Siyosatshunoslikka


TAYANCH TUSHUNCHALAR: SIYOSATCHI VA



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

TAYANCH TUSHUNCHALAR: SIYOSATCHI VA
SIYOSATSHUNOS
Amaliyotchi siyosatchi bo‘lish uchun maxsus shug‘ullanish zarur 
emas. Siyosiy ilm ishlayotgan siyosatchilarga yordam berishi ham 
bermasligi ham mumkin bo‘lgan siyosatshunoslikning sokin va 
obyektiv tahlilida shug‘ullanadigan ilmdir.
Siyosatchi
Kuch-qudratni 
juda 
yaxshi 
ko‘radi
Mashhurlikka intilishadi 
Amaliy o‘ylashadi 
Fikrida qat’iy turib oladi 
Yagona sababni taqdim qiladi 
Yaqin foydani ko‘radi 
Keyingi saylov uchun reja 
tuzadi
Guruhlarga javob beradi 
Nomining tanilishiga intiladi 
Manba : Roskin M.G., Cord R.L.,
Science: An Introduction. N ew Jersey: P
Siyosatshunos
kuchga shubha bilan qaraydi 
aniqlikni izlashadi 
mavhum o‘ylashadi 
mavhum xulosalami izlashadi 
ko‘plab sababni taqdim etadi 
uzoq foydani ko‘radi 
keyingi maqola uchun reja 
tuzadi
butun 
uchun 
yaxshi 
narsa 
qidiradi
professional nufuzga intiladi 
Medeiros J.A., Jones W.S. Political
Parson, 2013.-R .2-19.
12


2. Siyosatshunoslikning obyekti, predmeti, qonuniyatlari,
tadqiqot uslublari va kategoriyalari
“Siyosatshunoslik” jamiyat siyosiy hayotini о‘rganuvchi fan bo‘lib, 
boshqa fanlar kabi o ‘zining tadqiqot obyekti, predmeti, funksiyalari, 
kategoriyalar apparati, tadqiqot uslublari va qonuniyatlariga ega.
Siyosatshunoslik fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli ravishda 
jamiyatning siyosiy jarayonlari to‘g‘risida fikr yuritadi. Jamiyat 
hayotida siyosiy hokimiyat muhim o ‘rin tutadi. Siyosatshunoslik 
fani siyosiy hokimiyat, uni amalga oshirish, o‘rnatilgan siyosiy 
rejim faoliyati doirasida, shuningdek, muayyan guruhlar mavqeyi 
va munosabati, hokimiyat boshqaruv qamrovi va uni boshqarish 
usullarini aniqlab beradi.
Boshqacha aytganda “siyosatshunoslik’-siyosat haqidagi fandir. 
Siyosatshunoslik ikki yunoncha so‘zning birikmasidan iborat bo‘lib, 
“politike”- “davlat yoki jamoat ishlari” va “logos”- “ta’limot” degan 
ma’nolami anglatadi. Bu haqda birincha atamani Aristotel (m.avv. 
384-322) va ikkinchi atamani esa Geraklit (m.avv. 530-470) ilmiy 
muomalaga olib kirgan.
Siyosal lanining rivojiga qadimgi Gretsidagi allomalar hissasi katta 
boMgan. Aristotel fan asoschisi sifatida siyosatshunoslikni “fanlar 
otasi” deb atagan. U siyosiy kontekstda polis (Grek shahar-davlatlari) 
qarorlari sodir bo‘layotgan barcha hodisalami, ko‘p narsalami 
boshqarishini nazarda tutgan. Siyosatshunoslik, Yel universiteti 
professori Garold Lassuel (1902-1978) so‘zlari bilan aytganda, “kirn 
nimaga erishadi” degan tamoyilni o‘qitishdir. «Siyosat sohasidagi 
fan haqida gapiradigan bo‘lsak,-deb ta ’kidlaydi G.Lassuel,-biz 
hokimiyat haqidagi fanni nazarda tutamiz» Chunki deyarli hamma 
narsa siyosatdir, siyosatshunoslikni o ‘qishning ma’nosi hamma 
narsani o'qish demakdir.
(Vzbek tilida siyosat haqidagi fanni ifodalashda ikki tushuncha 
ilmiy manbalarda qo‘llaniladi “siyosatshunoslik” va “politologiya”. 
Ushbu tushunchalar borasida hozirgi o ‘zbek siyosatshunosligi 
maktabida ikki xil qarashlarni uchratish mumkin:
13


Birinchi qarashgako‘ra(S.G ‘ofurov,A.Haydarov,N.To‘laganova), 
“siyosatshunoslik” tushunchasi “politologiya” tushunchasining 
o‘zbek tilidagi taijimasi hisoblanadi.
Ikkinchi qarashga ko‘ra (S.Otamurotov, I.Ergashev, Sh.Akromov, 
A. Qodirov), «politologiya”ni o ‘zbek tiliga «siyosatshunoslik» deb 
taijima qilish, u o‘rganadigan mavzular va ulaming mohiyatini 
siyosatni o‘rganish bilan cheklab qo‘yishga olib keladi. Aslida 
«politologiya»ning mavzular doirasi siyosatshunoslikka qaraganda 
keng bo‘lib, u siyosat, davlat, siyosiy partiyalar va gumhlaming 
hokimiyatni tashkil qilish va boshqarishdagi amaliy siyosiy 
faoliyatlari bilan bir qatorda siyosiy jarayonlar, siyosiy hokimiyat, 
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, harakatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, 
jahon mamlakatlarining siyosiy hayoti hamda umumbashariy 
muammolarining siyosiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlami 
ham o ‘rganadi. Shuning uchun ham uni «politologiya» fani deb atash 
uning mohiyatiga to‘g ‘ri keladi. Bundan tashqari, bu fan jahonning 
ko‘pchilik mamlakatlarida ham «politologiya» nomi bilan qabul 
qilingan. Bizning mamlakatimizda ham bu fanni «politologiya» nomi 
bilan qabul qilish va unga kiruvchi masalalami politologik yo‘nalishda 
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Politologiya fani o'rganadigan 
mavzular doirasi keng bo‘lib, u o‘z ichiga hokimiyat bilan bog‘liq 
aniq mavzulami mujassamlashtirgan.
Bizningcha jamiyat hayotida biror-bir siyosiy o‘zgarish, siyosiy 
voqea-hodisalar siyosatning ta’siridan chetda qolmaydi. Shu bois 
siyosatshunoslik fan sifatida jamiyat hayotining turli sohalaridagi 
o‘zgarishlarda siyosatning o‘mi va rolini ilmiy-nazariy jihatdan 
asoslaydi. Bu hoi, shubhasiz, uning boshqa siyosiy fanlar bilan 
bog‘liqligini, o‘zaro aloqalarini ifodalaydi. Bunday aloqadorlik 
siyosiy fanlarda jamiyatning siyosiy hayoti va munosabatlariga 
daxldor masalalami o‘rganish bilan ham belgilanadi.
Siyosatshunoslik-siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy munosabatlar 
va siyosiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy hayotini tashkil etish 
haqidagi bilimlar (fanlar) tizimi.
14


Siyosatshunoslik fani o‘zining mustaqil predmetiga ega. Fanning 
predmeti haqida fikr yuritilganda, avvalambor, obyekt va predmet 
tushunchalari o ‘rtasidagi nisbatni aniqlab olish lozim bo‘ladi. Obyekt 
bu-fan o ‘rganayotgan soha, voqea-hodisalar, umumiy jarayonlar 
mazmunidir. Predmet esa-o‘rganilayotgan obyektning alohida 
bo‘lagi, uning faoliyatini amalga oshishi va taraqqiyotiga doir 
qonuniyatlami qamrab oladi.
Siyosatshunoslik fani obyektini-jamiyat hayotining siyosiy sohasi 
tashkil etadi. Siyosatshunoslik fani predmetini-jamiyat siyosiy so- 
hasining faoliyati va taraqqiyoti bilan bog‘liq qonuniyatlar tashkil 
qiladi. Bular siyosat, siyosiy munosabatlar va siyosiy hokimiyat qo- 
nuniyatlaridir.
Fan predmetidan kelib chiqadigan bo‘lsak, siyosatshunoslik faniga 
nisbatan siyosiy hokimiyatning vujudga kelishi va amalga oshirilishi 
bilan bogMiq boMgan asosiy qonuniyatlami o‘rganuvchi fan sifatida 
baho berish mumkin.
Siyosatshunoslik fani boshqa ijtimoiy fanlar singari bir qator 
vazifalarni bajaradi:
nazariy 
bilish 
funksiyasi-siyosatshunoslik 
siyosat 
to 'n ’risida, uning jamiyatdagi roli to‘g‘risida bilimlar hosil qiladi. 
I ishbu funksiya tufayli siyosatshunoslik ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy rivojlanishning obyektiv tamoyillarini, jamiyat hayotidagi 
/.iddiyatlar va qiyinchiliklarni ochib beradi, siyosiy vaziyatlarni 
baholaydi;
-
akseologik (baholash) funksiya - siyosatshunoslik siyosiy 
institutlar, tuzum, siyosiy jarayonlar va hodisalarga baho berishga im- 
kon tug‘diradi;
-
qiyoslash fixnksiyasi-unda turli tendensiyalar va ulami rivoj- 
lanishi, tasniflashlar, qonunuiyatlar kabilarga oid xulosalar va baho- 
lashlarni shakllantirishdan oldin turli siyosiy hodisalami o ‘zaro 
qiyoslash;
-
metodologik funksiya..siyosatshunoslikning asosiy xulosa-
lari alohida olingan ijtiomiy hodisalami o ‘rganuvchi xususiy siyosiy 
nazariyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
15


-
dunyoqarash hosil qilish funksiyasi-siyosiy voqelik 
to‘g‘risida aniq tasavvurlaming shakllanishiga ko‘maklashadi;
-
tartibga solish (regulyativ) funksiyasi-odamlar va tashkilot- 
laming siyosiy jarayonlarga ta’siri hamda ulaming siyosiy voqealarda 
ishtirokini ta’minlashga yordam beradi;
-
istiqbolni belgilash funksiyasi-siyosiy jarayonlaming rivoj­
lanish tendensiyalarini ochib berar ekan, siyosatshunoslik obyektiv 
ravishda bashorat yoki istiqbolni belgilash fimksiyasini ham bajaradi.
-
ijtimoiylashtirish funksiyasi-hokimiyat munosabatlarida 
ishtirok etadigan kishilaming siyosiy onggini shakllantirishga qara­
tilgan.
-
pragmatik funksiya-mazkur funksiya belgilangan siyo­
siy maqsadlarga erishish uchun zamr bo‘lgan eng maqbul siyosiy 
yo‘llami izlab topish va uni zudlik bilan amaliyotga qo‘llashga xiz- 
mat qiladi.
Siyosatshunoslik fani boshqa siyosiy fanlar kabi ma’lum bir qo- 
nuniyatlami o‘rganadi. Ular, odatda, ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi gumhga davlat hokimiyati va mamlakat ichki siyosiy 
hayotida amal qiladigan qonunlar bo‘lib, u o‘z ichiga:
1) jamiyat siyosiy jarayonlarida siyosiy hokimiyat mexanizm- 
laridan samarali foydalanish;
2) jamiyat siyosiy hayotining demokratiyalashishi;
3) siyosiy boshqaruv jarayonlari;
4) siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayot 
munosabatlari;
5) shaxs, jamiyat va davlat tizimida inson manfaatining ustuvorligi 
va boshqalar.
Ikkinchi guruh qonunlari xalqaro munosabatlarda siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy aloqalar bilan bog‘liq bo‘lib, 
ular:
1) xalqaro xavfsizlik va o‘zaro ishonchni rivojlantirish;
2) xalqaro va davlatlararo ixtiloflari bartaraf etishning siyosiy 
vositalari;
3) umumbashariy muammolarni bartaraf etishning siyosiy yo‘llari;
16


4) turli siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar va 
harakatlar bilan siyosiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
5) jamiyat siyosiy hayotida siyosiy yetakchining o ‘mi va rolini 
tahlil etish va h.k.
Fanda siyosatni tadqiq etishning o ‘ziga xos maqbul metodlari 
mavjudki, ular yordamida siyosiy jarayonlar tahlilida obyektiv 
xulosalar chiqarish 
imkoniyati yaratiladi. 
Siyosatshunoslikda 
umumiy mantiqiy metodlar-kuzatish, tahlil, sintez, modellashtirish; 
nazariy metodlar-tizimli, qiyosiy, tarixiy, bixevioristik va boshqalar 
qoMlaniladi. Universal metodlar bo‘lmish tahlil va sintez alohida 
ahamiyatga ega.
Tahlil (yunon. analysiz-bo‘lib tashlash, ajratish so‘zidan olingan) 
predmet, hodisa, jarayonni fikran qismlarga (belgilar, xususiyatlar, 
shakllar, munosabatlarga) bo‘lish amalidir.
Sintez (yunon. syntesiz, birlashtirish, qo‘shish so‘zidan olingan) 
predmetning turli jihatlari va qismlarini yagona bir butunlikka 
(tizimga) birlashtirish bo‘lib, u amaliy faoliyatda ham, bilish 
jarayonida ham amalga oshiriladi.
Tarixiy uslub-o‘tmishdagi siyosatni, siyosiy g‘oyalami o‘rganish, 
tahlil qilish-uning bugungi kun bilan aloqalarini anglashni talab 
qiladi, siyosiy kelajakni modellashtirish uchun siyosiy tarixni tadqiq 
etishni taqozo qiladi.
Tizimili funksional uslubi-unga ko‘ra siyosatga funksional tizim 
sifatida yondashiladi. Uning doirasida har qanday siyosiy institut va 
tashkilot tadqiq qilinadi.
Qiyosiy (qiyoslash) uslubi-bir xil turdagi siyosiy hodisalami, 
masalan: davlat tuzumini, siyosiy partiyalar va h.k.ni qiyosiy ravishda 
o‘rganishni tavsiya qiladi.
Ratsional-tanqidiy uslub-unga ko‘ra siyosiy jarayonlami tadqiq 
qilish chog‘ida uning ichidagi eng muhim asosini ajratib ola bilish 
kerak.
Bixevioristik 
uslublar-siyosiy 
hodisalami 
individlar 
va 
guruhlaming muayyan siyosiy rollam' ' 
;i xulq-
atvorini o‘rganish orqali tahlilning
17


etadi. Siyosatshunoslikda bixevioristik metodlardan quyidagi shart- 
sharoitlarga asosan foydalaniladi:
- siyosat ijtimoiy hodisa sifatida, eng avvalo, individual 
xususiyatga ega ekanligi, siyosiy faoliyatning barcha guruhiy aloqalar 
bilan birlashtirilgan individlaming siyosiy xulq-atvorlari tahiliga;
- siyosatdagi hukmron motivlar o‘zlarining kelib chiqishiga 
ko‘ra, ruhiy yo‘nalishdagi motivlariga;
- individlar o ‘zlarining ruhiy holatlari va his-tuyg‘ularini ular 
uchun muhim bo‘lgan siyosiy hodisa va jarayonlarda turlicha 
namoyon etishi;
Institutsional 
uslub-jamiyatda 
siyosiy 
faoliyatning 
olib 
borilishida ishtirok qiluvchi siyosiy institutlar: davlat, siyosiy 
Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish