asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. 2002 yil 30 avgust.
42
Mahalliy byudjet xarajatlarini tahlil qilishdan oldin byudjet xarajatlarining
byudjet bo'g`inlari o'rtasida taqsimlanishini aniqlab olish lozim. Ko'plab xarajat
vakolatlari boshqaruv organlarining ikki bo'g`ini - respublika va mahalliy
boshqaruv organlari orasida bo'linadi. Bunda xarajatlar uchun aniq
reglamentlash va chegaralangan javobgarlikning yo'qligi yangi tashkil
qilinayotgan muassasalar byudjeti manbasini aniqlashda anglashilmovchilikka
olib keladi, boshqaruv organlarining byudjet mablag`ini ishlatishdagi
mas'uliyatini mavhumlashtirib, aholiga xizmat ko'rsatish sifatining pasayishiga
olib keladi.
Byudjet federalizmi nazariyasida qayd qilinishicha, eng yaxshi samaradorlik
saylanadigan mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari o'z xarajatlari haqida
o'zlari qaror qabul qilgan va ularni mahalliy soliqlar hisobiga qoplaganida
yuzaga keladi.
Boshqacha qilib aytganda, markazlashtirishning barcha afzalliklarini qo'lga
kiritgan holda mahalliy hokimiyat xarajatlar vakolatlarini kengaytirish, uni
tegishli moliya resurslari va soliq daromadlari bilan mustaxkamlash hamda
ulardan foydalanish sohasida vakolatlarini kengaytirish kerak.
Davlat byudjetining mablag`lari turli darajadagi byudjetlar o'rtasida quyidagi
tarzda qayta taqsimlanadi:
Ø
umumdavlat soliqlari va boshqa umumdavlat daromadlari bir qismining
belgilangan me'yorlarida turli daraja byudjetlariga
ajratilishi;
Ø
yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet subvensiyalari va
dotatsiyalarining ajratilishi;
Ø
yuqori byudjet bo'g`inidan quyi byudjet bo'g`inlariga, quyi byudjet
bo'g`inlaridan yuqori byudjet bo'g`inlariga byudjet ijrosi jarayonida
yuzaga keluvchi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mablag`larning
yo'naltirilishi;
Ø
byudjet ssudalarining ajratilishi.
43
Ma'lumki, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet
subvensiyalari va dotatsiyalari davlat byudjeti parametrlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalar miqdori quyidagilarga bog`liq:
o hududlar moliyaviy holatiga, jumladan, ularni o'z daromad bazalarining
yetarligiga;
o ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari
va dasturlariga;
o hududlar bo'yicha tovar (ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
o har qaysi hududlar aholisining soniga;
o ushbu hududda joylashgan tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo'lgan
ehtiyojiga;
o hududlar o'rtasidagi moliyaviy nomutanosiblik (tafovut)ni bartaraf etish
uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga.
Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar mablag`lari
tasdiqlangan byudjet doirasida xarajat qilinadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi
byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag`lar
ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi
23
:
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
2. Joriy byudjet trasfertlari shaklida;
3. Kapital xarajatlar shaklida;
- asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog`liq ishlar va xizmatlar ham
shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab
chiqarishga;
- davlat ehtiyojlari uchun yerga bo`lgan huquqni va boshqa nomoddiy
aktivlarni olishga;
4. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Do'stlaringiz bilan baham: