2.19-rasm
. Massiv rotorli
asinxron dvigatel
Bu xolat shu bilan tushintiriladiki, nominal rejimda
s
=0,02’0,1 magnit
maydon rotorning tanasiga kirib borish chuqurligi etarli darajada kam bo‗lganligi
uchun elektr va magnit qarshiligi katta bo‗ladi, shuning uchun katta elekt isroflari
va katta magnitlovchi tokka ega.
Ish xarakteristikasini yaxshilash maqsadida, silindrsimon rotorning ikki yon
tomoniga mis qisqa tutashgan halqa maxkamlanadi. Mis halqacha etarli darajada,
po‗latga nisbatan kam solishtirma qarshikka ega bo‗lib, u xuddi olmaxon katakli
rotorning qisqa tutashgan halqasi vazifasini bajaradi. Natijada rotorning yon
tomonidagi elektr o‗tkazuvchanlik ortib, massiv rotorning aktiv qarshiligi
kamayadi. Shu maqsatda rotorning yuza qismini
0,1‚0,3
mm qalinlikdagi yupqa
mis qatlam bilan qoplanadi. Bundan tashqari, ish xarkteristikasini yaxshilash
maqsadida, massiv rotorning materialini elektr va magnit o‗tkazuvchanligi yaxshi
bo‗lgan materialdan tayyorlash mumkin. Bu yo‗nalishda oxirgi vaqtlarda ma‘lum
natijalarga erishilgan va dvigatelning energetik va texnik ko‗rsatkichlarini
99
yaxshilaydigan, yuqori elektr o‗tkazuvchanlik va magnit o‗tkazuvchanlikga ega
bo‗lgan qorishmalar olingan.
Massiv rotorli dvigatelllar bajaruvchi dvigatellar sirasiga kirib, avtomatik
boshqarish tizimlarida ishlatiladi. Massiv rotor yuqori mexanik mustaxkamlikka
ega bo‗lganligi uchun, undan yuqori tezlikli dvigatelllarni yaratish imkonini beradi
(10000’100000 ayl/min va yuqori). Bunday dvigatellar yuqori chastotali tok
manbayidan ta‘minot oladi (400’1500 Hz) va maxsus elektr yuritmalarda va
giroskopik qurilmalarda ishlatiladi.
Ushbu dvigatellarning texnologik tuzilishiga qaramasdan, ish rejimidagi
energetik ko‗rsatkichlarining pastligi uchun keng miqdorda ishlab chiqarishda
qo‗llanilmaydi.
Xozirgi kunda g‗ovak magnit rotorli turlari mavjud. Bunday dvigatellarda
rotorning massasini va inersiya momentini kamaytirish maqsadida rotori g‗ovak
shaklida tayyorlanadi. Rotor devori qalinligi magnit maydoni ish rejimida kirib
borish chuqurligiga teng qilib tanlanadi. Bu qalinlik chastota 400’1000 Hz da
0,3’0,5 mm ni va 50 Hz da esa 1’3 mmni tashkil etadi.
G‗ovaksimon rotorli dvigatellarda foydali ish koeffitsienti
η
va quvvat
koeffitsienti
cosυ
ning kamligi uchun ular keng tarqalmagan.
2.20-rasm
. Massiv rotorli asinxron dvigatelning mexanik xarakteristikasi
100
Do'stlaringiz bilan baham: |