61
lashtirishni boshlash yoki qo‗shimcha mablag‗ni jalb qilish uchun talabnoma tarzida
taqdim etishda qo‗llanilishi mumkin.
Konsepsiya mazmunini yoritish tartibiga qat‘iy talablar qo‗yilmaydi. Asosiy
talab - mazmunan sodda va tushunarli bo‗lishi, maxsus atamalardan iloji boricha
kamroq foydalanish. Rezyumeni oson esda qolishiga erishish lozim, unda mahsulot
chizmasi yoki rasmini ham berish mumkin.
Ushbu bo‗lim ustida ishlash juda ham muhim, chunki bu bo‗lim investor yoki
kreditorlarga ko‗ngildagidek ta‘sir ko‗rsata olmasa ular biznes-rejani oxirigacha
ko‗rib ham chiqmaydilar. Unutmaslik kerakki, biznes-rejaning aynan shu qismi
taqdimot paytida, yangi korxona yoki yangi ivestitsion loyihani amalga oshirish
haqida gap borganda asosiy rolni o‗ynaydi.
Rezyume biznes-rejani tayyorlashning so‗nggi bosqichida, boshqa bo‗limlar
haqida hamma narsa ma‘lum bo‗lgandan so‗ng tuziladi. Uning hajmi bir necha
varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim.
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur:
mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-rejaning
maqsadi, o‗ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash;
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
korxona shug‗ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash;
boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki haqidagi
qisqacha ma‘lumotlar;
bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash;
korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan farqi;
loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan
daromad va ishlab chiqarishning o‗sishi;
belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi;
zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‗nalishlari;
investitsiya qo‗yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari;
kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar;
korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‗yxatdan o‗tkazish haqidagi
ma‘lumotlar;
korxona rahbariyatining telefonlari.
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‗oyalar, fikr-mulohazalar va ularni
amalga oshirish yo‗llari «yig‗indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‗ylab
ko‗rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy
missiyasini amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lishi lozim.
Bo‗limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy
qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‗nda ifodalay olish
imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy
qoidalariga bo‗lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: