Mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish
bo’yicha ma’lumotlar berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. BAHOR FASLIGA TAVSIFNOMA
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo'yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahoming
kelishi har yilda turlicha bo'ladi.
Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining oxirgi o'n
kunligida ko'pincha qor yog'ib, ertasigayoq erib ketadi.
Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo'rtadi, mevali daraxtlar gullay
boshlaydi. Shundan keyin bo'lgan qattiq sovuqiar esa kurtak va gullarni urib ketadi. Natijada
o'rik, shaftoli va boshqa mevali daraxtlar hosil bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |