30
Aziz Nesin
kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib
yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi
yo‘q. Supurgini ko‘rsa o‘takasi yoriladi. Uning eng
yaxshi ko‘rg‘an ishi –
oshxonaga kirib olib, pirojniy
yoki keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kir
sa, oyim yurak o‘ynog‘ida yuradi. Nega deganda,
opam bir kun oshxonaga kirgudek bo‘lsa, oyim bir
haftagacha qiynaladi – hamma narsa ostinustun
bo‘lib ketgani uchun qo‘ygan buyumini joyidan to
polmaydi.
Shu opamni uzatmoqchi bo‘lib yurishuvdi, foti
hasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hamma
ning og‘zida shu to‘y masalasi edi.
Ukam Metinning
bir og‘iz so‘zi opamning fotihasini buzdiqo‘ydi...
Ba’zan kechqurunlari dadamning o‘rtoqlari biz
nikiga to‘planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz.
Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik
bo‘ladi. To‘rt og‘ayni bir joyga yig‘ildi deguncha, dar
rov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey degan
lari – bu dadamlar ishlaydigan idoraning xo‘jayini.
– Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zay
nalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi axir,
– deydi oyim norozi bo‘lib.
Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko‘chadi.
Lekin oradan sal o‘tmay yana
Zaynalbey tilga
tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi.
Zaynalbeyning yana ikkiuch joyda idorasi bor
ekan. O‘zi juda badavlat emish. Buning ustiga
moldunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zay
nalbey aslida ishlamaydigan,
qovoqbosh bir odam
ekan. Boshlang‘ich maktabni zo‘rg‘a amaltaqal
qilib bitirgan ekan.
Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat
bo‘larkan. O‘sha bir voqeani gapirib berdi.
31
«Ona tarbiyasi»
– Zaynalbey aslida bizdan o‘n yosh katta, – dedi
u. – U uchinchi sinfda o‘qib yurganida, men en
digina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak,
bir sinfda necha yildan o‘tirib chiqqanini xomcho‘t
qilib chiqish mumkin. Men boshlang‘ich maktab
ni bitirganimda u hamon to‘rtinchi sinfda o‘qirdi.
«O‘g‘ling shu yerning o‘zidan domlaimom bo‘lib
chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka qili
shardi. O‘sha kezlari Zaynalning soqolmo‘ylovi
sabza urib, yigitcha bo‘lib qolgan edi.
Bir kuni
deng, maktabga inspektor kelib qoldi. To‘g‘ri
Zaynal o‘qiydigan sinfga kiribdi. O‘qituvchisi
yoshgina yigit ekan. Inspektor bundoq qarasa,
mo‘ylovli Zaynal o‘tiribdiyu, yoshgina yigit tik
turibdi. «Nega o‘rningdan turding, o‘g‘lim, o‘qituv
ching hech nima demadiku», – debdi inspektor
o‘qituvchi yigitga. U o‘sal bo‘lib, qipqizarib ketib
di. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko‘r
maganman.
– Nima, hozir o‘zgarib qolganmi? Ilgarigidan
beshbattar miyasi suyulib ketganku, – deydi da
dam.
«Kunduzi chiroq yoqib topib bo‘lmaydigan ovsar»,
«Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va hokazo,
va hokazo.
– Sendan o‘qib odam chiqmaydiganga o‘xshaydi,
yaxshisi, ko‘zim tirikligida
yonimda yur, savdo so
tiqni o‘rgan, – deb otasi uni maktabdan qaytarib
olibdi. Shushu Zaynal savdo ishlariga sho‘ng‘ib
ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi.
Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o‘taket
gan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan qovoqbosh
odam bo‘lsayam, uning zo‘r
bir qobiliyati bor ekan
– u odam ishlatishni qiyvorarkan. Zaynalbeyning