6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari. Ishchilarga to‘langan ish haqi
va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari mahsulot tannarxiga
qo‘shiladi;
7) mahsulot sotish xarajatlari. Mahsulotni qadoqlash, tashish va rek-
lama qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
MahSULoT TaNNarXINI paSaYTIrISh IMKoNIYaTLarI Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini tahlil qilish tannarxni
pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Umumiy holda tan-
narxni pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– asosiy kapitaldan samarali foydalanish;
– aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
– ishlab chiqarishni samarali tashkil etish;
– tashqi imkoniyatlar.