Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar


SERT ) tashkiloti  Groupe Special



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
1-1611

SERT
)
tashkiloti 
Groupe Special 
Mobile
maxsus guruhini tashkil etdi. GSM qisqartmasi yangi 
standartga nom berdi (keyinroq bu standartning butun dunyoda keng 
tarqalishi bilan GSM Global System for Mobile Communications
 
sifatida yoyila boshlandi). Bu guruhning ishlari natijasi 1991 yilda 
e’lon qilingan GSM standarti sotali aloqa tizimlariga talab bo‘ldi, 
ularda 
etakchi 
ilmiy-texnik 
markazlarning 
eng 
zamonaviy 
ishlanmalari ishlatildi. Ularga, xususan, kanallarni vaqt bo‘yicha 
ajratish, xabarlarni shifrlash va abonentlar ma’lumotlrni himoyalash, 
blokli va o‘rama kodlash, yangi GMSK (Gaussian Minimum Shift 
Keying) modulyatsiyalash turini ishlatilishi kiradi. 
1990 yilda AQShda aloqa sohasidagi Amerika Sanoat 
Uyushmasi TIA (Telecommunications Industry Association)
raqamli sotali aloqa milliy IS-54 standartini tasdiqladi. Bu standart D-
AMPS yoki ADC qisqartmasi ostida ma’lum. Yevropadan farqli 
ravishda AQShda yangi chastotalar diapazonlari ajratlmadi, shuning 
uchun tizim oddiy AMPS bilan umumiy chastotalar polosasida 
ishlashi kerak bo‘ldi. 
Bir vaqtda Qualcomm Amerika kompaniyasi shovqinsifat 
signallar va kanallarni kodli ajratish texnologiyasi - CDMAga (Code 
Division Multiple Access) asoslangan yangi sotali aloqa standarti 
aktiv ishlab chiqishni boshladi. 
1991 yilda yevropada GSM standarti asosida yaratilgan DCS-
1800 (Digital Cellular System 1800 MGs) standarti paydo bo‘ldi. 
Buyuk Britaniyada konsepsiyada aytilgan PCNni ishlab chiqish uchun 
bu standartni asos sifatida qabul qildi, bu yer sharining qit’alari 
bo‘ylab zafarli yurishining boshlanishi bo‘ldi. 
Evropa va AQShdagi sotali aloqaning rivojlantirishdan 
Yaponiya ham ortda qolmadi. Bu davlatda o‘zining ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha D-AMPS Amerika standartiga yaqin bo‘lgan o‘z sotali aloqa 
JDC (Japanese Digital Cellular) standarti ishlab chiqildi. JDC 


76 
standarti 1991 yilda Yaponiya Pochta va Aloqa Vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan. 
1992 yilda Germaniyada birinchi tijorat GSM standarti sotali 
aloqa tizimi ishga tushirildi. 
1993 yilda AQShda TIA aloqa sohasidagi Amerika Sanoat 
Uyushmasi qator muvaffaqiyatli sinovlardan keyin CDMA standartini 
ichki raqamli sotali aloqa standarti sifatida uni IS-95 nomlash bilan 
qabul qildi. 1995 yilning sentyabrida Gongkongda birinchi IS-95 
standarti tarmog‘ining tijorat ishlatilishi ochildi. Buyuk Britaniyada 
birinchi DCS-1800 One-2-One tarmog‘i ishga tushirildi, u hozirda 500 
mingdan ortiq abonentlarga ega. 
O‘zbekistonda Toshkent shahrida birinchi NMT-450 standarti 
paydo bo‘ldi. Keyin qabul qilingan quruqlikdagi harakatdagi aloqa 
tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyasi milliy ko‘lamlarda sotali 
aloqani keyingi rivojlantirishga kuchli turtki bo‘ldi. Va agar NMT va 
keyin standartlarini joriy etilishi bilan O‘zbekiston o‘n yilga ortda 
qolgan bo‘lsa, u holda GSM standartini milliy standart sifatida e’lon 
qilinishi bu vaqt farqini taxminan uch yilgacha qisqartirdi. 
Rivojlangan jahon texnologiyalariga aniq yo‘nalish olish 
O‘zbekistonga zamonaviy harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini 
rivojlantirishda jahonning etakchi davlatlaridan ortda qolmaslik 
imkoniyatini beradi. O‘zbekiston CDMA standartini joriy etish 
bo‘yicha ham ortda qolayotgani yo‘q. 
Harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini keyingi rivojlantirish 
uchinchi avlod tizimlari (3G) loyihalarini yaratish doirasida amalga 
oshirilmoqda. 
3G bu IMT-2000 (International Mobile Telecommunications 
2000) qisqartmasi ostida beshta W-CDMA, CDMA2000, TD-
CDMA/TD-SCDMA, DECT, UWC-136 standartlarni birlashtiradigan 
mobil raqamli aloqa standarti hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan 3G 
tarkibiy qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli 
sotali aloqa standartlari hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa 
yordamchi rolni o‘ynaydi. DECT bu uchinchi avlod mobil 
texnologiyalari doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini 
(xot-spotlarni) tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz 
telefoniya standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE 
texnologiyasiga o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi. 


77 
3G mobil aloqa haqida taraqqiyot timsoli sifatida ko‘p 
aytilmoqda, lekin 4G deyiladigan sotali aloqaning keyingi avlodi 
oldinga intilmoqda. 
4G oilasiga 100 Mbit/sekunddan ortiq tezlikli sotali tarmoqlarda 
ma’lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalar kiradi. Keng 
tushunishda 4G bu paketli kommutatsiyalash, ko‘p darajali 
modulyatsiyalash, adaptiv modulyatsiyalash va kodlash, tarmoqning 
abonentlari orasida chastota-vaqt resurslarini dinamik taqsimlash, IP-
interfeyslar, qabul qilish va uzatishda ko‘p antennali ajratish, 
bog‘lanishning berilgan sifatini kafolatli ta’minlash va boshqalar kabi 
mobil aloqaning tamoyilial yangi konsepsiyalarini jamlaydigan sotali 
aloqa tizimlarining nomlanishi hisoblanadi. To‘rtinchi avlod aloqa 
tizimlarida ma’lumotlarni uzatish asosiy servis turi hisoblandi, ovozni 
uzatish esa ma’lumotlarni uzatish kanalida IP-telefoniya tamoyili 
bo‘yicha ishlatiladi. 
Jahonda mavjud bo‘lgan to‘rtta mobil aloqa avlodlariga 2020 
yilda beshinchi avlodning qo‘shilishi kutilmoqda [7]. Hozirgi vaqtda 
olib borilayotgan dasturlarda beshinchi avlod standartining qiyofasi 
ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun 5Gga aniq tavsif berish hozircha 
mumkin emas, faqat 2020 yildan keyin mobil tarmoqlar qanday 
bo‘lishini taxmin qilish mumkin. 
Katta ehtimollikda 5G tarmoqlari ko‘p sonli turli tarmoqlardan 
iborat bo‘ladi va ulardan ko‘pchiligi “doimo onlayn” rejimida 
ishlaydi. 
Bunda 
tarmoqning 
eng 
muhim 
talablaridan 
biri 
qurilmalarning past energiya iste’molini ta’minlash bo‘ladi. 
5G tarmoqlarga shakllantirilgan umumiy talablar sifatida 
quyidagilarni hisoblash mumkin:
− 
tarmoqning o‘tkazish qobiliyati 10 Gbit/sekunddan yuqori 
bo‘lishi kerak; 
− 
bir km
2
ga 100 milliontagacha qurilmalarni bir vaqtda 
ulanishini qo‘llash; 
− 
radiointerfeysga ma’lumotlarni uzatilishining 1 msdan ortiq 
bo‘lmagan kechikishi. 
5G tarmoqlarda quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi kutilmoqda:
− 
o‘ta keng polosali mobil aloqa (Extreme Mobile Broadband, 
xMBB) - “og‘ir” kontentni uzatish maqsadida ultra keng polosali 
aloqaning ishlatilishi; 


78 
− 
ommaviy mashinalararo aloqa (Massive Machine-Type 
Communications, mMTC) – Internet-ashyolarni qo‘llash (ultra tor 
polosali aloqa); 
− 
o‘ta ishonchli mashinalararo aloqa (Ultra-reliable MTC, 
uMTC) - juda kichik kechikishlarli alohida xizmatlar turini 
ta’minlash. 
5G doirasida turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan 
tadqiqotlar ishlari asosan yangi radiointerfeysni qidirishga qaratilgan. 
Uning spektral samaradorligini to‘rtinchi avlod (4G) tarmoqlaridagiga 
qaraganda 3 martaga oshirish rejalashtirilmoqda, bu o‘sha bir 
polosaning kengligida 3 marta ko‘p ma’lumotlarni o‘tkazilishini 
bildiradi, ya’ni 1 Gsga 6 bit/sekundni tashkil etadi. Bundan tashqari, 
yangi radiointerfeys tez moslashuvchan, oson konfiguratsiyalanadigan 
va 4G va3G tarmoqlar bilan teskari moslashuvchan bo‘lishi kerak [8]. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish