1) xomashyo va materiallar.
Bular ishlab chiqarish ko‘zda tutilayot-
gan mahsulotning asosini tashkil etadi. Xomashyo hali inson ta’siri katta
bo‘lmagan, material esa ma’lum darajada qayta ishlovdan o‘tgan moddalar
hisoblanadi. Misol uchun, mebel ishlab chiqarishda yog‘och xomashyo
hisoblansa, undan tayyorlangan taxtalar material sanaladi;
2) qaytarilgan chiqindilar.
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan
chiqindilar qiymati aniqlanib, xarajatlar qiymatidan chiqarib tashlanadi.
Masalan, mebel ishlab chiqarishda kichik taxta bo‘laklari, yog‘och qipiqlari
qiymati mahsulot tannarxidan ayirib tashlanadi;
91
Do'stlaringiz bilan baham: |