Siyosatshunoslikka


Partiyaviy tizim. Siyosiy partiyalar har bir davlatda o‘zlarining



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)


Partiyaviy tizim. Siyosiy partiyalar har bir davlatda o‘zlarining 
soni, jamiyatdagi o‘mi, faolligi darajasiga ko‘ra turlicha ko‘rinishlarga 
ega. Pariyaviy tizim - siyosiy partiyalarning bir-biri bilan o‘zaro mu­
nosabatlar tizmidir. Boshqacha aytganda, partiyaviy tizim - mam- 
lakatda mavjud bo‘lgan va faoliyat ko‘rsatayotgan barcha siyosiy 
partiyalar majmui.
Partiyaviy tizimlami tavsiflashda quyidagi mezonlarga alohida 
ahamiyat berish zamonaviy siyosatshunoslik fanida muhim o ‘rinni 
egallaydi:
-jam iyatda samarali partiyalarning mavjudligi;
- yetakchilik qiluvchi siyosiy partiyaning yoki koalitsiyaning 
mavjudligi yoki mavjud emasligi;
- partiyalar o ‘rtasida raqobat muhitining darajasi.
Jahon 
miqyosida ro‘y bergan 
siyosiy-ijtimoiy, 
iqtisodiy 
o'zgarishlar jarayonida - a) bir partiyaviylik, b) ikki partiyaviylik, d) 
uch partiyaviylik, e) to‘rt partiyaviylik va f) ko‘ppartiyaviylik tizim­
lar shakllangan.
Bir partiyaviy tizimlar asosan totalitar siyosiy tartibotlarga xos 
bo‘lib, unda siyosiy partiya bilan davlat o‘rtasida amalda hech qan­
day chegara qolmagan. Buni sobiq Ittifoq davridagi KPSS, KXDRda 
“Koreya mehnat partiyasi”ni misol sifatida keltirish mumkin.
Ikki partiyaviy tizim siyosiy konsepsiyalari nisbatan yaqin bo‘lgan 
ikki siyosiy partiyaning yetakchi faoliyati asosida shakllanadi. Bun- 
ga AQSHdagi demkoratlar va respublikachilar partiyalarini keltirish 
mumkin.
Odatda, ikki partiyadan ortiq partiyaviy tizim ko‘p partiyaviy deb 
nomlanadi. Ulami “uch”, “to‘rt” va “ko‘ppartiyaviy” tizimga ajratish 
nisbatan nisbiy xarakterga ega.
Uch partiyaviylik tizimi yetarli darajadagi ta’sir kuchiga ega 
bo‘lgan uch siyosiy partiyaning faoliyati natijasida vujudga keladi.
To‘rt partiyaviylik tizimi, asosan, jamiyat g ‘oyaviy jihatdan 
“so‘llar” va “o ‘nglar”ga bo‘lingan mamlakatlarda qaror topgan. 
Masalan, Fransiyada kommunistlar va sotsialistlar“so‘llar” vakillari 
bo‘lsalar, demokratlar va respublikachilar“o‘nglar”ning vakillaridir.
151


Ko‘ppartiyaviylik esa, siyosiy tizimlaming uzoq davom etgan 
taraqqiyoti natijasidir.
Dominatsiya tizimi (Hukmron partiyaviy tizim) deb ataluvchi 
tizim ham mavjud. Bu tizimga davlatning siyosiy hayotida alohida 
o‘rin tutuvchi partiyaning uzluksiz, uzoq muddat davomida hokimi­
yatni amalga oshirishi xosdir. Yakka partiyaviy tizim bilan solishtir- 
ganda dominant partiyaviy tizimda raqib partiyalar bahslashadilar va 
kamdan-kam yutadilar. Ba’zi demokratik xalqlarda dominant par­
tiyaviy tizim bor edi, ammo ular uzoqqa bormadi. Chunki yetakchi 
Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish