(
GPS
)
qatnashadi.
CDMA tamoyillari asosida qurilgan aloqa tizimlarining afzalligi
boshqa usullarni ishlatishda samarali ishlash uchun zarur bo‘ladigan
chastotaviy rejalashtirishning yo‘qligi hisoblanadi. Bundan tashqari,
signal/shovqin nisbati (ideal holda 3-5 dB) past va CDMA
tamoyilining ishlatilishini o‘zi (shovqin sifat signallarning ishlatilishi)
boshqa standartlarga qaraganda uzatkichlarning 2-3 tartibga kam
nurlantirish quvvatilarini ishlatishga imkon beradi, bunda u atigi
36
10 mVt va undan pastni tashkil etadi. TDMAdan farqli ravishda
CDMA asosidagi tizimlarning xizmat ko‘rsatish zonasi asosan
abonentlar stansiyalarining quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu texnologiya
asosidagi tarmoqning sig‘imi TDMAdagiga qaraganda o‘rtacha 5
marta va FDMAdagiga qaraganda esa 10 martta ortiq. Bunda uni
qurish uchun o‘sha qamrab olishdagi TDMA texnologiyasi asosidagi
tarmoqqa qaraganda taxminan 40% bazaviy stansiyalar soni zarur
bo‘ladi.
CDMA usulining ishlatilishi birlamchi signal (abonentning
ovozi) bazasini sezilarli sun’iy kengaytirishdan iborat, u quyidagi
ikkita asosiy usullarda amalga oshiriladi:
• to‘g‘ri kengaytirish - direct sequence spread spectrum (DSSS);
• tashuvchi chastotani sakrashsimon o‘zgartirish - frequency hop
spread spectrum (FHSS).
Birinchi
variantda
axborot
xabari
T
davomiylikdagi
elementlardan (chiplardan) tashkil topgan psevdo-tasodifiy ketma-
ketlikni
(PTKK)
manipulyatsiyalaydi,
binobarin,
chiplarning
davomiyligi
uzatiladigan
axborot
biti
yoki
simvolining
T
davomiyligidan ko‘p marttaga (N marttaga) kichik bo‘ladi. N qiymat
to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi xabarning polosasiga qaraganda uzatish
polosasining kengaytirilishi darajasini xarakterlaydi va shuning uchun
spektrni kengaytirish koeffitsienti deyiladi (ingliz tilidagi matnlarda
spreading factor yoki processing gain).
Aytib o‘tilgan uzatiladigan D(t) oqim bilan c(t) PTKK
manipulyatsiyalash odatda oddiy ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi
(1.18a- rasm).
1.18b– g-rasmlardagi diagrammalar ikkilik uzatish va binar
PKTT misoli uchun to‘g‘ri kengaytirish protsedurasining tarkibini
ko‘rsatadi.
1.18v- rasmda davriy binar PTKK tasvirlangan bo‘lib, uning
N = 8 chiplardan iborat davri bitta xabar jo‘natmasi davomiyligiga
mos keladi (umumiy holda PTKK davri ixtiyoriy, xususan, axborot
jo‘natmasining davomiyligidan sezilarli katta bo‘lishi mumkin, buning
ustiga PTKK umuman aperiodik bo‘lishi mumkin). To‘g‘ri
kengaytirish natijasi, agar axborot jo‘natmasi nolinchi bitni tashisa
(1.18b-rasmdagi D(t) musbat qutb) ravshan bo‘ladi (1.18g-rasm),
qayta ko‘paytirgich chiqishidagi PTKKning boshlang‘ich versiyasi
bo‘ladi.Jo‘natma orqali joriy bitning 1 qiymati uzatilganida
PTKKning
qutbliligi
qarama-qarshisiga
o‘zgaradi.
Qayta
37
ko‘paytirgichdan keyin signal standart tashuvchi modulyatoriga
(BFM, KFM va h.k.) beriladi.
1.18- rasm. Ikkilik uzatish va binar PKTT uchun spektrni to‘g‘ri
kengaytirish protsedurasi
Ko‘rish mumkinki, spektrni to‘g‘ri kengaytirish protsedurasi
uzatiladigan bitning 0 va 1 qiymatlariga javob beradigan qarama-
qarshi signallarni qoldirish bilan ikkilik uzatishning gauss kanalidagi
halaqitbardoshligini yomonlashtirmaydi.
Spektrni kengaytirishning ikkinchi usuli ishlatilganida axborot
jo‘natmasining har bir simvoli ma’lum ketma-ketlikda beriladigan
diskret chastotalar to‘plami yordamida uzatilishi kerak.
Mavjud va istiqbolda ishlab chiqiladigan sotali aloqa tizimlarida
sinxron yoki asinxron variantda amalga oshiriladigan spektrni to‘g‘ri
kengaytirish ustun ishlatiladi. Bu ikki modifikatsiyalarning farqi juda
sezilarli. Birinchisi qabul qilish tomonida turli abonentlarning
signallari o‘zaro vaqt surilishlariga ega bo‘lmasligi uchun alohida
abonentlarga tayinlanadigan barcha individual manzillar ketma-
k-nchi abonent D(t)
axborot signali
С(t)
kodli ketma-
ketliklar
а)
b)
v)
g)
38
ketliklarini (signaturalarini) o‘zaro sinxronlashtirish imkoniyati
bo‘lganida qo‘llanilishi mumkin. Bunday vaziyat SMAT “pastga”
(BTSdan MSga) liniyasi uchun xarakterli, chunki turli MSlarga qat’iy
bir vaqtda jo‘natilgan BTS signallari alohida MSga o‘sha bir trassa
bo‘yicha, ya’ni o‘zaro kechikishlarsiz keladi.
“Yuqoriga” liniyasida BTS qabul qiladigan turli MSlardan
signallar sinxronlashtirishini ta’minlash nazariy inkor etilmasada,
yetarlicha qiyin va MSning BTSga nisbatan sotaning chegaralarida
tasodifiy joylashishi va natijada signallarning o‘zaro tasodifiy
kechikishi
tufayli
hammma
vaqt
ham
texnologik
o‘zini
oqlayvermaydi. Bunday vaziyatlar uchun signaturalarning individual
abonentlarga vaqtinchalik o‘zaro bog‘lab qo‘yilishini ko‘zda
tutmaydigan DSSS asinxron versiyasining qo‘llanilishi xarakterli
hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, uzatishda axborot signalining
bazasining kengayishi bo‘lib o‘tadi, u butun ishchi diapazon bo‘yicha
“chaplangandek” bo‘ladi. Tor polosali TDMAdan farqli ravishda kod
bo‘yicha ajratish nafaqat chastota va vaqt bo‘yicha ajratishni, balki
signalning oniy quvvati bo‘yicha ajratishni hisobga oladi (1.19- rasm).
Oniy chastota, vaqt va quvvat kodning tarkibiy elementlari sifatida
qatnashadi.
1.19- rasm. Signalni oniy quvvati bo‘yicha ajratish
39
Abonentda qabul qilishda esa kod yordamida butun diapazon
bo‘ylab signalni “o‘rash” amalga oshiriladi, bunda boshqa
uzatkichlarning signallari “ochiq” qoladi va qabullagich uchun ideal
halaqit turi – oq gauss shovqini
(OGSH)
hisoblanadi.
Bu texnologiyani turli tillarda so‘zlashadigan bir necha insonlar
juftliklari bo‘lgan xona yordamida ko‘rsatish mumkin. Ular faqat bir-
birlari bilan so‘zlashadi va boshqalar bilan qiziqishmaydi. Agar har bir
juftlik faqat bitta tilini bilsa va uni ishlatsa, barcha tillar esa turlicha
bo‘lsa, u holda xonaning havosi ularning ovozlari uchun “tashuvchi”
bo‘lishi mumkin. O‘xshatish shundan iboratki, xonadagi havo keng
polosali kanal hisoblanadi, tillar esa kodlar ko‘rinishida tarqaladi.
Shunday qilib, ispancha so‘zlaydigan inson ispan tilidan boshqa hech
bir tilni eshitmaydi va tushunmaydi.
Juftliklar sonini oshirish umumiy fon so‘zlashuv imkoniyatini
cheklamaguncha bo‘lishi mumkin. Barcha abonentlarning ma’lum
qiymatdan ortishi kerak bo‘lmagan signallari quvvatlarini rostlash
orqali nutqning yuqori sifati saqlanadigan ko‘p sonli abonentlarning
aloqasi ta’minlanishi mumkin.
Foydalanuvchilar yoki trafik kanallarining maksimal soni har bir
kanalni intensiv ishlatilishiga bog‘liq va shuning uchun ma’lum
hisoblanmaydi. Bu “yumshoq qayta yuklanish” (soft overload)
konsepsiyasida aks etadi, unga muvofiq qo‘shimcha abonent boshqa
abonentlar uchun halaqitlarning qandaydir ortishi hisobiga ulanishni
olishi mumkin. Yakunda CDMA standarti ishlatilganida tarmoqni
ishlab chiqishda umumiy halaqitlar sathini minimumga keltirish zarur,
chunki boshqa abonentlar va bazaviy stansiyalar hosil qiladigan
halaqitlar bilan birga ular o‘tkazish qobiliyatining yuqori bo‘sag‘asini
aniqlaydigan omil hisoblanadi.
CDMA tamoyilida qurilgan sotali aloqa tarmoqlari TDMAda
amalga oshirilgan raqamli standartlar uchun an’anaviy bo‘lgan
qo‘shimcha xizmatlarga ega.
KKAKTUning
KChAKTUva
KVAKTUga
qaraganda
afzalliklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan
birini istalgan keng polosali (spread spectrum) tizimlarni ajratib
turadigan yo‘naltirilgan va keng polosali (shu jumladan atayin
uyushtirilgan) halaqitlarga yuqori halaqitbardoshlik, ko‘p nurli
tarqalish
sharoitlarida
samarali
ishlash
imkoniyati,
mumkin
kriptohimoyalash
choralarining
keng
diapazoni,
chastota-vaqt
parametrlarining o‘lchashning yuqori aniqligi, radioaloqa va uzatish
40
tizimlari bilan yaxshi elektromagnit moslashuvchanlik va boshqalar
tashkil etadi. Ikkinchi guruh to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘p tomonlama
ulanish jihatlari bilan bog‘langan, ularga sotaga (sektorga) katta
abonentlar sig‘imi, trafikning intensivligi ortganida aloqa sifatini
kamayishining “yumshoq” xarakteri, “yumshoq” estafetali uzatish
rejimini ishlatilishining oddiyligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |