Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/124
Sana11.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#543579
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn

 
6.2. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili 
 
Insonning, jamoaning va butun korxonaning qiladigan barcha ishlari vaziyatni 


62 
tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab chiqarish va boshqa har 
qanday ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi 
vaziyatni oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko‗proq talab qilinadi. 
Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o‗z mohiyatiga ko‗ra 
tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi 
ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo‗yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu 
bo‗limni mazkur korxona faoliyat ko‗rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb 
qilishdagi jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni 
tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim: 

tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat 
ko‗rsatish va hokazo); 

mavsumiylik; 

tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, 
xalqaro); 

mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari; 

tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari; 

tarmoq bozorining tuzilmasi, sig‗imi va uning o‗zgarish tendensiyalari; 

korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan 
omillari (yangi iste‘molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo‗lish 
ehtimoli). 
Tarmoq va biznes sohasi to‗g‗risida qaror qabul qilish tadbirkorning o‗zi uchun 
ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat 
sohasining rivojlanish tendensiyalarini to‗liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy 
qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o‗rni, uning 
eksport imkoniyatlari, shuningdek, xalq xo‗jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari 
qiziqish uyg‗otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari 
haqidagi ma‘lumotlar foydali hisoblanadi (6.1-rasm). 
Иқтисодий конъ-
юктура 
Ҳуқуқий ва иқтисодий 
чекланиш 
Тадбиркорнинг билими, 
тажрибаси ва қобилияти 
Хамкорлик ва 
кооперациянинг 
мақсадга муво-
фиқлиги
Танлаш омил-
лари 
Фаолият соҳа-
лари 


63 
6.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari. 
Tarmoqning kompleks tahlilini va uning jozibadorligini baholashni MDH 
davlatlari uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilgan in-
vestitsiyaviy 
loyihalashtirishda 
ma‘lumotlarini 
to‗plash, tahlil qilish va 
umumlashtirish bo‗yicha takliflarda berilgan uslub orqali amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir.
Nazariyaning konseptual xulosalaridan biri shundan iboratki, eng yirik korxon-
alar bozordagi kattagina ulush bilan bir tomondan va unchalik katta bo‗lmagan ixti-
soslashgan kichik korxonalar ikkinchi tomondan ko‗zlagan foydalilik darajasiga er-
ishish uchun imkoniyatga egadirlar. 
Har qanday davlatda biznesning taqiqlangan sohalari (kontrabanda, 
pornografiya va boshqalar) hamda davlat monopoliyasi bo‗lgan faoliyat turlari 
(qurol-yarog‗, zaharli kimyoviy moddalar, narkotik moddalar) mavjud bo‗ladi. 
Ko‗plab tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy va 
boshqa turdagi to‗siqlar yuzaga kelib, ular odatda boshlang‗ich kapital darajasining 
yuqoriligi, kiritilgan mablag‗larning o‗zini qoplash muddati uzoqligi va foyda 
olishdagi noaniqliklarga bog‗liq bo‗ladi. 
SHuningdek, tadbirkorlik faoliyatining davriylik (o‗sish turg‗unlik, pasayish) 
ta‘siriga uchrashi sababli yuzaga kelgan bozor kon‘yunkturasini ham hisobga olish 
lozim. 
Biznes-rejani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bozorni to‗g‗ri aniqlashdan 
tashqari 
uning 
hali 
egallanmagan 
yoki 
raqobatchilar 
tomonidan 
to‗liq 
foydalanilmagan qismini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. YA‘ni ma‘lum bir 
iste‘molchilarga yo‗naltirilgan va tadbirkorga o‗z imkoniyatlaridan samraliroq 
foydalanish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik faoliyati sohasini ifodalovchi «bozor 
qismi»ni topish muhim. Uning hajmi bozor segmenti sig‗imidan kichik bo‗lib, unda 
raqobatchilar kam bo‗lishi lozim. Bu bozordan joy qidirish va uni egallash 
jarayonining mohiyatini aks ettiradi. 
Ushbu jarayonni iste‘molchilar doirasi aniq belgilangan holda faoliyat sohasi 
miqyosini tanlash sifatida belgilash mumkin bo‗lib, u muayyan tadbirkorning 
xususiyatlari va ustunliklariga mos keladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish