8-mavzu. SIYOSIY ELITA VA LIDER
Darsning maqsadi:
•
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida ma’lumot berish;
•
siyosiy elita va lider haqida bilimlarini shakllantirish;
•
.yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy-ilmiy muhitni shakllanti
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Elitalar nazariya, elita, oligarxiya, kontrelita, hukmron elita, oliy
darajadagi siyosiy elita, o‘rta darajadagi siyosiy elita, quyi darajadagi
elita, m a’muriy elita, ijtimoiy tengsizlik, G.Moska, V. Pareto.
Asosiy savol:
1.
Siyosiy elita mohiyati, shakllanish omillari va funksiyalari;
2. Siyosiy elitaga oid nazariyalar.
3. Siyosiy lider: mohiyati, funksiyalari, nazariy qarashlar va uning
tipologiyasi.
1. Siyosiy elita mohiyati, shakllanish omillari va funksiyalari
Hokimiyatga intilish, unga erishish, siyosiy qarorlar qabul qili-
nishida bevosita ishtirok etishda tarixan
muayyan insonjar guruhi
shakllangan. Garchi bugungi kunda siyosiy boshqaruvda barcha fuqa-
rolar teng huquqli deb e’tirof etilsada, eng rivojlangan mamlakatlaming
siyosiy amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, hokimiyatni taqsimlash va amalga
oshirish jarayoni fuqarolaming teng qatnashishini nazarda tutmaydi.
“Elita” atamasi fransuz tilidan “elite” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
“eng yaxshi, tanlangan, saralangan” degan m a’nolami bildiradi. Shu
bois ham siyosiy leksikonda, dastlab “elita” atamasi jamiyat boshqa
ruvi uchun tanlab olingan eng yaxshi odamlar, maxsus boshqaruv
tizimi uchun tayyorlangan mutaxassislar, degan m a’nolami bildiradi.
Keyinchalik XIX asrga kelib “siyosiy elita”
tushunchasining keng
qamrovli talqini ilmiy jihatdan asoslandi.
161
«Siyosiy elita» atamasi o ‘zining zamonaviy talqinida, butun jamiyat
ustidan real hokimiyatga ega bo‘lgan «ozchilik» ijtimoiy guruhi sifa
tida siyosatshunoslikda XX asming boshlarida avstriyalik siyosatshu
nos R.Mixels va italiyalik siyosatshunoslar G. Moska va V.Paretolar to
monidan kiritildi. V.Pareto ilmiy muomalaga “elita” atamasini kiritgan.
Siyosiy elita - bu hokimiyatga erishgan, jamiyat hayotining turli
sohalarida buyruq beruvchi o‘rinlami egallagan odamlar to‘dasi
emas, balki barcha siyosiy tizimlarda bo‘ladigan, mukammal tashkil
etilgan hamkorlik asosidagi ijtimoiy guruhlardir.
«Siyosiy elita» tushunchasini keng va tor m a’noda qo‘llash lozim.
Keng m a’noda «siyosiy elita» tushunchasi «hukmron elita»
tushun-
chasiga teng.
Boshqaruv elitasi - bu jamiyatning tashkiliy ozchiligi bo‘lib,
ko‘pchilikdan farqli bo‘lgan, lekin nihoyatda yakdil ijtimoiy guruh
hisoblanadi. U liderlik qobiliyatlariga ega b o iib , boshqaruv funksi-
yalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan;
u jamiyat institut-
larida boshqaruv kursini egallashi bilan bir vaqtda ana shu jamiyatda
hokimiyat qarorlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata oladi.
Siyosiy elita tor ma’noda boshqaruvchi elitaning bir qismi bo‘lib,
o ‘zining hokimiyatni amalga oshirishga bevosita qatnashishi bilan
undan farq qiladi.
Siyosiy elita o‘z qo‘lida davlat hokimiyatini jamlagan va jamiyat
boshqaruvida yuqori lavozimlami egallaydigan ijtimoiy guruhdir,
Siyosiy elitaning vujudga kelishi sabablari haqida so‘z yuritil-
ganda, insonlaming hukmron sinfga kirish omilini ochib beradi: har-
biy botirlik,
moddiy boylik, m a’naviy hukmronlikka egalik. Ushbu
uch omil bilan aristokratiyaning uch tarixiy shakli bog‘liq: harbiy,
cherkov va moliyaviydir. Biroq hukmron sinfga ajratishning oliy
mezoni boshqarish qobiliyati hisoblanadi. 0 ‘z jamiyatining zaif va
kuchli tomonlarini biluvchi, uni nazorat qila oluvchi.
Jamiyatda siyosiy elitaning shakllanishi
sabablari nisbatan
R.F.Farmonov va boshqa mualliftar tomonidan tayyorlangan “Zamo
naviy siyosatshunoslik” o‘quv qo‘llanmasidan keng keltirilgan. Xu-
susan, quyidagicha keltirilgan:
162
Birinchi, mehnat taqsimoti qonuni va u bilan bog‘liq bo‘lgan
jamiyatning ijtimoiy yo‘naltirilishi, turli guruhlar va qatlamlaming
ijtimoiy vazifalarining farqliligini ta’minlaydi. Jamiyatning so-
halashtirilishi faqat mehnat taqsimoti tufayli yuzaga kelishi mumkin
va ijtimoiy ierarxiya asosida insonlar
ijro etadigan mos sinflar, qat-
lamlar va guruhlar ierarxiyasi paydo bo‘ladi.
Ijtimoiy piramida yuqorisiga umumiy boshqaruv va rahbarlikni
amalga oshiruvchilar qo‘yiladi, boshqa funksiyalaming muvaffaqiyat-
li ijrosi uchun tegishli zarur choralar ko‘riladi. Shundan kelib chiqib,
elitaning mavjudligi boshqaruv mehnatining yuqori ijtimoiy ahami-
yati va uning ustunliklari hamda boshqa shakllar tizimi ko‘rinishidagi
muvofiq xohish-irodasi bilan izohlanadi.
Gap shundaki, siyosat bu
qadriyat va resurslar yoyilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liq bo‘lgan
boshqaruv mehnatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: