A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Jamoatchilik nazorati kengashi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

Jamoatchilik nazorati kengashi 
Buxgalteriya nazorati bo‘yicha kengashlar - hukumat yoki kasbiy 
komissiyalar so‘nggi yillarda auditorlarning ishini qayta ko‘rib chiqish va 
standartlarni o‘rnatish va joriy etishda faol ishtirok etishni boshladi. Uchta bunday 
kengash Amerika Qo‘shma SHtatlarida (Buxgalteriya hisobi jamoatchilik nazorati 
kengashi), Avstraliyada (Moliyaviy hisobot kengashi) va Buyuk Britaniyada 
(Kuzatuv kengashi) joylashgan. 
2002 yilda qabul qilingan Sarbaney-Oksli Qonuni AQSH qimmatli 
qog‘ozlar va birja komissiyasidan (SEC) Jamoatchilik hisobotlarini nazorat qilish 
kengashi (PCAOB) tashkil etishni talab qildi. Kengash auditni va jamoat 
korxonalarining auditorlarini nazorat qiladi va tekshiradi, hamda qonunlar, 
qoidalarni buzganlik uchun ham firma, ham shaxslarga nisbatan jazo choralarini 
qo‘llaydi. Kengash bu paytda Amerika Qo‘shma SHtatlarining Sertifikatlash 
bo‘yicha Davlat Auditorlar Instituti (AISPA) tomonidan belgilangan umum qabul 
qilingan audit standartlaridan (GAAS) faqat vaqtinchalik foydalanilishini 
ta’minlashga qaror qildi. PSAOB ro‘yxatdan o‘tgan buxgalteriya kompaniyalari 
faoliyatini muntazam ravishda tekshirishga vakolatli bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar 


24 
to‘g‘risidagi qonunlar, standartlar, qoidalarning potensial buzilishlarini tergov 
qiladi. AQSHdan tashqarida joylashgan buxgalteriya firmalari SEC da ro‘yxatga 
olgan AQSH firmalari bilan ishlasa PSAOB talablariga binoan auditorlik 
hisobotini tayyorlaydi va taqdim qiladi. 
2002-yilda Sarbanes-Oxley Qonuni Kongress tomonidan deyarli bir ovozdan 
qabul qilingan va prezident Jorj Bush tomonidan 2002 yil 30 iyulda imzolangan. 
Prezident tomonidan imzolangan qonun, Enron va WorldCom kompaniyalari 
inqirozi va boshqa keng tarqalgan korporativ va buxgalteriya janjallari tufayli 
paydo bo‘ldi. Qonun Prezident tomonidan "Franklin Delano Ruzvelt davridan beri 
Amerika biznes amaliyotining eng keng ko‘lamli islohotlari" dan biri sifatida qayd 
etilgan bo‘lib, u korporativ axborotni oshkor qilish va moliyaviy hisobotni 
takomillashtirish, buxgalterlik firmalarining mustaqilligini mustahkamlash orqali 
investorlarning ishonchini mustahkamlash, moliyaviy hisobotlarda va korporativ 
axborotni oshkor qilishda korporativ xodimlar va boshqaruvchilarning roli va 
mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Avstraliyada 1999 yilda qabul qilingan "Iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida" gi 
qonunga ko‘ra yangi xususiy, jamoat va notijorat tashkilotlar uchun buxgalteriya 
standartlarini joriy qilish uchun Moliyaviy hisobot berish kengashi (FPC) ta’sis 
etildi. FRF xalqaro moliyaviy markazlarda qo‘llaniladigan xalqaro buxgalteriya 
standartlarini va buxgalteriya standartlarini ishlab chiqishni kuzatadi. U Avstraliya 
Buxgalteriya standartlari kengashi (AASB) uchun keng strategik yo‘nalishni 
belgilaydi, uning istiqbolini va biznes rejasini tasdiqlaydi hamda kuzatib boradi, 
shuningdek uning faoliyatini nazorat qiladi. Birlashgan Qirollikda Nazorat 
Kengashi Buxgalteriya Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Nazorat 
kengashining vazifasi tartibga solish tizimining ishlashini jamoatchilik 
manfaatlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlash maqsadida uni nazorat qilishdan 
iborat. Ushbu funksiyani amalga oshirishda Nazorat kengashi uchta organni - 
Axloq normalari kengashi, Audit amaliyoti kengashi hamda Tergov va Intizom 
kengashining faoliyatini qamrab oladi. Bundan tashqari, kengash Buyuk 


25 
Britaniyaning buxgalteriya kasbi mutaxassislari ustidan tergov va intizom, 
monitoring, treninglar o‘tkazish, malakasini oshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish 
bo‘yicha cheklangan vakolatlarga ega.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish