42
qat’iy rioya etilishini kafolatladi.
QUROLLI KUCHLARNING TINCHLIK SHAROITI VA URUSH PAYTIDA
ASOSIY HARBIY-STRATEGIK VAZIFALARI. QUROLLI KUCHLARGA
RAHBARLIK. HARBIY BOSHQARUVNING ASOSIY ORGANLARI
“Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunning kirish qismida mamlakatimizning o‘z Qurolli
Kuchlarini tuzishdan ko‘zlangan maqsadi aniq va ravshan bayon etildi va Qonunda
“Barcha davlatlar bilan tinch-totuv yashash siyosatini o‘tkaza borib, o‘z mudofaa
qudratini qurolli tajovuzidan himoyalash uchun yetarli darajada saqlab turadi”, deb
ko‘rsatildi. Qonun davlat mudofaasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy tadbirlar
majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Kengashining,
Respublika
Prezidentining,
Vazirlar
Mahkamasining, Mudofaa vazirligining, vazirliklar, idoralar, davlat hokimiyati,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini belgilab berdi.
“Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Prezident
Respublika mudofaa
qobiliyatini ta’minlash, davlat manfaatlariga qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda uning
suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur
chora-tadbirlar qabul qiladi; Qurolli Kuchlarning tuzilishi, ularni strategik rejasini
tasdiqlaydi; Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida
favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi.
Prezident vakolatlariga umumiy yoki qisman safarbarlikni, respublikaga qurolli
hujum qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, urush davrida me’yoriy aktlarni
joriy etish va ular faoliyatini to‘xtatish; mudofaa sohasidagi davlat organlari
faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish; harbiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib
borish va xalqaro
protokollar imzolash; harbiy lavozimlarga yuqori unvonli ofitserlar
tarkibidan shaxslarni tayinlash; ularga harbiy va maxsus unvonlar berish kiradi.
Qonunchilikda Oliy Majlis harbiy sohadagi vakolatlari doirasiga mudofaa
konsepsiyasini, Harbiy qasamyodni, Prezident tavsiyasiga binoan Mudofaa vazirini
tasdiqlash, harbiy qurilish, harbiy xizmat-chilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-
huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlarning bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni
harbiy xizmatga safarbar qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish, harbiy holatni joriy
etish, qurolli tajovuz qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, harbiy harakatlar
to‘xtatilganda tinchlik bitimini tuzish, tinchlik, xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan xalqaro protokollarga doir majburiyatlarni bajarish zarur bo‘lib
qolganda
Qurolli Kuchlarni qo‘llash to‘g‘risidagi Farmonlarni tasdiqlash, harbiy masalalar
bo‘yicha Respublika xalqaro protokollarini ratifikatsiyalash yoki ular o‘z kuchini
yo‘qotgan deb e’lon qilish, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoniga oliy harbiy
unvon berish kabilar kiritildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani
ta’minlash bo‘yicha o‘ziga bo‘ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik
qilish. Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan
ta’minlash; Mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy-texnika resurslari,
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlar hajmini, harbiy va muqobil xizmatga
chaqirilishi lozim bo‘lgan Respublika fuqarolarining soni hamda harbiy va muqobil
xizmatga chaqiriluvchilarning harbiy hisobini olib borish; harbiy
xizmatga chaqirish
va haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni zaxiraga chiqarish, safarbarlik
43
va harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini to‘plash
rejalarini tasdiqlaydi; xalq xo‘jaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni
kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga o‘tkazishga rahbarlik qiladi;
harbiy xizmatchilar, iste’fodagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini,
shuningdek xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan, vafot etgan, bedarak
yo‘qolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-
huquqiy kafolatlari, moddiy, maishiy va nafaqa ta’minoti masalalarini hal etadi;
harbiy-hunar ta’limiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta harbiy o‘quv yurtlarini tuzadi va
ularni tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni vazirliklar, davlat
hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralari vakolatlari
doirasiga harbiy
buyurtmalarni bajarayotgan vazirliklar va idoralar boshqaruvining topshirilgan
tarmoqlarida mudofaa ehtiyojlariga mo‘ljallangan zarur mahsulotlarni yetkazib
berilishi uchun, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun javobgar bo‘ladi, tarmoq
harbiy davrda safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq barqaror ishlashini
ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.
Hokimiyatlar va mahalliy boshqaruv idoralari xalq xo‘jaligining safarbarlik
tayyorgarligini ta’minlash sohasidagi qonunlarning bajarilishi uchun mas’ul
bo‘ladilar; harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlarni yetkazib
berilishini hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini amalga
oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar
ko‘rsatadilar; mudofaa manfaatlarini ko‘zlab qonunlarga muvofiq yer ajratib
beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar; qonunlarda belgilangan
tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy o‘quv yurtlari,
korxona va tashkilotlarga xizmat binolari va
turar joylar ajratib beradilar, harbiy
obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ular oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-
harakatlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radilar.
“... O‘z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qila
olmaydigan, bunga kuch-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay
olmaydi, kimgadir itoat qilishga, bo‘yin egishga majbur bo‘ladi”, – deydi
Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Milliy armiyamiz-mustaqilligimizning, tinch
va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” nomli kitobida.
Har qanday davlat borki, u eng avvalo o‘z istiqlolini himoya qila olishi shart. Aks
holda bunday mamlakat o‘z mustaqilligini boy berishi turgan gap. Shuning uchun
mustaqilligimizni, xalqimizning himoyachisi bo‘ladigan o‘z milliy armiyamizni
tuzish tarixiy zarurat va talabiga aylandi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘ra
biluvchi siyosati tufayli o‘z milliy armiyamizni tashkil etish tinch yo‘l bilan hamda
xalqaro huquq normalariga to‘la rioya qilingan holda amalga oshirildi. 1991- yil 31-
avgustda navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining 6-
sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
qonuni qabul qilindi. Unda jumladan shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa
ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va noharbiy
(muqobil) xizmatni tashkil etish huquqiga ega”. Ushbu qonunni bajarish yuzasidan
44
1991- yil 6- sentabrdagi O‘zbekiston respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan
Mudofaa ishlari Vazirligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 25- oktabrdagi
qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi va tuzilishi
tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy-harbiy boshqaruv organlari, fuqarolar mudofaasi shtabi
va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashkil
qilindi. Keyinchalik sobiq Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida
mudofaa ishlari Vazirligining bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi
quyi bo‘linmalari tashkil qilindi.
Mamlakatimiz
Qurolli
Kuchlarining
vujudga
kelishida
Do'stlaringiz bilan baham: