2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok


-§. Vakolatli organlarga murojaat etish huquqi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana09.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#540053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC

5-§. Vakolatli organlarga murojaat etish huquqi
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish shakl- 
laridan biri davlat organlariga, m uassasalariga, m ansabdor shaxs- 
larga, xalq vakillariga murojaat etish huquqidir.
M urojaat orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida bevosita 
ishtirok etadi.
Vakolatli davlat organlariga fuqarolarning murojaat etish 
huquqi O'zbekiston mustaqilligi natijasida Konstitutsiyaviy huquq 
maqomida mustahkamlandi. Sovet Ittifoqi davridagi konstitutsi­
yalarda bunday huquq ko'zda tutilm agan edi. Hatto bu masala 
qonunlar asosida hal qilinmay, farmonlar bilan hal qilingan edi.
Fuqarolar murojaati orqali davlat va jamiyat hayotiga ta ’sir 
etishining muhimligi hisobga olinib, shu huquq konstitutsiyaviy 
darajada mustahkamlandi.
• Konstitutsiyaning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita o'zi 
va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, m uas­
sasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan 
murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda 
va muddatlarda ko'rib chiqilishi s h a r t” — deb belgilangan.
166
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bularni kengroq yoritadigan bo'lsak, fuqarolar yakka tartibda 
yoki boshqa fuqarolar bilan birgalikda vakolatli organlarga, muas- 
sasalarga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga ega.
M urojaatlar turlicha bo'lib (murojaat turlari), ular ariza, taklif 
yoki shikoyat ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Arizalar orqali fuqarolar o'zlarining turli huquqlarini ro'yobga 
chiqarishni so'raydi. M asalan: ishga kirish, ishdan bo'shash, 
o'qishga kirish, ta ’til olish, ta ’minot olish va hokazolar.
Takliflar orqali fuqarolar ko'proq ijtimoiy muammolarni hal qilish 
yo'llari, ishlab chiqarishni takomillashtirish, o'quv jarayonini takomil- 
lashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, qoidalarni takomil­
lashtirish, atrof-muhitni sog'lomlashtirish, moddiy va tabiiy resurs- 
lardan oqilona foydalanish bo'yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi.
Shikoyatlar orqali buzilgan huquqlarini tiklash, aybdorlarga 
chora ko'rish, zararni qoplash talab etiladi. Arizaning asosini ilti- 
mos tashkil etsa, shikoyatning asosini talab tashkil etadi. Shiko­
yatlar orqali sodir etilgan yoki sodir etilayotgan, etilishi mumkin 
bo'lgan qonunsiz h arakatlar to'g'risida xabarlar berilishi mumkin.
Fuqarolarning murojaatlari yozma yoki og'zaki bo'lishi, ular 
aloqa vositalari orqali, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim 
qilinishi yoki s h ax san topshirilishi mumkin.
Konstitutsiyada murojaatlarni ko'rish tartibi va muddati qo­
nun asosida hal qilinishi belgilangan. 0 ‘zbekistonda fuqarolarning 
murojaatlarini ko‘rish tartibi va muddati, bu boradagi vakolatli 
organlar, mansabdor shaxslarning huquq-burchlari “Fuqarolarning 
murojaatlari to ‘g ‘risida”gi 2002-yiI 13-dekabrda yangi tahrirda 
qabul qilingan qonunda belgilab qo'yilgan.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi amalga oshishida eng 
muhim masala — murojaat qanday hal qilinishidan qat i nazar, vaq- 
tida asosli, ishonchli javob olish hisoblanadi. Vaqtida va ishonchli 
javob olinmasa takror murojaatlar, yuqori organlarga murojaatlar 
soni ortib boradi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko'rish tartibi sud organlarida
о ziga xos jihatlarga ega bo'lib, bu masala O'zbekiston Respub- 
likasining “Sudlar to'g‘risida”gi Qonuni va Fuqarolik protsessual 
kodeksi asosida tartibga solinadi.
167
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqarolar murojaat qilish huquqidan boshqalarga tu h m a t qi­
lish, boshqaruv tartiblarini izdan chiqarishda foydalanmasligi, 
g'arazli niyatlarni amalga oshirishga urinm asligi kerak. Shunday 
hollar bo'ladigan bo'lsa, aybdor shaxslar jazolanadi.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi Konstitutsiyaning “Siyosiy 
huquqlar” bobida shu turdagi huquqlar tizimida berilgan.
Umumiy qoidalarga asosan siyosiy huquqlardan faqat fuqarolar 
foydalanishi kerak. Lekin bu yerda shu qoida istisno tariqasida amal 
qilmaydi. Sababi, murojaat qilish huquqi davlat ishida ishtirokni 
ta’minlashdan ancha kengroq vazifalarni, ya’ni iqtisodiy turm ush, 
o'zining qadr-qimmati, sha’nini himoya qilishni ham ko'zlaydi.
Avvalgi boblarda O'zbekiston Respublikasining “Oliy Majlis- 
ning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida”gi Qo- 
nunida O m budsm an chet el fuqarolari ham da fuqaroligi bo'lm agan 
shaxslarning murojaatlarini ko'rishi mum kinligi belgilanganligini 
ko'rdik. Chet el fuqarolari faqat ariza va shikoyatlar bilan murojaat 
qilishi mumkin. Taklif bilan murojaat qila olmaydi. Taklif davlat 
hayotiga tegishli masalalar bo'yicha beriladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish