Pedagogik faoliyatda:
maktab, akademik litsey va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida
ekologiya, biologiya, ximiya va tabiatshunoslik fanlaridan dars berish va o’quv uslubiy faoliyat bilan shug’ullanish.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda
: tabiatni muhofaza qilish korxonalarida, baliqchilik
korxonalarida, qishloq xo’jaligida, qo’riqxonalarda va boshqa shu sohaga tegishli korxonalarda ishlash.
4.5. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari
5630100 – Ek ologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va ta’lim
) ta’lim
yo’nalishi
bo’yicha bakalavr
quyidagi:
Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo’yicha)
5A630101
Ekologiya (tarmoqlar bo’yicha)
5A630102
Sanoat chiqindilarini saralash (rekuperasiya)
5A630103
Suv resurslarini muhofaza qilish va oqava suvlarni tozalash
5A630104
mutaxassisliklari hamda ta’limning vakolatli organlari tomonidan aniqlanadigan turdosh yo’nalishlar
mutaxassisliklari bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin.
Pedagogik faoliyatni olib borganda o’z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.
5. Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar
5.1.
5630100 –Ek ologiya va atrof muhit muhofazasi (fan va ta’lim)
ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi
quyidagi
umumiy malakaviy talablarga
ega bo’lishi kerak:
a) umumiy malakaviy talablar:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi; gumanitar-ijtimoiy iqtisodiy fanlar asosini,
davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak;
- Vatan tarixini bilishi; ruhan milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon eta
olishi va ilmiy asoslay olishi, milliy istiqlol g’oyasi asosida faol hayotiy o’rinni egallashi;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va
jamiyat rivoji haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda
foydalana bilishi;
- insonning insonga, jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy
me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
- axborotni to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish metodlarini egallashi; o’zining
kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
- bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila
bilishi;
- sog’lom turmush olib borishi haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi, o’zini jismonan
takomillashtirishi malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
-
bugungi
zamonaviy
axborot
texnologiyalari
davrida
jamiyatning
rivojlanishiidagi
axborot
texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, bu jarayonda vujudga keladigan xavf va tahdidlarni anglash,
informasion xavfsizlikning asosiy talablariga, jumladan davlat sirini himoya qilish talablariga, rioya qilishi;
-
internet tarmog’idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy metodlari, usullari va
vositalariga ega bo’lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlashi;
-
global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlashi;
-
so’zlashuvdan kam bo’lmagan darajada bitta xorijiy tilni egallashi;
-
mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sog’liqni mustahkamlashdan metodik to’g’ri foydalanish
vositalarini egallagan bo’lishi, to’laqonli ijtimoiy va kasbiy faoliyatni ta’minlash uchun jismoniy tayyorgarlikning
kerakli darajasini egallashi
Do'stlaringiz bilan baham: |