Kasb odobi indd


Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana08.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#536294
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

2.3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni
tuzish asoslari
Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, 
o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma 
(yoki bitimlar) deyiladi. Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomon-
ning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish 
yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, 
shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqida-
gi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga 
soluvchi hujjatdir.
Shartnoma davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasa-
lar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma 
munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida 
o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat 
bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga 
ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo‘jalik mahsulot-
larini davlat yo‘li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javob-
garlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi 
haqida, uy-joy yoki transport vositalarining oldi-sotdisi, hadya qi-
lish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida 
va boshqalar. Muassasalar o‘rtasida keng tarqalgan shartnoma 
turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, 


33
asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi shartnomalarni ko‘rsatish
mumkin.
Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra qonun-
ga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi Shartnomaning 
qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki 
tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib ke-
ladi.
Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial 
idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin. 
Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarning oldi-sotdi 
shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi 
holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar imzolan-
gunga qadar unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya masla-
hatchisining rozilik belgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo‘yicha ke-
lishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy shakli shart-
noma asosida mayda va yirik korxonalar orasidagi aloqalar hisobla-
nadi. Bunga yirik korxonalar mayda korxonalarni uzoq muddatli 
shartnomalar asosida zaruriy manbalar bilan ta’minlab turishi mi-
sol bo‘la oladi. Hamkorlar orasida tuziladigan qonuniy hujjat – 
shartnoma hisoblanadi. 
Shartnomaga ko‘ra ishlab chiqaruvchi bir tomondan, o‘z tovarini 
(mahsulotlarini) belgilangan miqdorda, sifatda, assortimentda va 
muddatlarda yetishtirib berish majburiyatlarini olsa, ikkinchi to-
mondan buyurtmachi yoki iste’molchi esa uni qabul qilib olish, 
qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda to‘lash majburiyatini 
o‘z zimmasiga oladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish