Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Bog'liq
1-1611

1.3. Simsiz aloqada antennalar 
 
Radioto‘lqinlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan 
qurilma antenna deyiladi. O‘zgaruvchan tokni o‘tkazadigan har 
qanday jism elektromagnit to‘lqinlarni nurlantira oladi. Bu nurlanish 
sezilarli bo‘lishi va amaliy maqsadlarga xizmat qila olishi uchun 


20 
jismning o‘lchamlari nurlantiriladigan tebranishlarning to‘lqin 
uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak [4]. 
Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan, uzunligi 
to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari, 
kondensatorlar hisoblanadi, ular bo‘ylab tebranishlarning tarqalishini 
hisobga olmasa ham bo‘ladi (juda qisqa to‘lqinlardan tashqari). Agar 
bunda energiyaning issiqlik yo‘qotishlari hisobga olinmasa, u holda 
bunday tizimlarda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi 
90°ni tashkil etadi va bu tizimlar aktiv quvvatni yutmaydi, natijada 
nurlantirmaydi ham. Agar u yoki bu tizim bo‘ylab tebranishlarning 
tarqalishi qandaydir vaqt oralig‘iga kechiksa, u holda tizimning 
uchlarida 90
0
ga qo‘shimcha tok va kuchlanish orasidagi fazalarning 
surilishi (
sos j
) paydo bo‘ladi. 
sos j 
noldan farqli bo‘lib qolishi bilan 
tizim tok manbaidan energiyani iste’mol qiladi va uni nurlantirishga 
sarflaydi. 
Uzunligini to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan 
o‘tkazadigan jism nurlantirish tizimi sifatida qo‘llanilishi eng qulay 
bo‘ladi. Bu holda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi 
ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi. 
Uzatuvchi antenna generator hosil qiladigan yuqori chastotalar 
toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiradi. 
Qabul 
qiluvchi 
antenna 
teskari 
vazifani 
bajaradi, 
qabullagichning chiqishida yuqori chastotalar kuchlanishini hosil 
qiladi. 
O‘zarolik tamoyiliga asosan istalgan uzatuvchi antenna u qabul 
qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi 
mumkin bo‘lsada, o‘z asosiy xarakteristikalarini saqlaydi. O‘zarolik 
tamoyili qabul qilish va uzatish antennalari qaytar xossasiga 
egaligidan iborat. Har qanday antenna ham qabul qilish, ham uzatish 
antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini 
qanchalik yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi. 
Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari 
oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabul qilish 
antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik 
tamoyiliga asosan olingan natijalarni qabul qilish rejimi uchun 
qo‘llash mumkin. 
Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida 
o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi. 
Antennalarning konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek 


21 
ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak 
bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Vazifasi bo‘yicha antennalar shartli ravishda quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
− 
radiouzatish tizimlarining antennalari;
− 
radioaloqa stansiyalari (shu jumladan RRL) antennalari;
− 
radiolokatsion antennalar;
− 
televizion antennalar;
− 
radioastronomik antennalar.
Bu guruhlardan har biri turli konstruktiv yig‘ilgan antennalarga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Ishlash tamoyili va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha antennalar 
quiydagilarga bo‘linadi: 
− 
simli (vibrator) antennalar, ular ayrim hollarda diametrlari 
to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan ingichka simlar yoki 
yo‘g‘on quvurlardan (to‘lqin uzunligiga taqqoslaganda) tayyorlanadi; 
− 
optik turdagi antennalar (metall oyna-reflektorlar va 
linzalar);
− 
akustik turdagi antennalar (metall ruporlar);
− 
sirt to‘lqinlari antennalari (dielektrik antennalar, dielektrik 
qoplamali yoki davriy tuzilmali metall sterjen yoki tekis antennalar);
− 
tirqishli (difraksion) antennalar;
− 
aylanadigan polyarizatsiyali elektromagnit to‘lqinlarni 
nurlantiradigan antennalar (spiralli, xochsimon va boshqalar).
Ko‘plab antennalarda asosiy nurlantiruvchi elementlar sifatida
simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi.

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish