6
1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI
1.1
.
Radioaloqani tashkil etish tamoyillari
Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan.
1.1-
rasm. Radioaloqa sxemasi
Bu yerda:
1– ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.)
manbai;
2– xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektr signalga
o‘zgartiruvchi qurilma;
3– uzatkichli modulyator.
4– radioqabul qilish qurilmasi.
5
–
Detektor.
6
–
Qayta tiklash qurilmasi.
Signalni modulyatsiyalash
zarurati shundan iboratki, elektr
signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega,
ma’lumki, past chastotali signal yomon nurlanadi. Radiosignal
deyiladigan
modulyatsiyalangan
yuqori
chastota
tebranishlar
uzatuvchi antennaga uzatiladi va
atrof-muhitga elektromagnit
to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan
elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga etib
boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni
hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi
va
keyin
o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha
ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday
o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi
– harf teruvchi apparat, telefon, televizion
qabul qilish trubkasi va
boshqalarga beriladi, so‘ngra qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga
beriladi.
7
Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning
tarqalishi muhiti,
qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks
radioliniyani
hosil
qiladi.
1.2-rasmdan
ko‘rinib
turibdiki,
radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich
joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga
oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha
radioaloqada emas, balki ovoz
va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni,
metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt,
aniq signallarini uzatish
xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish
samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini
oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2- rasm).
Turli
1a–1n
ma’lumotlar
manbalari
signallaridan
2a–2n
o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil
qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi
qismi signallarni ajratadi,
ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n
iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga
uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali
deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli
radioaloqa deyiladi.
1.2-
rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya
Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-
birlariga qarama-qarshi ishlaydigan
ikkita bir tomonlama aloqa
qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama
radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir
oxirgi punktida ham uzatish, ham
qabul qilish qurilmalari
joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek
ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish-
Uz
ati
sh zic
hlashti
rish
appa
ra
tu
ra
si
Do'stlaringiz bilan baham: