Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yо‘nalishi negizidagi: 5A321201-Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi


PAXTANI DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI



Download 190,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.04.2022
Hajmi190,84 Kb.
#541219
1   2   3   4   5
Bog'liq
5A321201-Paxtani-dastlabki-ishlash-va-urug‘-tayyorlash-texnologiyasi

PAXTANI DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI 
fani bо‘yicha:
Respublika paxta tozalash sanoati korxonalarining rivojlanish tarixi. 
Paxtachilik va paxta tozalash sanoati haqida umumiy ma’lumotlar. G‘о‘za 
agrotexnikasi va uning rivojlanish bosqichlari. Chigitli paxtani terib olish usullari. 
Paxta yetishtiruvchi va qayta ishlovchi davlatlar paxta tozalash sanoati 
korxonalarining texnika va texnologiyalari. 
Paxtani kabul qilish maskanlarini texnik vositalari va mexanizmlari. Paxtani 
saklash usullari. Paxtani saqlash qoidalari va uni saqlash davrida sifat 
kо‘rsatkichlarini nazorat qilish. Paxtani tayyorlash va saqlashdagi texnologiya va 
uskunalarni takomillashtirish. Paxtani saqlash usullari. Tayyorlov punktidan paxta 
xom-ashyosini tashishni tashkil etish. Paxta tozalash korxonasiga tashkib 
keltirilgan paxtani qabul kilish.



Paxta tozalash korxonasida va qabul qilish maskanlarida paxta sifatini 
nazorat qilish. Paxta va paxtadan olinadigan mahsulotlar uchun davlat standartlari. 
Paxta tozalash korxonalari va paxtani tayyorlash maskanlaridagi texnologik 
laboratoriyalar. Texnologik laborotoriya asbob-uskunalarining tuzilishi va unda 
laboratoriya sinovlarini о‘tkazish. 
Arrali va valikli tola ajratgichlar (jinlar) о‘rnatilgan paxta tozalash 
korxonalarning texnologik jarayonlari. Valikli jinlar о‘rnatilgan paxta tozalash 
korxonasining texnologik jarayoni. Paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan 
texnologik jarayonlar. 
Chet el texnologiyasi asosida ishlovchi paxta tozalash korxonalari. Ulardagi 
paxtani qayta ishlash texnologiyasi va uskunalari. 
 
KORXONALARNI LOYIHALASH fani bо‘yicha: 
Paxta tozalash korxonasi bosh rejasini loyihalash Bosh rejani loyixalash 
uchun dastlabki ma’lumotlar. Shamol yо‘nalishi grafigini tuzish va uni bosh rejani 
loyixalashda foydalanish. Korxona hududini qismlarga bо‘lish. Belgilangan 
vazifalarga qarab ishlab chiqarish binolarini guruhlash va ularni korxona hududi 
bо‘ylab ratsional joylashtirish. 
Quritish tozalash va tozalash bо‘limlarini loyihalash asoslari. Quritish 
tozalash va tozalash bо‘limlarining texnologik jarayonini loyihalashda uskunalar 
turini va belgilarini aniqlash. Bо‘lim ichidagi uskunalarni, transport vositalarini, 
ventilyatsiya va pnevmotransport qurilmalarini joylashtirish chizmalari bо‘yicha 
variantlarini loyihalashtirish. Loyihalash davrida texnologik uskunalarning 
konstruksion tuzilishi, gabarit о‘lchamlarini hisobga olish. Bо‘lim binosining turini 
va tashqi о‘lchamlarini tanlash. Na’munaviy loyixalardan foydalanish. 
Bosh ishlab chiqarish binosini loyihalash asoslari. Bir necha bо‘limlarni 
bitta ishlab chikarish binosiga joylashtirishning qonun qoidalari. Ishlab chiqarish 
binosida bо‘limlarning joylanishini va komponovka chizmalarini loyihalash. Har 
bir bо‘limning texnologik jarayon sxemasini loyihalash, transport vositalari 
turlarini tan-lash.Texnologik uskunalarni, kо‘tarish va tashish vositalarini, 
ventilyatsiya va pnevmotransport qurilmalarini ketma-ket joylanish chizmalarini 
loyixalash. Bosh ishlab chiqarish binosining umumiy maydonini, tashqi 
о‘lchamlarini va turini aniklash. 
Quritish uslublari, quritgichlar klassifikatsiyasi va paxtani quritish 
uskunalari. Tabiiy tolalarni quritishning asosiy usullari: konvektiv, radiatsion va 
yuqori chastotali toklar bilan quritish va boshqalar. Bu usullarning afzallik va 
kamchiliklari. Quritishning klassifikatsiyasi, paxtani quritish usullari, quritish 
uskunalarini yaratish va ularni turlari. 



Tо‘g‘ri va qarama-karshi oqim ta’sirli quritish barabanlarining tuzilishi, 
ishlash uslubi va asosiy ishchi qismlari. Quritish uskunalarining texnik va 
texnologik kо‘rsatgichlari. Quritish uskunalarini afzalliklari, kamchiliklari va 
ularni bartaraf qilish usullari. Paxtani quritish barabanlarini montaj qilish va 
ishlatishning о‘ziga xos tomonlari. Quritish uskunalarini ishga tushirish va 
ularning ishini nazorat qilish. Quritish uskunalarini ishdan chiqishini oldini olish 
uchun kо‘riladigan tadbirlar va ularni ta’mirlash davrlari. Zamonaviy quritish 
uskunalarini yaratish yо‘nalishlari, ilmiy izlanishlar. 
Chet elda paxtani quritish texnika va texnologiyasi. Quritishni takroriyligi, 
quritish moslamalarini texnik tavsifnomalari va afzalliklari. 
Paxtani quritish texnologiyasini tahlili. Paxtani quritishdagi mavjud 
kamchiliklar. Tola sifatini о‘zgarish kinetikasi. Quritishni yangi texnologiyasi va 
uni asoslari. Tola va chigitni qizish temperaturasi diagrammasi. Quritishning 
yumshoq va qattiq rejimlari. 
Quritish barabanlarini asosiy kо‘rsatkichlari va baraban ichida paxta 
harakati. Quritish barabanlarini asosiy kо‘rsatgichlarini hisoblash tenglamalari. 
Quritish uskunalarida paxta xarakati va uni hisoblash. 
Quritish barabanida paxtani bо‘lish vaqti va paxtani quritish jarayonini 
jadallashtirish. Quritish uskunalarida chigitli paxtani bо‘lish vaqti, uni sozlash va 
hisoblash tenglamalari. Baraban ichida quritish jarayonini jadallashtirish yо‘llari 
va ularni boshqarish. Issiqlik miqdori, bug‘langan namlik miqdori va namlik 
salqimi asosida namlik ajratishni texnologik jarayonini jadallashtirish. 
Paxta tozalash rejasi, chigitli paxtani tozalash va qayta ishlash variantlari. 
Paxta tozalash sanoatini texnologiyasi va uskunalarini takomillashtirish 
yо‘nalishlari. Paxta iflosligi va uni tozalash. Paxta tozalash korxonalarining 
tozalash bо‘limi. Paxta tozalash nazariyasi, tozalashning asosiy kо‘rsatkichlarini 
aniqlash. Paxta tozalash uskunalari turlari. Separator va tosh tutgichlar. Chigitli 
paxtadan mayda iflosliklarni ajratish texnologik jarayoni va uskunalari. Mayda 
iflosliklardan tozalash uskunalarini tuzilishi, asosiy ishchi kismlari va ularning 
texnologik kо‘rsatkichlari. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash jarayoni va 
uskunalari. Yirik iflosliklardan tozalagichlarni tuzilishi, asosiy ishchi kismlari va 
ularni texnologik kо‘rsatkichlari. Tozalagichlarni tozalash samaradorligini 
aniqlash. Ularga ta’sir qiluvchi omillar. Tozalagichlarda ajratilgan chiqindilarni 
regeneratsiya qilish. Regeneratorlarning tuzilishi va ishlashi. Quritish-tozalash va 
tozalash bо‘limlaridagi texnologik uskunalarni ishga tayyorlash va ishlash 
jarayonida nazorat qilish. Paxta tozalash korxonalaridagi tozalagichlarni tuzilishi 
va ishlashini tahlili va ularni takomillashtirish yо‘nalishlari. 
Tolani chigitdan ajratish jarayonining mohiyati. Valikli tola ajratish jarayoni 
va uning nazariy asoslari. Valikli tola ajratkichlarni takomillashtirish bosqichlari. 



Mamlakatimizda va chet ellarda valikli tola ajratkichlarning tuzilishi va ishlashi. 
Ishchi qismlardagi oraliq masofalar, kinematik sxemalari. Valikli tola ajratish 
jarayoni. Paxtani uzatish, ishchi valik bilan tolani ilashtirish qobiliyati, 
qо‘zg‘almas pichoqni ishchi valikka qisish darajasi tolani chigitdan ajratish, tola va 
chigitni tashish. Uruvchi moslama bilan chigitni urish soni va kuchi. Ishchi valik 
zichligi. Valikli tola ajratkichning ish unumdorligi hamda tola sifatini va ularni 
oshirish yо‘llari. Valikli tola ajratkichlarning ish unumini aniqlash. 
Tola ajratish jarayonining texnologik kо‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi 
omillar. Valikli tola ajratkichlarni ishlatish qoidalari va ularning ishlashini 
boshqarish. Tola ajratkichning ishchi qismlari orasidagi oraliq masofalar. Paxta 
tozalash sanoatida joriy qilingan zamonaviy valikli tola ajratkichlar, ularning 
tuzilishi va ishlashining taxlili. 
Arrali tola ajratish jarayonini takomillashtirish bosqichlari. Arrali tola 
ajratish jarayonining mohiyati. Arra tishlari bilan paxta tolasini ilib olish va uni 
chigitdan ajratish. Hom-ashyo valigining hosil bо‘lishi, uning aylanish tezligi. 
Arrali silindr va qobirg‘ali panjarani о‘zaro joylashuvi. Arrali tola ajratish 
jarayonidagi moslovchi qismlarning jarayonga ta’siri. Chigitning toladorligi va 
chiqish mikdorini boshqarish. Arra tishlarini iluvchanlik qobiliyatini ish 
unumdorligiga ta’siri. Tolani arra tishlaridan ajratib olish. Arrali tola ajratgichda 
pishmagan chigitni ajratish. Arra tishlarining tolani ilib olish xususiyatlari, ish 
unumi va tola sifatini oshirish yо‘llari. Arrali tola ajratkichda tolali chikindilarning 
chiqishi. Mamlakatimizda va chet elda qо‘llaniladigan tola ajratkichlarning 
tuzilishi va ishlashi. 
Arrali tola ajratkichlarni qatorda о‘rnatish, ishlatish qoidalari va ularning 
ishini boshkarish, tola ajratish jarayonini takomillashtirish yо‘llari. 
Momiq ajratish jarayonining asoslari. Tolasi ajratilgan chigitning sifati va 
tukdorligi. Momiq ajratishdan oldin chigitni tozalash va saralashning mohiyati. 
Chigit tozalash va saralash uskunalari, ularning tuzilishi va ishlashi. Momik 
haqidagi tushuncha, uni ajratib olishning ahamiyati. Tolasi ajratilgan chigit hamda 
momiq sifatlarining 
о‘zaro bog‘likligi. Mexanik va kimyoviy chigit 
tuksizlantirgichlarning rivojlanish bosqichlari. Momik ajratkichdagi arralar hamda 
chigit valigini aylanish tezligi. Momiqni arra tishlaridan ajratib olish. Ishchi 
kameraning tuzilishini momik ajratib olish jarayoniga ta’siri. Arra tishlarining 
tuzilishi. Kо‘p marta momiq ajratish va uni momiq tipiga ta’siri. Momiq 
ajratkichning moslovchi qismlari. Turli shtapel uzunlikdagi momiq olish. Momiq 
ajratkichni ish unumi va momiq olish darajasini о‘zgartirish usullari. Momiq 
sifatini oshirish yо‘llari. Momiq ajratkichlarning tuzilishi va ishlashi. 

Download 190,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish