Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. Internet saytlari:
1. www.gov.uz/
2. www.uz-info.com/
3. www.press-service.uz/
119


6-mavzu. DAVLAT-SIYOSIY INSTITUT SIFATIDA
Darsning maqsadi:
• 
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida m a’lumot berish;
• 
davlat - siyosiy tizimning asosiy instituti sifatida haqida bi- 
limlarini shakllantirish;
• 
yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy-ilmiy muhitni shakllanti­
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Jamiyat, davlat, mahalla, shartnoma nazariyasi, psixologik naz-
ariya, patrialxal nazariya, Stato, teologik konsepsiya, patriarxal naz-
ariya, patriarxal-paternalistik konsepsiyasi, ijtimoiy kelishuv naz­
ariyasi, ijtimoiy-iqtisodiy nazariya, marksistik nazariya, davlatning
umumiy belgilari, davlatning ichki funksiyalari, davlatning tashqi
funksiyalari
Asosiy savol:
1. Davlatning vujudga kelishi va turli nazariyalar.
2. Davlatning belgilari va funksiyalari.
3. Davlat shakli va uning mohiyati.
1. Davlatning vujudga kelishi va turli nazariyalar
Davlat - bu asosiy siyosiy institut. Siyosiy institut nima, ta’riflar 
ko‘p: siyosiy institut - jamiyatda o‘matilgan va mustahkamlangan 
hokimyat tuzilmasidir30. Siyosiy institut - bu aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan, tashkiliy va ijro tuzilmasi hamda apparatiga ega siyo­
siy tashkilot31.
30 Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: An
Introduction. N ew Jersey: Pearson, 2013 - P.5 8-96
31 Словарь терминов и понятий по обществознанию. Автор-составитель
А.М. Лопухов. 7-е изд. переб. и доп. -М., 2013. -С. 290-291.
120


Bugungi kunda ular soni BMT a’zolari sonidan kelib chiqib 193 tani 
tashkil qiladi degan qarashlar ham mavjud. Ayrim manbalar ular soni 230 
ta atrofida qayd etiladi. Davlat ko‘p holatlarda “millat”, “jamiyat” so‘zlari 
bilan birgalikda qo‘llaniladi. Lekin ular o'rtasida ma’lum farqlar bor.
Qaysi biri oldinroq paydo bo‘lgan: davlat yoki millatlar? Ko‘pchilik 
millatlar davlatni vujudga keltirgan deb hisoblasada, ayrim hollarda 
davlatlar o‘z millatni tashkil qilgan.
Millat bu - birdamlik, umumiy tarix va madaniyat, ba’zan (har 
doim ham emas) umumiy tilga ega bo‘lgan xalq.
Jamiyat - bu umumiy maqsad, qadriyat va manfaatlarga ega 
insonlaming birlashmasidir. Jamiyat-kishilaming tarixan qaror 
topgan hamkorlik faoliyatlari majmuidir.
Bugungi kunda davlatga oid ko‘plab ta’riflar shakllangan:
Davlat - mustaqil va o ‘z xohishini majburlay olish kuchiga ega 
boshqaruv tuzilmasidir. Boshqacha aytganda, davlat bu-millatning 
boshqaruv tuzilmasidir32.
Davlat bu - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, 
jamoat tartibini muhofaza qilish va davlat xavfsizligi, qurolli kuchlar, 
qisman ommaviy axborot vositalaridan iborat ko‘p pag‘onali 
murakkab tizim. Bunday deyilishiga sabab, davlat bir tomondan 
jamiyatning “qonuniy kuch ishlatish vakolatiga ega bo‘lgan” yagona 
va asosiy instituti, ikkinchi tomondan davlat turli institutlar-ijro, 
qonunchilik, sud, boshqa organlami birlashtirshgan murakkab tizim 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat - avvalambor, jamiyatni siyosiy tarzda tashkil qilish 
usulidir. Davlat o‘z doirasida hokimiyatga egalik qiladi va uni to‘liq 
amalga oshiradi, jamiyatdagi barcha resurslami tasarruf qiladi, 
jamiyatni boshqarish bo‘yicha asosiy yuklamani bajaradi, xalqaro 
huquq va munosabatlaming subyekti vazifasini bajaradi.
Davlat bu - ma’lum hududda o‘mashgan milliy yoki ko‘p 
millatli umumiylikni tashkil qiluvchi siyosiy birlashma boTib, 
unda institutsionallashgan hokimiyatni boshqaruvchi siyosiy elita 
tomonidan huquqiy tartibot saqlanib turadi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish