Transport tizimlari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana11.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#542933
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
8-semestr lobarotoriya mashg`ulotlari to\'plami 1

Rang va yorug’lik.
Rang, ularning asosida narsaning kompozitsiyasi 
yaratilgan ko’plab qonuniyatlarni ifodalaydi va shaklda ko’rsatadi. Toza ranglar 
(xromatik) - bu optik spektrning ranglari, va tarkibiy (murakkab, axromatik) - oq, 
kul rang, qora ranglarni ajratadilar. Rang ton, to’yinganlik va ochiqlik 
xususiyatlariga ega bo’ladi. Ton xususiyat bo’lib, unga ko’ra bitta rang 
boshqasidan farq qiladi; to’yinganlik - rangning kuchi yoki jadalligini 
ko’rsatadigan xususiyat; ochiqlik - bu rangning oq-qora shkalaga nisbatan 
to’yinganlik darajasi. Ranglar uyg’unligi tizimi 1- rasmda keltirilgan.
Ranglarning uyg’un birikmalari tizimi kolorit nomini olgan.
Issiq (yorqin-sariq, yorqin-zarg’aldoq, nimpushti), sovuq (yorqin och ko’k, 
yorqin yashil), yengil (yorug’ tonlarning ranglari), bo’rttirma – bir-birini 
kuchaytiradigan (qizil yashil bilan birikmada, qizil ko’k bilan va xokazo) 
ranglarni ajratadilar. 
Avtomobil (traktor)ning och ko’k rangga bo’yalgan kuzov va kabinasining 
yopiq hajmida, panellari to’q sariq rangga bo’yalgan kabinaga ko’ra, operatorga 
sovuqroq bo’ladi. Qora va jigarrang haydovchining ko’z soqqasining tubiga 
bo’lgan bosimni ko’taradi. Avtomobil va traktorning rangi, funktsiyasi va shakli 
o’zaro uzviy bog’langan bo’lishi kerak. Rangni ish sharoitlari va aniq shaklni 
hisobga olib ko’rib chiqish zarur. Bo’yashning reglamenti avtomobil va 
traktorning aniq shaklini hisobga olib ishlab chiqilishi kerak.


28 
1- rasm. Ranglar uyg’unligi tizimi: 
shtrix chiziq - nyuans; oq chiziq – kontrast (aks); qora chiziq - uyg’un uchtalik. 
Mashina qancha katta bo’lsa uning bo’yog’i yorug’roq bo’lishi kerak. Lekin 
bu optik aldanishlarni tuzatishda shaklni nyuans ishlab chiqishni talab qiladi. 
Aniq bo’laklanishga ega, o’tkir burchakli va qovurg’ali narsalarga yumshoq, kam 
to’yingan va yorug’ ranglar, yumaloq shakllarga esa - ancha to’ydirilgan o’rtacha 
yorug’likdagi ranglar to’g’ri keladi.
Ikkita rangga bo’yashda narsaning mutanosiblik qatorini, tektonikligini, 
statiklik va jo’shqinlik xususiyatini e’tiborga olish kerak. Qo’zg’aluvchan narsani 
uning harakat yo’nalishiga ko’ndalang qilib rang bilan bo’laklashga yo’l 
qo’yilmaydi. Traktorda taglikni ancha to’q rangga bo’yash maqsadga muvofiq, 
bu uning ko’rinadigan turg’unligini ta’kidlaydi.
Har xil rangga bo’yash shaklning bo’laklanishiga mos kelishi kerak. 
So’ndirilgan ranglar yuzaning jilosiz fakturasida, to’ydirilgan yorqin ranglar esa 
- jiloli yuzada yaxshiroq idrok qilinadi. Bu yuzaning yorug’likni aks ettirish va 
tarqatish darajasi bilan kelib chiqadi. Aks ettirilgan yorug’lik shakl hosil qilishda 
qatnashmaydi va shakl hosil qilish qonuniyatlarning ifodalash vositasi bo’lmaydi, 
lekin shakl yuzalaridan aks etib kompozitsiyaning strukturasini, uning 
plastikligini ko’rsatib beradi. Bu sifatga ega bo’lib, aks etgan yorug’lik shakl 
hosil qilishga ma’lum talablar qo’yadi. Ma’lum bo’lishicha, ortiqcha bo’rtmalik 
yoki uning yo’qligi bir xilda noqulay, chunki ular bir-biriga soya soladi, 
kompozitsiyani buzadi, shaklning plastikligini yomonlashtiradi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish