A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

13.5. Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari 
Tovar-moddiy zahiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 
auditor mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, 
tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo’yicha QQSni qoplash 
tartibini hisobga olishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarining tushumi va kirim qilinishi mol etkazib 
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-
transport nakladnoylari, schyot-fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat 
guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi.
Omborxona kirim hujjatlarini mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi 
hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan 
solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning 
umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik 
tekshiruvning ob’ekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish 
jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va etkazib berish muddatlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni mol etkazib beruvchilar bo’yicha olish mumkin. 
Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini o’rganadi. 
Xususan, har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha shartnomada materiallarning 
etkazib berilish muddatlari va assortimenti ko’rsatilayotganligi, hamda haqiqatda 


294 
olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan holda qabul 
qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini 
aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma’lumotlar 
bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol etkazib berish 
shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha auditor 
tekshirilayotgan davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga oshirilganligini 
aniqlashi mumkin.
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga 
ega bo’lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid 
dalolatnomalarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor qaratadi. 
Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim: sotuvchining 
pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va qiymati.
Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni 
qabul qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol etkazib beruvchilarning kuzatib 
boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish 
tartibiga ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.
Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim 
qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan 
vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari 
ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.
6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» 
(joriy qismi) va 7010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo’yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari, 
hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo’yicha auditor olingan materiallarning 
miqdorini va yuklarni qabul qilishning to’g’ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. 
Buning uchun mol etkazib beruvchilarning puli to’langan schyotlari va boshqa 
to’lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari, hamda omborxona 
hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.


295 
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol 
etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol 
etkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. 
Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan 
schyotlar, shartnomalar va mol etkazib beruvchilarga to’langanlik to’g’risidagi pul 
hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Tovar-moddiy zahiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo’yicha 
tekshirish chog’ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; 
qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan 
tafovut dalolatnomalarining to’g’ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar 
hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgalteriyaga o’z vaqtida taqdim 
qilinishi 
aniqlanadi. 
Tafovutlar 
aniqlanganida 
hujjatlarni 
qarama-qarshi 
tekshiruvdan o’tkazish zarur.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar 
mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor 
olingan moddiy boyliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning dalolatnomalar bilan 
to’g’ri rasmiylashtirilganligi va mol etkazib beruvchilarga yoki transport 
tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo’l kompaniyasi) o’z vaqtida da’vo 
qo’zg’atilganligini o’rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar moddiy 
boyliklarni o’zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki 
dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo’lgan 
hujjatlarni ularning mol etkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan 
solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o’tkazadi.
Korxonaga tegishli bo’lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki 
ishlatilayotgan tovar-moddiy zahiralar shartnomalar shartlariga muvofiq, 
shartnomada ko’rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Ma’sul saqlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar, hamda 
buyurtmachining xom ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo 


296 
va materiallar korxonaning o’ziga tegishli ishlab chiqarish zahiralaridan alohida 
saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy boyliklar №21 BHMS ga 
muvofiq 002 - «Ma’sul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar» va 003-«Qayta 
ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari schyotlarda hisobga 
olinishi lozim.
Hujjatsiz (schyot-fakturasiz) olingan materiallarni tekshirish ayrim 
xususiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo’yicha 
yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi 
kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga 
«N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim 
qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki, 
keyingi oyda mol etkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu 
yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni 
haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o’zida tuzatilishi 
(storno qilinishi) kerak.
Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni 
tekshiradi:
*
qabul qilish dalolatnomalarini tuzish tartibiga qanday rioya 
qilinayotganligi; 
*
hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va 
to’g’riligi; 
*
baho belgilashning to’g’riligi; 
*
mol etkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda 
qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor qabul 
qilish dalolatnomalaridagi yozuvlarni keyinchalik olingan mol etkazib beruvchilar 
hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur).


297 
Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin 
hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda 
auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks 
ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli 
to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga 
kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Auditor korxonada bunday moddiy boyliklarni hisobga olishning mavjud 
ikkita variantidan qaysi birisi qo’llanilayotganligini aniqlashi kerak. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish