bilan birga, davlatga uning korxona, tashkilot, m u assasalarin in g
rivojlanishiga, moddiy jihatdan m ustah k am lan ish ig a ham hissa
qo'shadi. S h u n in g uchun kishilar qariganda
yoki boshqa sabab-
lar bilan vaqtincha yoki butunlay mehnat qobiliyatini yo'qotganda,
davlat tomonidan qo'Ilab-quvvatlanadi. Konstitutsiyada fuqarolar
ning ijtimoiy taVninot olish huquqi belgilanishi fuqarolarni ijtimoiy
tomondan qo'llab-quvvatlashning huquqiy asosi hisoblanadi. Kons
titutsiyaning 39-moddasida bu quyidagicha belgilangan: “H ar kim
qariganda, m ehn at layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquv-
chisidan rnahrum bo'lganda va qonunda nazar-da tutilgan boshqa
hollarda ijtimoiy t a ’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining miqdori ras-
man belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun
zarur eng kam miqdordan
oz bo'lishi m u m k in e m a s ”.
Bu konstitutsiyaviy normaga asosan ijtimoiy ta ’minot olish
huquqiga qariganda, ya’ni m a’lum yoshga yetganda; mehnat layo
qatini yo'qotganda; boquvchisidan m ahrum bo‘lganda hamda qo
nunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ega bo'linadi. Bu masala-
lar huquqiy jihatdan M ehn at kodeksi, “Fuqarolarning
davlat pensi-
ya ta ’minoti to'g'risida”gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solinadi.
Fuqarolar qariganda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega,
qarilik pensiyasini olish huquqi erkaklar uchun 60 yosh, ayol-
lar uchun 55 yosh qilib belgilangan hamda qonunlar ayrim toifa
xodimlariga bundan-da qisqartirilgan yoshlarda qarilik pensiyasini
olish huquqiga ega bo'lishni belgilaydi.
M asalan, 5 va undan ko‘p
bola parvarishlagan ayollar 50 yoshdan, ayrim faoliyat turlarida
mehnat qiluvchi erkaklar 55 yoshdan, ayollar 50 yoshdan shunday
huquqqa ega bo'ladi.
Fuqarolar m ehnat layoqatini yo'qotganda ta ’minot olish huqu
qiga ham turli sharoitlarda ega bo'ladi. Bunday ta’minot turlari
vaqtinchalik m ehnat qobiliyatini yo'qotganda yoki butunlay mehnat
qobiliyatini yo'qotganda vujudga keladi.
Konstitutsiya yosh bolalarning to'la-to'kis voyaga yetishini na
zarda tutgan holda boquvchisini yo'qotish hollarida tegishli shaxs-
larning ijtimoiy ta ’minot bilan qo'llab-quvvatlanishini nazarda tutadi.
175
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuningdek,
Konstitutsiyada, qonunda ko'zda tu tilg a n boshqa
hollarda ham fuqarolar ijtimoiy ta ’minot olish huquqiga egaligi
belgilangan. Bu farzand t u g ‘ish va uni m a ’lum y osh ig ach a par-
varish qilish muddatidagi nafaqa; tabiiy ofat yoki boshqa falokat-
lar tufayli jiddiy iqtisodiy va boshqa zarar k o 'rg an la rg a
beriladi-
gan nafaqalar; kam ta ’m inlanganlarga beriladigan nafaqalar va
hokazolardir.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining ortib borishi, fuqarolar
ning ij'timoiy ta ’minot huquqi kengayib borishiga, ijtimoiy ta ’min-
lash imkoniyati kuchayib borishiga o‘z ta ’sirini ko'rsatadi. Buni
pensiya va boshqa ta ’minot miqdorlarining bosqichma-bosqich
oshib borayotganligidan ko'rish mumkin.
Bundan tashqari pensiya
ta ’minotini yanada takomillashtirish uchun qo'shimcha choralar
ko'rilmoqda. Pensiya ja m g ‘armalari tuzilgan.
Umuman, ijtimoiy ta ’minot, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning bir
turi bo‘lib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash esa, Prezident ilgari surgan
mamlakat rivojlanishini ta ’minlovchi besh prinsipidan bittasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: