1-mavzu. SIYOSATSHUNOSLIKKA KIRISH. SIYOSAT VA
SIYOSATSHUNOSLIK
Darsning maqsadi:
•
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida ma’lumot berish;
•
siyosatshunslik fani va uning fanlar tizimida tutgan о‘mi ha
qida bilimlarini shakllantirish;
•
yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy-ilmiy muhitni shakllanti
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Siyosat, siyosatshunoslik, siyosat funksiyalari, siyosatshunoslik
funksiyalari, siyosat obyekti, siyosat subyekti, siyosat va axloq, siyo
satshunoslik kategoriyalari, siyosatshunoslik qonuniyatlari.
Asosiy savollar:
1. «Siyosat» tushunchasi, mohiyati, siyosat obyekti va subyekti.
2. Siyosatshunoslikning obyekti, predmeti, qonuniyatlari, tadqiqot
uslublari va kategoriyalari.
3. Siyosatshunoslikning fan sifatida shakllanishi va boshqa fanlar
bilan o ‘zaro aloqalari.
1. «Siyosat» tushunchasi, mohiyati, siyosat obyekti va subyekti
“Siyosat” tushunchasining bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy ata-
malar kabi yagona universal ta’rifi mavjud emas. Siyosat doimo
o‘zgaruvchan va tarixiy rivojlanish bosqichida kengayib boruvchi ij
timoiy fenemon yoki hodisa hisoblanadi. Siyosatning vujudga kelishi
bevosita kishilik jamiyatida davlat institutining paydo bo‘lishi bilan
bog'liqdir.
Demak, “siyosat” tushunchasi kundalik hayotimizning ajralmas
qismi sanaladi. Siyosatshunoslik fani “otasi” sifatida e’tirof etilgan
Arastu (miloddan awalgi 384-322 ) fikri bilan aytganda, atrofimizda yuz
berayotgan deyarli barcha jarayonlar siyosat bilan bogiiqdir1. Shu bois
odamlar siyosatni kundalik amaliy kuzatuvlar va tadqiqotlar natijasi
da olingan ilmiy bilimlar asosida idrok etadilar. Siyosat to‘g‘risidagi
kundalik, tartibga solinmagan tasavvurlar ko‘p ming yillardan buyon
mavjuddir. U yoki bu shaklda ular har bir insonda mavjud ommaviy
ongning ajralmas qismini tashkil etadi. Bunday tasavvurlarga ko‘ra
kundalik hayotda aniq maqsadga yo‘naltirilgan har qanday faoliyatni
siyosat deb atash mumkin.
«Siyosat» tushunchasi - qadimiy tushunchalardan biri. Hozirgi
tillarga va madaniyatga «siyosat» atamasi qadimgi yunon tilidan
o ‘zlashtirilgan so‘z (politika) sifatida kirgan. U davlat bilan hukm
ronlik munosabatlarini, odamlar va jamiyat ustidan rahbarlik qilish ilmi
bilan bog‘liq qadimgi yunon tushunchalariga asoslanadi: «polis» (sha-
har-davlat), «politikos» (davlat arbobi), «politeyya» (konstitutsiya).
Siyosat (yunoncha politika) davlat va ijtimoiy ishlar, odamlar, ij
timoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, millatlar va davlatlar o‘rtasidagi
hukumatli munosabatlar bilan bog‘langan faoliyat sohasidir.
“Siyosat”-yunoncha “politeia” (yoki “politeyya”) so‘zining tarji-
masidir. Bu so‘z yunon tilida polis (shahar-davlat) rejimi deb atalib,
u butun bir hamjamiyatni uyushtirishning ajralib turadigan belgisi,
rahbarlikning tashkil etish yo‘li mazmunini anglatadigan tushuncha.
Ba’zi manbalarda boshqacha fikrlar keltirilgan, «siyosat»-yu-
noncha «polis», «politicos» so‘zlarining tarjimasi bo‘lib, u davlatni
boshqarish san’ati, «davlat ishlari» degan m a’nolarni anglatadi. «Si
yosat» iborasi amaliyotda Arastuning «Siyosat» risolasi chop etilgan-
dan keyin keng foydalanishga kiritilgan. Arastu aytadiki: «Siyosat har
bir fuqaroga eng yaxshi hayot tarzini ta’minlab beradigan boshqaruv
uslubidir». Qadimgi yunon faylasufi Demokratning fikricha, «siyosat
davlatni idora etish, boshqarish m ahoratidir». Aflotun siyosatni
hukm-dorlaming san’ati sifatida, ya’ni shohning odamlami (jami-
yatni) boshqarish sohasidagi bilimi va qobiliyati sifatida ta’riflaydi.
«Siyosat san’atining mohiyati,- deydi u ,- davlatning umumiy hayo-
1
Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: An
Introduction. New Jersey: Pearson, 2013 - P.2-19.
tini oqilona tashkil etish va olib borish qobiliyatida, siyosiy «matoni»
to‘qish qobiliyatida namoyon bo‘ladi».
“Siyosat” tushunchasini aniqlashtirish, uni mazmun-mohiyatini
ochib berish va tadqiq etish uzoq davrlar mobaynida monarxiya,
respublika va davlatning boshqa shakllarini tadqiq etish, jamiyat
va davlatni bir-biridan ajratish (N.Makiavelli), cherkov institutlari
(xristianlik an’analari) va fuqarolik jamiyati (J.Lokk), davlatni iqti
sodiy va ijtimoiy tuzum bilan o‘zaro aloqadorligini aniqlashga doir
(A.Smit) ilmiy izlanishlar jarayonida o‘z takomiliga yetdi.
«Siyosat» tom ma’noda odamlaming ijtimoiy hayotini tashkil
etishga doir ehtiyojlarini aks ettiradi va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining in’ikosi, hosilasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi
ijtimoiy hayotning turli sohalarini yo‘naltirish, turli kuch manfaatla
rini muvozanatini topish va ta’minlash orqali jamiyat yaxlitligini, ji-
psligini ta’minlash, taraqqiyotning ilg‘or strategiyasini ishlab chiqish
va hayotga tatbiq etishdir.
Siyosat bevosita hokimiyat, boshqamv sohasiga daxldor bo‘lib,
davlat vajamoat ishlarini, odamlar, ijtimoiy gumhlar, xalqlar, millatlar,
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq faoliyat sohasini ang-
latadi. U siyosiy institutlar va tashkilotlaming faoliyat ko‘rsatishini,
siyosiy m e’yorlar va an’analami, odamlaming hokimiyat-boshqaruv
va tashkilotchilik faoliyatini, ijtimoiy-siyosiy manfaatlari va ehtiyoj
larini, siyosiy g ‘oyalari va qarashlarini o‘z ichiga oladi.
Siyosat san’at sifatida odamlami faollashtirish vositalarini voqe-
likka mos tarzda tanlay olishda namoyon bo‘ladi. Mohir siyosatchi
odamlami murakkab vazifalami hal etishga qo‘zg‘atishi mumkin
bo‘lgan paytni to‘g‘ri belgilay oladi. Uning muvaffaqiyati, faollikka
faqat birgina m a’muriyatchilik bilan emas, balki odamlar uchun qulay
sharoitlar yaratish, doimiy va oqilona talabchanlik bilan erishishga
ham bog‘liq. Rahbaming mahorati inson xulq-atvorining barcha mu
rakkab jihatlarini farqlay olishdan iboratdir.
Ilmiy manbalarda “siyosat” deganda, quyidagi ta’rifni uchratish
mumkin. Siyosat- sinflar, ijtimoiy gumhlar o ‘rtasidagi hokimiyat
va jamiyatni boshqarishga oid munosabatlar, faoliyat, xatti-harakat
va kommunikatsion aloqalaming ko‘p qirrali olami. Siyosatning
asosiy omillarini, eng avvalo, katta ijtimoiy guruhlar (sinflar, mil
latlar, xalqlar, sivilizatsiyalar), ulaming manfaatlarini ifoda etuvchi
siyosiy tashkilotlar, institutlar, harakatlar va siyosiy liderlar tashkil
etadi.
Ingliz tilida “siyosat” atamasi ikki “policy” va “politics” atamalari
orqali izohlanadi va mohiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi:
“Policy” (siyosat mazmuni)-hokimiyatning, hukumatni faoliyat
mazmunini (boshqamvga oid konsepsiya, harakat dasturi sifatida),
ulaming siyosiy qarorlar qabul qilish texnologiyalari mohiyatini aks
ettiradi.
“Politics” (siyosiy jarayon) - bu siyosiy faoliyat jarayonlarida
siyosiy ixtiloflami yuz berishi va ulami oldini olish, bartaraf etish
nuqtayi nazardan kelib chiqib amalga oshiriladigan siyosat ma’nosini
anglatadi.
Professor U.Yu.Idirov e’tirof etganidek, siyosat omili jamiyatda
kamida to‘rtta o ‘zaro bog‘lq jarayonlami qamrab oladi:
1. Odamlar o ‘rtasidagi munosabatlami, aynqsa ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi munosabatlami boshqarish.
2. Jamiyat faoliyatini amalga oshirishning tartib-qoidalarini ishlab
chiqish.
3. Ijtimoiy munosabatlami amalga oshirish bilan bog‘lq bo‘lgan
jarayonlami boshqarish va nazorat qilish.
4. Siyosat subyektlarining faoliyati orqali siyosiy hokimiyatni
amalga oshirish.
Ta’kidlash joizki, “siyosat” tushunchasiga nisbatan salbiy
yondashuvlar ham mavjud. Siyosat ko‘pchilik qiziqish sohasiga
kirmaydi. Ko‘pgina insonlar siyosatni be’mani narsa deb hisoblashadi,
ehtimol ular haqdirlar. Siyosat o ‘z mohiyatiga ko‘ra axloq me’yorlariga
zid sanaladi, boshqacha qaraganda axloqsizlikdir, deb hisoblashadi.
Hokimiyatdan to‘g‘ri foydalana olmaslikni, korrupsiyani- siyosatning
eng asosiy xususiyati deb bilishadi2.
2
Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science:
An Introduction. New Jersey: Pearson, 2013 - P.2-19.
Biroq bugungi kunda demokratik boshqaruv tobora keng yoyilib
borayotgan sharoitda “siyosat” tushunchasining asosiy negizlarini
quyidagilar tashkil etishini ko‘rsatib o ‘tish mumkin:
•
demokratiya;
•
insonga yo‘naltirilganlik, jinoyatchilikka barham berish;
•
m a’naviyat;
•
o‘z vataniga fuqarolik muhabbati;
•
siyosatning muayyan tarixiy sharoitlardan kelib chiqishi,
boshqa fanlardan ham foydalanilgan holda belgilanishi;
siyosat millatlar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar o‘rtasidagi
ulaming ehtiyojlari va manfaatlarini amalga oshirishga oid
munosabatlar sifatida qaralishi;
siyosatning davlat ishlarida ishtirok etish, davlat faoliyatining
shakllari, vazifalari va mazmunini belgilashi;
•
siyosat-millionlab
kishilaming
taqdiri,
uning
inson
manfaatlariga yo‘naltirilishi demakdir.
Siyosatning asosiy «harakat qiluvchi shaxslari» uning subyekt
lari bo‘lib, ular siyosiy faollik manbai sifatida maydonga chiqadilar.
«Subyekt» va «obyekt» tushunchalari (lotincha subjectum-ega, ob-
jectum-predmet) gumanitar bilimning muhim kategoriyalaridandir.
Siyosat subyekti-amaliy siyosiy faoliyat sohibidir.
Siyosat subyektlariga individlar (oddiy shaxslar yoki siyosiy lid-
erlar); ijtimoiy guruhlar-jamoalar, etnik gumhlar, diniy jamoalar, siy
osiy elita, sinflar, omma, fuqarolik jamiyati, xalqlar, millatlar, tamad-
dunlar; siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar) kiradi.
Siyosat obyekti- subyektning bilish va boshqa faoliyati nimaga
qaratilgan bo‘lsa, ana shuni anglatadi.
Siyosat o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibiy qismlariga
quydagilar kiradi:
1) Siyosiy munosabatlar. U jamiyatdagi ijtimoiy gumhlar va
hokimiyat institutlari o ‘rtasidagi o‘zaro aloqalaming barqarorligi
xarakterini ifodalaydi.
2) Siyosiy ong. U kishilaming hokimiyat ahamiyatiga molik
bo‘lgan manfaatlarini anglab yetgan holatidagi munosabatlarini
siyosiy hayot bilan uzviy bog‘liqligini ifodalaydi.
10
3)
Siyosiy tashkilot. U hokimiyat institutlarining ijtimoiy
jarayonlami muvofiqlashtirish va boshqarish markazlari sifatida
xarakterlanadigan rolidir.
Shuningdek quyidagilami ham siyosatning tarkibiy qismi sifatida
keltirish mumkin: siyosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, dasturlar,
qadriyatli yo‘nalishlar, ko‘rsatmalar, andozalar va boshqalar, odatlar
va qadriyatlar, xulq-atvor namunalari, jamoatchilik fikri, o‘ziga xos
siyosiy til, odamlar psixologiyasi, davlat, partiya, guruhlar manfaatlari
va harakatlar, qonunlar, inson huquqlari va boshqa huquqiy normalar,
siyosiy yetakchilik munosabatlari, elita, guruhlar va hokazolar
hisoblanadi.
Siyosatning tarkibiy qismlari bilan bir qatorda uni turli darajalari
ham mavjuddir. Mutaxassislar siyosatning uchta asosiy darajasi
haqida xulosalami bildirib o'tganlar.
1. Makro daraja. Mazkur daraja davlat hokimiyati, uni tuzilishi,
mamlakat markazida va joylarda amal qilishini anglatadi.
2. Siyosatning mikro darajasi. Mazkur darajada siyosiy faoliyatni
siyosiy partiyalar, harakatlar, ayrim tashkilotlar doirasida amalga
oshirilishi nazarda tutiladi.
3. Siyosatning mega darajasi. Ushbu darajaga xalqaro tashki-
lotlarning-BMT, ShXT, NATO va boshqalaming faoliyatini kiritish
mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda siyosatning jamiyatda
quyidagi funksiyalarini bajarishini ta’kidlash mumkin:
- jamiyatning barcha guruhlari, qatlamlarining hokimiyat nuqtayi
nazaridan muhim manfaatlami ifoda etish, odamlarga o ‘z ehtiyojlarini
qondirish va ijtimoiy maqomini o‘zgartirish uchun qo‘shimcha
imkoniyatlar berish;
- yuzaga keladigan ziddiyatlami oqilona hal etish, ulami fuqarolar
va davlat o‘rtasidagi madaniylashgan muloqot o ‘zaniga yo‘naltirish;
- siyosiy va iqtisodiy jarayonlami boshqarish va ularga rahbarlik
qilish;
- aholining turli qatlamlarini birlashtirish;
- shaxsni ijtimoiylashtirish yoki insonni shakllantirish. Uning
ll
mohiyati shundan iboratki, siyosat ko‘p hollarda insonni o‘zgartiradi;
-ijtimoiy taraqqiyotning innovatsionligini ta’minlash yoki hayotni
ijtimoiy tashkil etishning yangi shakllarini yaratish.
Demak, siyosat keng m a’noda jamiyatlaming siyosiy tizimi,
siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati,
siyosiy tashkilotlar va harakatlaming hokimiyatga munosabati,
uni boshqarishda siyosiy manfaatlami amalga oshirishning ustuvor
yo‘nalishlarini o ‘zida ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |