
o’z qo’shinlarini chegaradan uzoqda ushlab turishi va kurdlar yetakchisi 
Abdulla Odjalonni tutib berish va uning tashkiloti (Kurdiston ishchilar 
Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish